2.2.2-jadval
“Aleya shoes export” MCHJ mulkiy holati nisbiy ko‘rsatkichlari tahlili
(ming so‘m)
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
2021 yil
boshiga
|
2021 yil
oxiriga
|
Farqi
(+,-)
|
O‘zgarish sur’ati,%
|
1.
|
Korxonaning mol-mulki qiymati, shu jumladan
|
100,0
|
100,0
|
-
|
-
|
1.1.
|
Uzoq muddatli aktivlar
|
27,44
|
17,09
|
-10,35
|
62,3
|
|
Asosiy fondlar
|
98,95
|
98,66
|
-0,29
|
99,7
|
|
Uzoq muddatli investitsiyalar
|
0,17
|
0,22
|
0,05
|
127,6
|
|
Uzoq muddatli debitorlik qarzlari
|
0,87
|
1,11
|
0,24
|
127,6
|
1.2.
|
Aylanma mablag‘lar
|
72,56
|
82,91
|
10,35
|
114,3
|
|
Tovar moddiy-zahiralar
|
55,50
|
69,85
|
14,35
|
125,9
|
|
Kelgusi davr xarajatlari
|
0,05
|
0,05
|
0,00
|
103,7
|
|
Debitorlar
|
35,32
|
10,90
|
-24,42
|
30,9
|
|
Pul mablag‘lari
|
2,56
|
0,47
|
-2,09
|
18,4
|
|
Qisqa muddatli investitsiyalar
|
6,57
|
18,72
|
12,15
|
284,9
|
Keltirilgan 2.2.2-jadval ma’lumotlari asosida quyidagi xulosalar qilindi:
“Aleya shoes export” MCHJ xo‘jalik mablag‘lari tarkibida aylanma mablag‘larning ulushi yil boshiga nisbatan yil oxiriga kelib 10,35 bandga oshganligi, uzoq muddatli aktivlarni shuncha bandga kamayishiga sabab bo‘lgan.
Korxona uzoq muddatli aktivlari tarkibida hamon asosiy vositalarning hissasi yuqori (98,95-98,66)ligicha saqlanib qolgan. Jumladan, 2021 yil boshiga nisbatan 2021 yil oxiriga kelib asosiy vositalarning eskirishi evaziga uning jami uzoq muddatli aktivlardagi ulushi 0,29 bandga kamaygan bo‘lsa, uzoq muddatli investitsiyalar va uzoq muddatli debitorlik qarzlarining ulushi esa oshgan.
Aylanma mablag‘lar tarkibida tovar-moddiy zahiralar 14,35 bandga va qisqa muddatli investitsiyalar 12,15 bandgga oshgan bo‘lsa, debitorlar va pul mablag‘larining ulushi yil boshiga taqqoslanganda yil oxiriga kelib kamaygan. Ushbu holatda debitorlarning kamayishini ijobiy deb baholasak, pul mablag‘larining kamayishini salbiy baholadik. CHunki pul mablag‘lari korxonaning to‘lov majburiyatlarini bajarishda birlamchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa hisob-kitob va valyuta schyotidagi mablag‘lar mahsulot etkazib beruvchilar, ishchi-xizmatchilar, byudjet, bank va boshqalar bilan bo‘ladigan aloqa manbaidir. SHularni inobatga olsak, korxonada pul mablag‘larini ko‘paytirish zarur. “Aleya shoes export” MCHJ muddati o‘tgan debitorlik va qarzlar mavjud emas. Bu esa korxona mablag‘lari tuzilmasini yaxshilaydi hamda moliyaviy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bugungi raqobat sharoitida korxonalarni iqtisodiy mustaqil hamda moliyaviy barqaror faoliyat ko‘rsatishlarida ularni oqilona boshqarish, hisob-kitob yuritishni bozor iqtisodiyoti talablariga moslash, bor moddiy, moliyaviy va mehnat boyliklaridan samarali foydalangan holda ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, natijada yuqori foyda olib, davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish rezervlarini tashkil etish eng dolzarb vazifalardan sanaladi.
Belgilangan vazifalarni amalga oshirishda esa sanoat korxonalarida o‘z mablag‘lari manbalarini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonaning o‘z mablag‘lari ustav, qo‘shilgan va zahira sarmoyalardan, taqsimlanmagan foydadan, maqsadli tushumlar va fondlardan, kelgusidagi xarajatlar va to‘lovlar zahiralaridan hamda kelgusi davrlar daromadlaridan iborat bo‘ladi.
Keltirilgan 2.2.4-jadval ma’lumotlari “Urgut Tekstil SHifer” MCHJ ning jami mulk manbalari 2021 yil oxirida 13189353,7 ming so‘mni tashkil qilib, 2704577,9 ming so‘mga oshdi. O‘z mablag‘larining manbalari yil oxirida 10234843 ming so‘mni tashkil qilib, uning jami mulk manbalaridagi salmog‘i 77,6 foizni tashkil qildi.
Bunday natijani korxona uchun ijobiy baholash lozim. CHunki o‘z mablag‘lari manbalarining ko‘payishikorxona moliyaviy mustaqilligining ortishiga, to‘lov qobiliyatining yaxshilanishiga hamda korxoaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |