Ishlab chiqarish salohiyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar va aniqlash yo‘llari
Korxona ishlab chiqarish salohiyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni iqtisodiy mazmuniga qarab quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
iqtisodiy salohiyat holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar;
iqtisodiy salohiyat bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar;
iqtisodiy salohiyat samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar.
Ishlab chiqarish salohiyat holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar jumlasiga: iqtisodiy salohiyatning umumiy va o‘rtacha qiymati; iqtisodiy salohiyatning tarkibiy tuzilishi; iqtisodiy salohiyat tarkibiga kiruvchi moddalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar kiradi.
Ishlab chiqarish salohiyatning tarkibiy tuzilishi quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi: asosiy vositalarning iqtisodiy salohiyatdagi ulushi; aylanma mablag‘larning iqtisodiy salohiyatdagi ulushi; nomoddiy aktivlarning iqtisodiy salohiyatdagi ulushi; mehnat salohiyatining iqtisodiy salohiyatdagi ulushi.
Iqtisodiy salohiyat bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar jumlasiga: korxona aktivlarining iqtisodiy salohiyat bilan ta’minlanganligi; mehnat salohiyatining iqtisodiy salohiyat bilan ta’minlanganligi; iqtisodiy salohiyat tarkibiga kiruvchi moddalar bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar kiradi.
Iqtisodiy salohiyat samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar jumlasiga: iqtisodiy salohiyat rentabelligi; iqtisodiy salohiyat daromadliligi; iqtisodiy salohiyat natijaviyligi; iqtisodiy salohiyat tarkibiga kiruvchi moddalar samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar kiradi. Endi yuqorida qayt qilingan guruhlar va ulardagi ko‘rsatkichlar nimalarni ifodalashni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq masala hisoblanadi.
Ishlab chiqarish salohiyat holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
Iqtisodiy salohiyatning umumiy va o‘rtacha qiymati. Ushbu ko‘rsatkich tahlil davrida iqtisodiy salohiyat summasining o‘rtacha necha so‘m ekanligini ifodalaydi.
Iqtisodiy salohiyatning tarkibiy tuzilishi. U iqtisodiy salohiyat har bir moddasining umumiy summadagi ulushini ifodalaydi.
Asosiy vositalarning iqtisodiy salohiyat umumiy summasidagi ulushi. U aylanma mablag‘larning iqtisodiy salohiyat umumiy summasida necha foiz tashkil qilishini ko‘rsatadi.
Aylanma mablag‘larning iqtisodiy salohiyat umumiy summasidagi ulushi. U aylanma mablag‘larning iqtisodiy salohiyat umumiy hajmida necha foyiz tashkil qilishini ifodalaydi.
Nomoddiy aktivlarning iqtisodiy salohiyat umumiy summasidagi ulushi. Ushbu ko‘rsatkich nomoddiy aktivlarning iqtisodiy salohiyat umumiy summasida necha foyiz tashkil qilishini ko‘rsatadi.
Mehnat salohiyatining iqtisodiy salohiyat umumiy summasidagi ulushi. Ushbu ko‘rsatkich mehnat salohiyatining iqtisodiy salohiyat umumiy summasida necha foyiz tashkil qilishini ifodalaydi.
Iqtisodiy salohiyat tarkibiga kiruvchi moddalar holatini ifodalovchi
ko‘rsatkichlar. Ular iqtisodiy salohiyat tarkibiga kiruvchi har bir moddasi (aylanma mablag‘lar, nomoddiy aktivlar, mehnat salohiyati) bo‘yicha ularning holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimmi tegishli moddalar tahlil qilinganda aloqida tavsiflanadi.
Iqtisodiy salohiyat bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi
ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
Korxona aktivlarining iqtisodiy salohiyat bilan ta’minlanganligi. Ushbu ko‘rsatkich 1 so‘m korxona aktivlari summasiga qancha iqtisodiy salohiyat summasi to‘g‘ri kelganligini ko‘rsatadi.
Mehnat salohiyatining iqtisodiy salohiyat bilan ta’minlanganligi. Ushbu ko‘rsatkich 1 so‘m mehnat salohiyati qiymatiga qancha iqtisodiy salohiyat to‘g‘ri kelganligini ifodalaydi.
Iqtisodiy salohiyat tarkibiga kiruvchi moddalar bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar. Ushbu ko‘rsatkich iqtisodiy salohiyatning tarkibiga kiruvchi har bir moddasi bilan ta’minlanganlikni ifoda etadigan ko‘rsatkichlar tizimi aylanma vositalar, aylanma mablag‘lar, nomoddiy aktivlar, mehnat salohiyati ko‘rsatkichlari o‘rganilganda alohida tavsiflanadi.
Korxona ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar:
Iqtisodiy salohiyat rentabelligi. Ushbu ko‘rsatkich 100 so‘m iqtisodiy salohiyat qiymatiga necha so‘m daromad to‘g‘ri kelishini ifodalaydi.
Iqtisodiy salohiyat daromadliligi. U 100 so‘m iqtisodiy salohiyat qiymatiga necha so‘m daromad to‘g‘ri kelishini ifodalaydi.
Iqtisodiy salohiyat natijaviyligi. Ushbu ko‘rsatkich 1. so‘m iqtisodiy salohiyat qiymatiga necha so‘m natijaviy ko‘rsatkich (sotilgan maqsulot, tovar mahsuloti va hokazolar) to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi.
Iqtisodiy salohiyat tarkibiga kiruvchi moddalar samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar. Ular iqtisodiy salohiyat tarkibiga kiruvchi moddalar (asosiy vositalar, aylanma mablag‘lar, nomoddiy aktivlar, mehnat salohiyati) samaradorligini o‘rganishda ko‘rsatkichlar tizimi shaklida foydalaniladi.
Keltirilgan ko‘rsatkichlar uchun axborotlar asosan buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlardan olinadi.Iqtisodiy jarayonlarning sodir bo‘lishi uchun, ta’kidlanganligidek, asosiy va aylanma mablag‘lar bilan ish kuchining ishtiroki ham lozim. Hozirgi paytda ushbu ko‘rsatkichlar bilan birgalikda nomoddiy aktivlar ham korxonaga ma’lum darajada daromad (foyda) keltirishida ishtirok etadi. SHu tufayli tahlil jarayonida ushbu holatlarni inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Har bir korxonada ishlab chiqarish salohiyatning holatini, u bilan ta’minlanganlikni va ularning samaradorligini tahlil qilish muhim ijtimoiy- iqtisodiy ahamiyatga ega. Zero har bir korxonaning boyligi jamiyatning boyligining bir qismi sifatida unga qech kimning befarq bo‘lishiga haqqi yo‘q. Tahlil jarayonida barcha ko‘rsatkichlarning rejadagi, o‘tgan davrdagi va joriy yildagi miqdorlari aniqlanadi. Bu uchun asosiy axborot manbai bo‘lib, buxgalteriya balansi, moliyaviy hisobotning boshqa shakllari va statistik hisobot ma’lumotlari hisoblanadi. Mehnat salohiyati bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni esa, asosan statistik hisobot ma’lumotlaridan va ayrimlarini hisob-kitob yo‘li bilan aniqlash mumkin.Korxona ishlab chiqarish salohiyatini tahlil qilish va uning holati samaradorligi hamda ular bilan ta’minlanganlik darajasi to‘g‘risida aniq, xulosalarga kelish uchun ularning har bir guruqini aloqida tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. SHu jihatdan, eng avvalo, korxona iqtisodiy salohiyati tahlilini, uning holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan boshlash lozim. CHunki, bu ko‘rsatkichlar orqali tahlil qilinayotgan korxonada iqtisodiy salohiyat bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ahvol qanday ekanligi to‘g‘risida xulosa qilinadi. Ushbu ko‘rsatkichlar miqdorini amaliy ma’lumotlarni qo‘llagan holda korxonaning iqtisodiy salohiyati qanday holatda ekanligiga baqo berish mumkin.