Aleya shoes export


Ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish salohiyatning mohiyati, uning tarkibi va to‘zilishi



Yüklə 139,53 Kb.
səhifə3/13
tarix04.10.2022
ölçüsü139,53 Kb.
#64541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Alisher hisobot (2)

Ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish salohiyatning mohiyati, uning tarkibi va to‘zilishi.

Iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy ustuvor yo‘nalishlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi respublikamizda ishlab chiqarish korxonlarini yuqori sur’atlarda rivojlantirishni ta’minlamoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ishlab chiqarish korxonalari xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda iqtisodiy saloxiyatning roli oshib bormoqda. Korxonalarning samarali faoliyat ko‘rsatishi iqtisodiy saloxiyatdan qay darajada foydalanishiga chambarchas bog‘liq. Har kanday korxona o‘z faoliyatini tegishli resurslar bilan ta’minlab turishi uchun ma’lum darajada ishlab chiqarish salohiyatga ega bo‘lishi lozim. Korxonada ishlab chiqarish salohiyati bo‘lmasa, o‘zining moddiy texnika bazasini, aylanma mablag‘larini va mexnat jamoasini shakllantirish imkoniga ega bulmaydi. SHuning uchun ham ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarish salohiyatiga ega bo‘lishi lozimdir.Korxonaning ishlab chiqarish salohiyati bevosita iqtisodiy salohiyat bilan bog‘liqdir. M.Q.Pardaev, I.T.Abdukarimov va B.I.Isroilovlar korxonalarning iktisodiy saloxiyatiga uning tarkibiy elementlarini keltirish orqali kuyidagicha ta’rif beradi: «Korxonaniig iktisodiy saloxiyati deganda unda sodir buladigan moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini (iktisodiy jarayonni) to‘liq ta’minlashda bevosita ishtirok etadigan barcha moddiy va mexnat resurslari (boyliklari) xamda nomoddiy aktivlar majmui tushuniladi»"1.
Korxonaning ishlab chiqarish salohiyati quyidagi 1 rasmda keltirilgan tartibda ifodalanadi. YA’ni, ular korxonalarning ishlab chiqarish salohiyati mikdor jixatdan asosiy vositalar, aylanma mablag‘lar, nomoddiy aktivlar va xodimlar sonining majmuidan iborat, deb karaydilar.
Quyida ularning har birining mazmuni va tarkibiy to‘zilishiga alohida to‘xtalib o‘tamiz:
Korxonaning moliyaviy saloxiyati deganda uning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini, ya’ni unda sodir buladigan barcha iktisodiy jarayonlarni to‘liq ta’minlaydigan turli manbalardan (uz mablag‘lari va chetdan jalb kilingan mablag‘lar, ya’ni majburiyatlar) tarkib topgan mablag‘lar majmui tushiniladi .
Korxona moliyaviy salohiyati ham o‘z navbatida ikki guruhga ajratiladi:
1.Uzoq muddatli aktivlar
2. Aylanma mablag‘lar


Uzoq muddatli aktivlar deganda korxonada 1 yildan ko‘p muddatda xizmat qiladigan va oborotda bo‘ladigan moddiy va nomoddiy mablag‘lar tushuniladi. Uning tarkibiga quyidagi aktivlar kiradi:


•Asosiy vositalar - bu korxonalar tomonidan xo‘jalik faoliyatini yuritishda uzok muddat davomida mahsulotlarni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni kursatish, shuningdek ma’muriy va ijtimoiy madaniy funksiyalarni bajarish uchun ishlatiladigan moddiy aktivlar. Ularga binolar, inshoatlar, mashina va mexanizmlar, transport vositalari, kompyuter texnikasi, mebel va boshkalar kiradi.
Meyoriy-xujjatlarga muvofik (6-band) moddiy aktivlarni asosiy vositalar sifatida tan olish uchun ular yukoridagi ga’rifda keltirilgan mezonlardan tashqari yana xizmat muddati davrida korxonaga daromad keltirish kafilligini mavjudligi, qiymatini anik belgilash mumkinligi kabi shartlarga xam javob berishi lozim.
Nomoddiy aktivlar — moddiy buyum mazmuniga zga bulmagan korxona tomonidan xo‘jalik faoliyatida boshkaruv uchun kullashda nazorat kilinadigan, shuningdek kup yillar (bir yildan ortik) ishlatiladigan mulk ob’ektlari.
Mulk ob’ektlari ni nomoddiy aktiv sifatida tan olish uchun ular kuyidagi mezonlarga javob berishlari lozim:
- aktiv tushunchasi talablarini kondirishi. ya’ni korxonaning iktisodiy resursi bula olishligi;
baxolash mumkinligi;
axamiyatliligi;
-tugriligi;
kelgusida iktisodiy naf keltirishligi;
- mustakil foydalanish mumkinligi, ya’ni ishlatish, sotish, almashtirish, bepul berish, xisobdan aloxdda chiqarish mumkinligi.
Nomoddiy aktivlarning xarakterli xususiyati shundaki, ular asosan mulk ob’ektiga nisbatan egalik xukuki sifatida namoyon buladi. Dunyo mlmlakatlarida eng keng tarkalgan va nomoddiy aktiv sifatida e’tirof etiladigan xukuklarga kuyidagilar kiradi: litsenziya, patent, savdo markasi, tovar belgisi, gudvil, mualliflik xukuki va boshkalar kiradi.
Moliyaviy investitsiyalar - bu korxonaning boshka korxonalarga ularning quvvatini oshirish va buning evaziga kelgusida o‘zi xam moddiy naf kurish, qo‘shimcha daromad olish maqsadida kiritgan mablag‘lari majmuasi. Ularga sotib olingan kimmatli kogozlar, berilgan kredit va karzlar, kiritilgan pay va badallar kiradi.
Kapital investitsiyalar - bu yangi ob’ektlarni kurishga, eski ob’ektlarni kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiya kilishga, shuningdek yangi asosiy vositalarni sotib olishga sarflangan mablag‘lar majmuasi. Uzbek tili lugatida bu so’zning «kapital kuyilmalar» nomli sinonimi xam mavjud. Ularga tugallanmagan kurilishlarga, xarakatdagi asosiy vositalarni kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiya kilishga sarflangan, shuningdek yangi uzok muddatli aktivlarni sotib olishga kiritilgan mablag‘lar, sotib olingan, lekin o‘rnatilmagan jixozlar kiradi.
Uzok, muddatli debitorlik karzlar - korxona oldidagi xaridorlar, xodimlar va boshkalarning 1 yildan ortik muddatli karzlari.
Aylanma mablag‘lar xam korxona ishlab chiqarish saloxiyatining tarkibiy kismi xisoblanib, ular aylanma fondlar va muomala fondlarining pul shaklidagi yigindisini ifodalaydi.
Uzluksiz ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash uchun asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan bir katorda mehnat predmetlari (moddiy resurslar) zarur buladi. Mexnat predmetlari mexnat vositalari bilan birgalikda mehnat mahsulotini, uning iste’mol qiymatini yaratishda va qiymatning shakllanishida qatnashadi.
Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarishning bir siklidagina qatnashadi va o‘zining natural shaklini o‘zgartiradi, qiymatini to‘liq yangidan yaratilgan mahsulotga utkazadi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlar sotilganidan keyin ularni ishlab chiqarish uchun sarflangan mablag‘lar korxonaga kaytadi va doimo oborotda qatnashadi. Korxonaning mablag‘lari doiraviy aylanishning turli boskichlarida: pul, ishlab chiqarish vositasi va tayyor mahsulot (tovar) shaklida buladi.
Aylanma mablag‘lar takror ishlab chiqarishning uzluksiz bo‘lishligini ga’minlaydi. Ularning mikdori va tarkibi nafaqat ishlab chiqarishning ehtiyoji, shu bilan birgalikda muomala extiyojidan kelib chikkan xolda bslgilanadi. Korxonaning aylanma mablag‘lari quyidagilardan iborat buladi:
•Ishlab chitsarshi zaxiralari - xom-ashyo va materiallar, yokilgi, tara na tara materiallari, extiyot kismlar, kurilish materiallari, xo‘jalik innsntarlari, bokuvdagi va ustirishdagi yosh mollar.
• Tugallanmagan ishlab chitsarish xarajatlari - tayyor xolga etmagan mahsulotlarlarga tugri keladigan xarajatlar, yarim mahsulotlar.

  • Tayyor mahsulotlar - omborlarga kabul kilingan tayyor buyumlar.

  • Tovarlar - magazin va omborlarda saklanayotgan iste’mol buyumlari.

  • Kelgusi davr xarajatlari - xisobot yilida kelgusi davrlar uchun kilingan xarajatlar, masalan obuna tulovlari, ijara tulovlari.

  • Kechiktirilgan xarajatlar - xisobot yilida kelgusi davrda hisobiga tulangan soliklar va boshka xarajatlar.

  • Pul mablag‘lari - kassadagi, yuldagi va banklardagi milliy va chet el valyutalari

• Pul ekvivalentlari - pulli cheklar, yullanmalar, chiptalar, talonlar, markalar va boshkalar.
• Debitorlik qarzlar - boshka yuridik va jismoniy shaxslarning korxona oldidagi debitorlik karzlari.
Korxonalar ishlab chiqarish saloxiyatida mehnat resurslari muhim rol o‘ynaydi. «Korxonaning texnik imkoniyatlari kanchalik yuqori bo‘lmasin, baribir kerakli darajadagi inson resurslarisiz samarali ishlay olmaydi.
....ishlab chiqarish tizimi nafakat bexato ishlaydigan mashina va mexanizmlardan tashkil toptan, balki, ishlab chiqarishga ta’sir kchrsatadigan, yangi g‘oyalarni yaratadigan va ularni amalga oshiradigan odamlarni xam uz ichiga oladi. ... Insoniy kapital asbob-uskunalar, ishlab chiqarish zaxiralari rakobatbardoshlikni ta’minlaydigan, ishlab chiqarish samaradorligi va xajmini oshiradigan vositadir»2.
Bugungi kunda mehnat salohiyatining korxonalar ishlab chiqarish saloxiyati tarkibiy kismi sifatidagi qiymatini aniqlab olish ma’lum qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
Hozirgi paytda mehnat resursining bahosini bemalol aniqlash uchun qonuniy asos yaratilgan. Xodimlar ish kuchining umumiy qiymatini pulda ifodalash uchun quyidagi amalni bajarish lozim. Birinchidan, barcha xodimlarni kategoriyalarga bo‘lib chiqadi. Har bir kagegoriyadagi xodimlarni tayyorlashga ketgan qiymati aniqlanib shu kategoriya bo‘yicha ularning umumiy summasi topiladi. Ikkinchidan, xar bir kategoriya bo‘yicha aniqlangan summalarni qo‘shib xodimlarniыg «shartli bahosini» ifodalaydigan jami summasini topishi mumkin.




    1. Yüklə 139,53 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin