II-BOB. ”Aleya shoes export” MCHJtining ishlab chiqarish salohiyati bilan bog‘liq ko‘rsatkichlari tahlili
“Aleya shoes export” MCHJning ijtimoiy-iqtisodiy tavsifi
Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;
Bugungi kunda ichki bozorni Poyavzal tovarlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda "Aleya shoes export" MCHJ ning salmoqli hissasi bor.
" Aleya shoes export " mas’uliyati cheklangan jamiyati O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand viloyati, Urgut tumani, Mergancha mahallasida joylashgan.
Jamiyatning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi aholisini ish joyi bilan ta’minlash, ularning turli hil mahsulotlar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, shuningdek, tadbirkorlikdan tushgan daromad (foyda) olishdan iborat.
Jamiyat asosiy maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:
Oyoq kiyim ishlab chiqarish va sotish;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan ta’qiqlanmagan boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish, ishlar bajarish.
Jamiyat faoliyatini ta’minlash maqsadida ta’sischilarning ulushlarini qo‘shish hisobidan 747683800 (yeti yuz qirq yeti millon olti yuz sakson uchming sakkiz yuz so’m) so‘m pul hisobidan Ustav fondi tashkil etiladi va ta’sischilar o‘rtasida quyidagi miqdorlarda taqsimlanadi:
Temirov Abror Hakim o’g’li ning ulushi 373 841 900 (uch yuz yetmish uch million sakkiz yuz qirq bir ming to’qqiz yuz ) so‘m pul hisobida shakllantiradi yoki Ustav fondining 50% ini tashkil qiladi.
Haydarov Suxrob Hakimovchning ulushi 373 84 1900 (uch yuz yetmish uch million sakkiz yuz qirq bir ming to’qqiz yuz) so‘m pul hisobida shakllantiradi yoki Ustav fondining 50 % ini tashkil qiladi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarish hajmini keng ko‘lamda kengaytirish va ularni rivojlanishi dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Bunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati o‘ta yuqori va xaridorgir bo‘lishi ularning ishlab chiqarish salohiyatining oshishiga hamda faoliyatining yaxshilanishiga olib keladi.
Korxona ishi, xususan, sotishdan kelgan tushum, xarajatlar hajmi, mahsulot tannarxi, asosiy faoliyatning moliyaviy natijalari, debitorlik va kreditorlik qarziga miqdor hamda sifat jihatdan ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omil – ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot hajmidir. Bu korxona ish faolligining eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi sharoitda har bir korxona mahsulot turlari va ularni sotish hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydi. Korxona rahbarlari bunday qaror qabul qilayotganda bozorni marketing jihatdan puxta tadqiq qilishi, mahsulot miqdori, sifati va tannarxi jihatdan o‘z imkoniyatlarini o‘rganib chiqishi, biznes-reja to‘zishi zarur.
Xo‘jalik sub’ektlarida mahsulot sotish hajmini tahlil qilishning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
mahsulotni sotish bo‘yicha biznes-rejani asoslanganligini va tig‘izligini aniqlash;
to‘zilgan shartnoma majburiyati asosida mahsulotni etkazib berish bo‘yicha sotish rejasining bajarilishiga baho berish;
mahsulot (ish, xizmat)larning sifat ko‘rsatkichlarini o‘rganish va ularni sotish hajmiga ta’sirini aniqlash;
mahsulot sotish hajmiga ta’sir qiluvchi omillarni hisoblash va baho berish;
mahsulot sotishni oshirish bo‘yicha rezervlarni aniqlash va uning tarkibi hamda sifatini yaxshilash kabilar.
Moliyaviy, statistik va operativ hisobotlar mahsulot sotish ko‘rsatkichlarini o‘rganishning asosiy manbai hisoblanadi:
biznes-reja ma’lumotlari;
sotish jarayonlari bo‘yicha dastlabki buxgalteriya hisobi ma’lumotlari;
mahsulotning sifati va sorti bo‘yicha statistik ma’lumotlar;
«Buxgalteriya balansi» ma’lumotlari;
«Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot» ma’lumotlari;
Har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektning imkon qadar ko‘proq mahsulot(ish, xizmat)lar sotishi muhim ahamiyati kasb etadi. CHunki, ko‘proq daromad va foyda asosan ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot (ish va xizmat)lar hajmidan keladi. SHunday ekan korxonaning mahsulot sotishdan tushgan tushumning o‘zgarish dinamikasining tahlili dolzarbligi kelib chiqadi.
Keltirilgan mulohazalardan kelib chiqib " Aleya shoes export " MCHJning mahsulot (ish, xizmat)ni sotish tahlil qildik (2.1.1-jadval).
Keltirilgan 2.1.1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki “Aleya shoes export” MCHJda sotilgan mahsulot hajmining 2019-2020 yillar oralig‘ida faqat o‘sish tendensiyalarini ko‘rsatgan. Eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichi 2021 yilda kuzatilib sotilgan mahsulot hajmi 17070958,3 ming so‘mni tashkil etgan va 2020 yilga nisbatan 254,6 foiz o‘sishga erishilgan. Ko‘rinib turganiday eng ijobiy ko‘rsatkich 2019 yilda kuzatilgan.
“Aleya shoes export” MCHJ ixtisoslashuviga ko‘ra faqat Poyabzal ishlab chiqarish va sotishga mo‘ljallangan bo‘lib, Poyabzal asosan ichki bozorda Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Xorazm va Samarqand viloyatlariga sotiladi va tashqi bozorda Maladaviya,Tojikiston,Qazog’iston va bir necha MDH davlatlariga sotiladi.
Dostları ilə paylaş: |