2.3.1-jadval
“Urgut Tekstil SHifer” MCHJ tida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tahlili
|
Ko‘rsatkichlar
|
2020 yil
|
2021 yil
|
Farqi (+,-)
|
O‘zgarish sur’ati,%
|
1
|
Mahsulot hajmi, ming so‘m
|
14945302,9
|
17070958,3
|
2125655,4
|
114,2
|
2
|
Sof foyda, ming so‘m
|
3777210,3
|
5112416,3
|
1335206
|
135,3
|
3
|
YAlpi daromad, ming so‘m
|
15868877,9
|
17517156,6
|
1648278,7
|
110,4
|
4
|
Mehnat resurslari o‘rtacha yillik soni, kishi
|
98
|
98
|
-
|
100
|
5
|
Mehnat resurslari natijaviyligi, (mehnat unumdorligi), ming so‘m ( 1k : 3k )
|
152503,1
|
174193,5
|
21690,4
|
114,2
|
6
|
Mehnat resurslari foydaliligi, ming so‘m(2k:3k)
|
38543,0
|
52167,5
|
13624,6
|
135,3
|
7
|
Mehnat resurslari daromadliligi, ming so‘m ( 4k : 3k )
|
161927,3
|
178746,5
|
16819,2
|
110,4
|
Keltirilgan 2.3.1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, “Urgut Tekstil SHifer” MCHJda 2021 yilda 2020 yilga nisbatan mahsulot sotish hajmi 114,2 foizga, yalpi daromad 110,4 foizga va sof foyda miqdorlari 135,3 foizga oshgan. mahsulot sotish hajmi, yalpi daromad va sof foyda ko‘rsatkichlarning o‘sishi va mehnat resurslari sonining o‘zgarmaganligi sababli, mehnat resusrlari samaradorligini ifodalovchi nisbiy ko‘rsatkichlar ham 2020 yilga taqqoslaganda 2021 yilga kelib ko‘paygan. Har bir mehnat resursiga to‘g‘ri keladigan foyda miqdori 13624,6 ming so‘mga, yalpi daromad 16819,2 ming so‘mga va sotilgan mahsulot hajmi 21690,4 ming so‘mga ko‘payganligi sababli ham ushbu ko‘rsatkichlar o‘sishi xuddi mutloq ko‘rsatkichlar singari oshgan. “Aleya shoes export” MCHJtida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tahlili natijasida bizlar korxonada mehnat resurslarining rentabelligi ko‘rsatkichidan tashqari, mehnat resurslari samaradorligining mehnat resurslarining natijaviyligi va daromadliligi ko‘rsatkichlari ijobiy holatda ekanligiga guvoh bo‘ldik.
Modernizatsiya – ishlab chiqarishning tayyorlanayotgan mahsulotlar (ish va xizmatlar) raqobatdoshligini oshirishga yo‘naltirilgan texnologik yangilanish jarayonidir. U korxonalarning texnologik qoloqligini bartaraf etish vositasi bo‘lib, mehnat, moddiy va xomashyo resurslaridan samarali foydalanish darajasiga keskin ta’sir ko‘rsatadi. Modernizatsiya, texnik va texnologik yangilash natijalari yuqori texnologik, raqobatdosh ishlab chiqarishning jadal rivojlanish shartini belgilab beradi. Vaholanki, iqtisodiyot va uning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlab chiqarishni diversifikatsiya etishga olib keladi
Modernizatsiyalashning bosh bugini bu diversifikatsiya hisoblanadi. Diversifikatsiya – yuqori qo‘shilgan qiymat o‘sish dinamikasini ta’minlaydigan mahsulot va xizmatlar assortimentining oshish va kengayish jarayonidir. Diversifikatsiya jarayoni iqtisodiyot tarmoqlarida olib borilayotgan modernizatsiya va tarkibiy o‘zgarishlar bilan bevosita uyg‘unlashgan hodisasidir.
Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirishda, mamlakatimiz iqtisodiyoti salohiyatidan imkon qadar to‘laroq foydalanish, uning raqobatdoshligini oshirish, sifat jihatidan takomillashtirishda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlari muhim o‘rin to‘tadi. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish – sanoat ishlab chiqarishining turli bosqichlarida import shaklida xarid qilish orqali qo‘llaniluvchi detallar, butlovchi qismlar, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlarni mahalliy xom ashyo va materiallar asosida ishlab chiqarishga o‘tkazish jarayonidir. Ayni paytda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish iqtisodiyotning real sektorini qo‘llab-quvvatlash borasidagi muhim yo‘nalishlardan biri hisoblananadi.
Iqtisodiyotda modernizatsiyalash va tarkibiy o‘zgartirishlar jarayonini jadallashtirishda uning muhim tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan yangilamasdan erishib bo‘lmaydi. Iqtisodiyotning strategik tarmoqlarini modernizatsiyalash orqali iqtisodiyotni yangilashga, fan sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan ustuvor sohalarni rivojlantirishga, mamlakat iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish yo‘liga o‘tkazishga, milliy iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishga va aholining o‘sib, o‘zgarib borayotgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirishga erishiladi.
Xozirgi vaktda, eng muhim vazifa – belgilangan beshta ustuvor vazifalarni 2017 – 2022 yillar davomida va undan keyin xam mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlik va izchil yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, uning sifat ko‘rsatkichlarini, iqtisodiyot tarmoqlarini yanada diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiya etish, texnik va texnologik yangilash, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulot hamda xizmatlarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatdoshligini oshirish hisobidan yaxshilashdan iborat.
Yuqorida keltirilganlardan kelib chiqgan holda ishlab chiqarish salohiyatini o‘rganib chiqib texnik va texnologik diversifikatsion modernizatsiya ishlarini olib borish lozimdir.
” Aleya shoes export” MCHJtida ishlab chiqarish salohiyati samaradorligini oshirish yo‘llari
Mamlakatimiz iqtisodiyotining asosini xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, ya’ni korxonalar tashkil etadi. Ular ulushining yalpi ichki mahsulotda, iqtisodiyotda band bo‘lganlarning tarkibida, davlat byudjetiga to‘lanadigan soliqlarda, mamlakatimiz bozorini iste’mol tovarlar bilan tuldirishda, yangi ish o‘rinlarini yaratish kabi eng muxim masalalarda yuqori ekanligi fikrimiz dalilidir. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda korxonalar sonini kupaytirish bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatayotganlarining iqtisodiy saloxiyatini yuksaltirib borish xam muhim ahamiiyatga ega.
Korxonalar ishlab chiqarish salohiyatining yuksalishi nafaqat iqtisodiy, balki muhim ijtimoiy ahamiyatga ham egadir. Bu quyidagilarda namoyon bo‘ladi.
1. Korxonalar ishalb chiqarish salohiyatining yuksalishi ko‘p xollarda, nodavlat mablag‘lari evaziga yangi ish o‘rinlarini yaratadi. Mamlakatimizning nodavlat sektorida band bo‘lganlarning ulushi muttasil o‘sib bormokda.
2. Aholining band qismi korxonalardan maosh olib o‘zining va oilasining farovonligini ta’minlaydi. Ta’kidlanganidek, ish bilan band aholiing katta kismi nodavlat sektorida banddir. Demak, shuncha kishi o‘z oilasi farovonligini korxonalarda oshirish imkoniga ega bo‘lmoqda. Bulardan ko‘rinib turibdiki, korxonalar faoliyati ko‘lami va iqtisodiy salohiyatining yuksalishi nafakat mulkdor uchun balki, axolining asosiy qatlami uchun xam muhim ekan. Agar korxonalarning ishlab chiqarish salohiyati va faoliyat ko‘lami qancha keng bo‘lsa, shu erda band bo‘lganlarning oladigan rag‘bati xam shuncha yuqori bo‘ladi. SHunga mos ravishda davlat byudjetiga tushadigan mablag‘ ham muttasil oshib boradi.
3. Korxonalarning ishlab chiqarish saloxiyatining ortishi mamlakatimiz bozorining iste’mol tovarlari va xizmatlari bilan tuyinishiga ham olib keladi.
4. Korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatining ortib borishi ularda o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatini ham keltirib chiqaradi, shu asosda mamlakatimizning eksport salohiyatini oshiradi va valyuta tushimini ko‘paytiradi. Hozirgi kunda korxonalar, mulk shaklidan qat’iy nazar, ishlab chiqaradigan mahsuloti va xizmatlari eksportga mo‘ljallangan va importning o‘rnini bosadigan bo‘lmogi lozimdir.
5. Korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatining yuksalishi davlat byudjetini turli soliqli va soliqsiz to‘lovlar orqali daromad qismini ko‘paytirish imkonini yaratadi. Korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatining yuksalishi albatta uning mol - mulkining ko‘payishiga, o‘z navbatida byudjetga tushadigan mol-mulk solig‘ining ortishiga olib keladi.
Iqtisodiy salohiyati yuqori bo‘lgan korxonalarning mahsulot sotish hajmi ham shunga yarasha bo‘ladi. Bu birinchidan, mahsulot sotish hajmiga nisbatan hisoblanadigan byudjetdan tashqari maqsadli fondlarga ajratmalarning ortishiga olib kelsa, ikkinchidan, korxona foydasini oshirish hisobiga foyda solig‘i va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish soliklarining kupayshiga olib keladi.
6. Hozirgi paytda mamlakatimizning barcha hududlarida turli tarmoq korxonalariga tegishli binolar ko‘rkam va chiroyi bilan ajralib turmoqda. Ular iqtisodiy saloxiyatining yuksalishi mamlakatimizda chiroyli binolarni barpo etish bilan birgalikda, zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish sohalariga jalb qiladi.
7. Korxonalarning ishlab chiarish saloxiyatining yuksalishi kam ta’minlangan oilalarga, iqtisodiyotning rivojlanishiga, obodonlashtirish ishlarining amalga oshirilishiga homiylik qilish imkoniyatini ham kengaytiradi. Bizda xomiylik azal-azaldan urf-odat va qadriyat sifatida qadrlanib kelinadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalsh sharoitida barcha korxonalar xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshiruvchi tadbirlarni amalga oshirishi zarur. samarali tashkil etilgan iqtisodiyotga o‘tish har tamonlama rivojlangan ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
“Aleya shoes export” MCHJtida moddiy resurslar samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini quyidalardan iborat:
- asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar;
- aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan choralar.
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini halq xo‘jaligi miqyosida baholash qiyin. Bu muammoning echimi mahsulot ishlab chiqarishning oshishiga, aholi istemolini tularoq qondirilishiga, mamlakatda uskunalar balansining oshishiga, mahsulot tannarxining kamayishiga, ishlab chiqarish rentabilligining oshishiga olib keladi.
Asosiy fondlardan nisbatan tularoq foydalanish yangi quvvatlarni jalb qilish kabi extiyojlarning kamayishiga olib keladi.
Asosiy fondlardan foydalanishning yaxshilanishi ularning aylanish tezligining oshganligini ham bildiradi.
Xullas, asosiy fondlardan samarali foydalanish iqtisodiy islohotlarning muxim vazifasi xisoblangan - chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshishi, raqobat sharoitida mahsulotlarning tez realizatsiya qilinishi bilan xam chambarchas bog‘liq.
Asosiy fondlardan samarali foydalanish ularning samaradorligini oshirishga ta’sir qiluvchi intensiv va ekstensiv omillardan qanchalik to‘liq foydalanilayotganligiga bog‘liq. Asosiy fondlardan foydalanishning ekstensiv o‘sishi bir tomonidan kalendar davrda uskunalardan foydalanish vaqtini oshirishni taqozo qilsa, ikkinchi tomondan uskunalarning umumiy qiymatida ishlayotgan uskunalar xissasini oshirishni taqozo qiladi. Uskunalaran foydalanish vaqtini oshirishning asosiy yunalishlari quyidagilar:
• Smena o‘rtasida bo‘sh turib qolishlarni kamaytirish maqsadida uskunalarni ta’mirlash sifatini oshirish, o‘z vaqtida asosiy ishlab chiqarishni ishchi kuchi bilan, xom-ashyo bilan, yonilgi va yarim fabirkatlar bilan ta’minlab turish;
• Kun mobaynida uskunalarning bekor turib qolishini qisqartirish, ularning ishini smenalik koeffitsientini oshirish.
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo‘li ortiqcha uskunalar miqdorini kamaytirish va o‘rnatilmagan uskunalarni ishlab chiqarishga tezroq jalb etish hisoblanadi. Mexnat vositalari katta qismining bekor turishi ishlab chiqarishni o‘stirish imkoniyatlarining qisqarishiga, uskunalarning bekordan bekor jismoniy eskirishiga va uzoq vakt ishlamasdan saqlanish natijasida ularning yaroqsiz ahvolga kelib qolishiga sabab bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan yaxshi saqlangan uskunalar xam ma’navii eskirish natijasida jismoniy eskirgan uskunalar qatoriga qo‘shilib qoladi.
Asosiy fondlardan foydalanishning intensiv o‘sishi vavt birligida uskunalarning ish bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishni taqozo viladi. Uskunalarning intensiv ish bilan ta’minlanganligini oshirish uchun ishlayotgan mashina va mexanizmlarni modernizatsiyalash, ular ishining optimal rejimini o‘rnatish lozim. Texnologik jarayonlarning optimal rejimda ishlash ishchilar soni va asosiy fondlarni ko‘paytirmay turib mahsulot ishlab chiqarishni oshiradi va mahsulot birligiga sarflanadigan moddiy resurs xarajatlarni kamaytiradi.
Asosiy fondlardan foydalanish intensivligini oshirish quyidagilarni talab qiladi: ishlab chiqarish texnologiyalarini va mexnat qurollarini takomillashtirish; mexnatni ilmiy tashkil etishni va boshqarishni takomillashtirish; ishchilarning professionaligi va bilmini oshirish; ishlab chiqarish jarayonidagi nuqsonlarni bartaraf qilish.
Texnika rivojlanishi va shu bilan bog‘liq ravishda jarayonlarni intensivlashtirish chegaralanmagan. SHuning uchun aosiy fondlardan foydalanishni intensiv oshirish imkoniyatlari xam chegaralanmagan.
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy nullaridan biri uning tuzilishini takomillashtirish isoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarishning qanchalik o‘sishi asosiy sexlarga bog‘liq va shuning uchun ularning asosiy fondlar umumiy qiymatidagi hissasini oshirish lozim. Yordamchi ishlab chiqarishdagi asosiy fondlarning ortishi mahsulotlar fond sig‘imining oshishiga olib keladi, lekin bevosita mahsulot ishlab chiqarishning ortishiga olib kelmaydi. Biroq yordamchi ishlab chiqarishning proporsional ravishda rivojlanishisiz asosiy sexlar to‘liq quvvat bilan ishlay olmaydi. SHuning uchun aosiy fondlarning optimal ishlab chiqarish tuzilishini aniqlash ulardan foydalanishni oshiruvchi asosiy yunalish xisoblanadi.
Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish korxona faoliyatini normal ta’minlashda, ishlab chiqarish rentabelligini oshirishda katta rol uynaydi. Afsuski, korxonalar xozirda ega bulgan o‘zining moliyaviy resurslari nafaqat kengaytirilgan, xatto oddiy takror ishlab chiqarish jarayonini to‘liq mikdorda ta’minlashga etmaydi. Korxonada zarur moliyaviy resurslarniig yo‘qligi, to‘lovlar intizomi darajasining pastligi o‘zaro to‘lamasliklarning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Korxonalarning o‘zaro qarzdorligi - o‘tish davridagi iqtisodiyotning o‘ziga xos xususiyati. Ko‘pchilik korxonalar shakllanayotgan bozor munosabatlariga tez moslasha olmadi, mavjud aylanma mablag‘lardan okilona foydalanmayapdi, moliyaviy zahiralarni tuzmaydi. SHunisi muhimki, inflyasiya, xo‘jalik qonunchiligining nobarkarorligi sharoitida to‘lovlarni amalga oshirmaslik bir qator korxonalarning tijorat manfaatlari doirasiga kirdi. Ular ataylab ta’minotchilar bilan hisob-kitoblarni kechiktiradilar va bu orqali so‘m xarid kobiliyatining pasayishi xisobiga o‘z tulov majburiyatlarini kamaytiradilar.
Aylanma mablag‘lar aylanuvchanligiping tezlashishi hozirgi sharoitda korxonalarning birlamchi vazifasi hisoblanadi va quyidagi yullar bilan erishiladi:
Ishlab chiqarish zaxiralarini tuzish bosqichida iqtisodiy asoslangan zaxira normalarini joriy etish; xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar ta’minotchilarning iste’molchilarga yaqinlashuvi; moddiy-texnik ta’minotning ombor tizimini, shuningdek materiallar va uskunalar ulgurji savdosini kengaitirish; omborlardagi ishlarning kompleks mexanizatsiyasi va avtomatizatsiyasi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish bosqichida - ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish; standartizatsiya; unifikatsiya; tipizatsiyani rivojlantirish; sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish shakllarini mukammallashtirish; xom-ashyo va yokilg‘i-energetika resurslaridan tejamli foydalanishni iqtisodiy ragbatlantirish tizimini mukammallashtirish; yukrri talabga ega bulgan mahsulot ulushini kupaytirish.
Muomala boskichida - mahsulot iste’molchilarini uni ishlab chiqaruvchilarga yaqinlashtirish; xisob-kitob tizimini mukammallashtirish; bevosita aloqalar buyicha buyurtmalarini bajarish, tejalgan materiallardan mahsulot tayyorlash natijasida sotilgan mahsulot hajmini
oshirish; tuzilgan bitimlarga muvofiq jo‘natilgan mahsulotlarni partiyalar, assortimentlar, tranzit normasi buyicha tanlash.
Korxonalar xujalik faoliyati natijalarini yaxshilashda mexnat salohiyatidap foydalapish samaradorligini oshirish xam muhim o‘rin egallaydi.
Mexnat salohiyati samaradorligi manbalarini izlash, bu manbalarni amalga oshirish buyicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va bu tadbirlarni bevosita qo‘llash korxonadagi tahliliy ishlarning asosiy bosqichi hisoblanadi. Mehnat salohiyati samaradorligini oshirish manbalari deganda jonli va moddiylashgan mexnat sarfini iqtisod qilishning xali foydalanilmagan imkoniyatlari tushuniladi. Ichki ishlab chiqarish manbalari texnika va ishchi kuchidan nisbatan samaralirok foydalanish, ish vaqtini qisqartirish, xom-ashyo va materiallarni iqtisod qilish, uskunalardan okilona foydalanish bilan bog‘liq. Ichki ishlab chiqarish manbalariga mexnat sig‘imini kamaytirish, ish vaqtidan foydalanishni oshirish, kadrlar strukturasini takomillashtirish, mexnat predmetlarini iqtisod kilish va mexnat vositalarini iqtisod kilishlar kiradi.
“Aleya shoes export” MCHJ mexnat salohiyatidan samarali foydalanish chora-tadbirlari quyidagilarni o‘z ichiga olgan bulishi lozim:
1. Ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirish:
* ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish;
* yangi uskunalarni tadbiq etish;
* yangi texnologik jarayonlarni tadbiq etish;
* mahsulotlarning konstruktiv xususiyatlarini oshirish;
* xom-ashyo va yangi konstruktiv materiallarning sifatini oshirish;
2. Ishlab chiqarish va mexnatni tashkil etishni yaxshilash:
* xizmat ko‘rsatish me’yori va hududini oshirish;
* me’yorlarni bajarmaydigan xodimlar sonini kamaytirish;
* boshqaruv strukturasini soddalashtirish;
* hisob-kitob ishlarini mexanizatsiyalash;
* ish vaqtini o‘zgartirish;
* ishlab chiqarishning ixtisoslashganlik darajasini oshirish;
3. Ishlab chiqarishdagi struktura o‘zgarishlari:
* mahsulotlar alohida turlarining xissasini o‘zgartirish;
* ishlab chiqarish dasturining mexnat sig‘imini o‘zgartirish - eng qulay darajasini aniqlash;
Dostları ilə paylaş: |