2 3 Algebra va analiz asoslari I BOB. HOSILA VA UNING TATBIQLARI 1–2 O‘ZGARUVCHI MIQDORLAR ORTTIRMALARINING NISBATI VA UNING MA’NOSI. URINMA TA’RIFI. FUNKSIYA ORTTIRMASI O‘zgaruvchi miqdorlar orttirmalarining nisbati Turli o‘lchov birliklariga ega bo‘lgan ikkita o‘zgaruvchi miqdor nisbatini
hisoblash inson hayotida tez-tez uchrab turadi.
Masalan, avtomashinaning
tezligi uning yurgan yo‘lining vaqtga
nisbati km/soat yoki m/s larda o‘lchanadi, yoqilg‘i sarflashi esa km/litr yoki
100 km/litr larda o‘lchanadi.
Xuddi shunday, basketbolchining mahorati bir o‘yinda to‘plagan
ochkolar soni bilan belgilanadi.
Misol. O‘quv ishlab chiqarish majmuasida 11-sinf o‘quvchilari orasida
matn terishning sifati va tezligi bo‘yicha sinov o‘tkazilmoqda.
Karim 3 minut mobaynida 213 ta so‘zni terib, 6 ta imloviy xatoga,
Nargiza esa 4 minut mobaynida 260 ta so‘zni terib, 7 ta imloviy xatoga
yo‘l qo‘ygani ma’lum bo‘ldi. Ularning natijalarini solishtiring.
Har bir o‘quvchi uchun tegishli nisbatlarni tuzamiz:
Karim: matn terishning tezligi
213ta so‘z
71
3min
=
so‘z
min
;
matn terishning sifati
6 ta xato
xato
0,0282
213 ta so‘z
so‘z
≈
.
Nargiza: matn terishning tezligi
260 ta so‘z
65
4min
=
so‘z
min
;
matn terishning sifati
7 ta xato
xato
0,0269
260 ta so‘z
so‘z
≈
.
4 5 Demak, Karim matnni Nargizaga nisbatan tezroq tergan bo‘lsa-da,
Nargiza bu ishni sifatliroq bajargan.
▲