Darsning maqsadi: Xarakteristik tenglama asosida operatorning xos sonlari va xos vektorlarini topishni o`rgatish.
Identiv o`quv maqsadi: Operatorning xos sonlarini va unga mos bo`lgan vektorlarni topaoladi.
Zaruriy materiallar. Proskuryanov I.V. Sbornik zadach polineynoy algebre.(M.1978) kitobidan № 1465-1474, 1487, 1488, 1489.
Darsda yechiladigan masalalar. 1465, 1467, 1469, 1471
1487, 1488
Mustaqil yechish uchun. 1466, 1468, 1472, 1473
Mustahkamlash uchun savollar. 1. Operatorning xos vektori nima?
2. Operatorning xos soni nima?
3. Xarakteristik ko`phad qanday tuziladi.
4. Xarakteristik tenglama ildizlari qanday bo`ladi?
5. Ildizlarga mos ravishda xos vektorlar qanday topiladi?
Adabiyotlar 1. Proskuryakov I.V. Sbornik zadach po lineynoy algebre. M.1978.
2. Fadeev D.K., Sominskiy I.S. Sbornik zadach po vo’sshey algebre. M. Nauka 1977 .
3. www.ziyonet.uz 4. www.gduportal.uz II modul bo`yicha yakuniy xulosalar Ixtiyoriy vektor, operator tufayli o`ziga o`xshagan vektorga o`tsa, u xos vektor bo`ladi. Operator hyech bo`lmaganda bita xos vektorga ega. Xarakteristik tenglama – bu algebraik tenglama. U matrisa determinanti orqali tuziladi. Xos songa mos keluvchi xos vektorlar cheksiz ko`pdir.
II modul bo`yicha o`z-o`zini tekshirish uchun nazorat savollar: 1. Quyidagilardan nechtasi chiziqli operator bo`ladi.
7. A operatorining teskari operatori mavjudlik sharti nimadan iborat? Izohlang
8. Xos vektorlarni tushuntiring va xos sonlar bilan bog’lab izohlang.
9. Xarakteristik tenglamani tuzishni izohlang va bundan nimani aniqlash mumkinligini ayting. To`g’ri javobni ko`rsating.
A) Xos vektor koordinatalarini aniqlaymiz.
B) Xos sonlarni topamiz.
C) Determinatning 0 ga tengligini ko`rsatamiz.
D) Matrisaning rangi topiladi.
E) n- darajali tenglamani yechib hamma xos sonlar topiladi.
10. Xarakteristik ko`phad nima va u qanday xossalarga ega?
11. Xos vektorlarni topish usulini izohlang.
12. Operatorning xos vektori nima?
13. Operatorning xos soni nima?
14. Xarakteristik ko`phad qanday tuziladi.
15. Xarakteristik tenglama ildizlari qanday bo`ladi?
16. Ildizlarga mos ravishda xos vektorlar qanday topiladi?
III modul Bu modulda chiziqli, bichiziqli va kvadratik formalar qaraladi. Bu yerda umumiy ko`rinishdagi kvadratik formalarni Logranj, Yakobi usullarida soda ko`rinishga keltirish ko`rib o`tiladi, yani o`zgaruvchilarning kvadratlar yig`indisi ko`rinishiga keltiriladi.
Modul bo`yicha 2 ta amaliy mashg`ulot mo`ljallangan.