Algoritmik tillar va dasturlash



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə2/7
tarix27.07.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#137677
1   2   3   4   5   6   7
boldidaaaaa

Mavzuning dolzarbligi: OTM kafedrasi oʻqituvchilarining yillik yuklamasini taqsimlashni elektronlashtirish orqali kafedra oʻqituvchilarining yuklamasini hisoblash jarayoni soddalashadi. Turli xil chalkashish va adashmovchiliklarning oldini olish hamda yuklamani taqsimlashga sarflanadigan vaqt va resurslarni qisqartirishga yordam beradi. Bundan tashqari oʻqituvchilar yoki kafedrada yuklamani taqsimlashda sodir boʻlgan oʻzgarishlarni qayta tartiblash jarayonining soddaligi hamda oʻqituvchi yuklamalarini oʻzgartirish jarayonining qulayligi OTM kafedrasi professor oʻqituvchilarining yillik yuklamasini hisoblashni osonlashtiradi. Dastur orqali yuklamalarni taqsimlovchining soatlab qogʻozlar bilan ishlab oʻtirishiga hojat qolmaydi.
Mavzuning maqsad va vazifalari: OTM kafedrasi professor-o‘qituvchilarining yillik yuklamasini taqsimlash, hamda tizimida boʻladigan jarayonlarni soddalashtirish, qog’azbozlik va turli xil chalkashishlardan qochish va bu jarayonlarni dastur orqali nazorat qilishdan iborat
Kurs ishning maqsadidan quyidagi vazifalari hal etish lozim deb hisoblandi:
- OTM kafedrasi professor-o‘qituvchilarining yillik yuklamasini taqsimlash jarayonida inson omillarini kamaytirish ;
- OTM kafedrasi professor-o‘qituvchilarining yillik yuklamasini taqsimlash jarayoni orqali hodimlarga qulaylik yaratish ;
- Qoʻlda yoziladigan hisob-kitoblarni kamaytirish uchun ushbu dasturlardan foydalanishga imkoniyat yaratish;
-Hisoblash jarayoni uchun sarflanadigan vaqtni kamaytirish;
- Mavzu bo’yicha dastur yaratish jarayonida algoritm tillar va dasturlash fanida o‘tilgan malumotlarni mustahkamlash.
Kurs ishi tuzilmasining tavsifi: Mazkur tadqiqot ishi kirish, tanlangan ob’ektlar va tadqiqot usullari, kurs ishi rejalari, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iboratdir.
Kurs ishining kirish qismida qaralayotgan ishning dolzarbligi, ishning maqsadi, ishning ilmiyligi, tadqiqotning amaliy ahamiyati va kurs ishining tuzilishi to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar keltirilgan.
Kurs ishining tanlangan ob’ektlar va tadqiqot usullari bo‘limida tadqiqot olib borilayotgan ob’ekt haqida umumiy ma’lumotlar berilgan. Shu bilan birga tadqiqot ob’ektini o‘rganish usullari va qo‘yilgan maqsadga erishish uchun kerak bo‘ladigan qurilma va dasturiy ta’minotlar, ishni amalga oshirish usullari haqida umumiy ma’lumotlar keltiriladi.
Tadqiqot ishining birinchi bobida axborot texnologiyalari, ta’lim tizimida zamonaviy texnologiyalarni tadbiq qilish asoslari, amaliyotga joriy etishdagi muammolar va ularning ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, bundan tashqari malumotlar bazalari va so‘rovlar tili haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kurs ishning ikkinchi bobida OTM kafedrasi professor-o‘qituvchilarining yillik yuklamasini taqsimlash va ularning muammolarini foydalanishga qulay bo’lgan dasturlar orqali hal etish, texnologiyalar, dasturiy ta’minot va ularning o‘rni hamda tadqiqot ishida qilingan amaliy ishlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kurs ishining xulosa qismida bajarilgan ishning amaliyotga qo‘llanilishi natijasida kelib chiqadigan xulosalar va tavsiyalar keltiriladi.
Kurs ishining so‘ngida esa foydalanilgan adabiyotlar, elektron kitoblar ro‘yxatlari keltirilgan.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin