Algoritmning tasvirlash usullari Yuqorida ko’rilgan misollarda odatda biz masalani echish algoritmini so’zlar
va matematik formulalar orqali ifodaladik. Lekin algoritm boshqa ko’rinishlarda
ham berilishi mumkin. Biz endi algoritmlarning eng ko’p uchraydigan turlari bilan
tanishamiz.
1. Algoritmning so’zlar orqali ifodalanishi.Bu usulda ijrochi uchun
beriladigan har bir ko’rsatma jumlalar, so’zlar orqali buyruq shaklida beriladi.
2. Algoritmning formulalar bilan berilish usulidan matematika, fizika,
kimyo kabi aniq fanlardagi formulalarni o’rganishda foydalaniladi. Bu usulni
ba’zan analitik ifodalash deyiladi.
3. Algoritmlarning grafik shaklida tasvirlanishidaalgoritmlar maxsus
oppishc figuralar yordamida tasvirlanadi va bu grafik ko’rinishi blok-sxema
deyiladi.
4. Algoritmning jadval ko’rinishda berilishi. Algoritmning bu tarzda
tasvirlanishdan ham ko’p foydalanamiz. Masalan, maktabda qo’llanib kelinayotgan
to’rt xonali matematik jadvallar yoki turli xil lotereyalar jadvallari.
Funktsiyalarning grafiklarini chizishda ham algoritmlarning qiymatlari jadvali
ko’rinishlaridan foydalanamiz. Bu kabi jadvallardan foydalanish algoritmlari opp
bo’lgan tufayli ularni o’zlashtirib olish oson.
Yuqorida ko’rilgan algoritmlarning tasvirlash usullarining asosiy maqsadi,
qo’yilgan masalani echish uchun zarur bo’lgan amallar ketma-ketligining eng
qulay holatinni aniqlash va shu bilan odam tomonidan programma yozishni yanada
osonlashtirishdan iborat. Aslida programma ham algoritmning boshqa bir
ko’rinishi bo’lib, u insonning kompyuter bilan muloqotini qulayrok amalga
oshirish uchun mo’ljallangan.
Blok-sxemalarni tuzishda foydalaniladigan asosiy opp oppishc figuralar
quyidagilardan iborat.
Oval (ellips shaklli), u algoritmning boshlanishi yoki tugallashini belgilaydi. To’g’ri burchakli to’rtburchak, qiymat berish yoki tegishli ko’rsatmalarni bajarish jarayonini belgilaydi. Parallelogramm, ma’lumotlarni kiritish yoki chiqarishni belgilaydi. Yordamchi algoritmga murojatni belgilaydi. Romb, shart tekshirishni belgilaydi oppish bajarilsa “ha”, tarmoq bo’yicha, aks holda “yo’q”-tarmog’I bo’yicha amallar bajarilishini ta’minlaydi Blok-sxemalar bilan ishlashni yaxshilab o’zlashtirib olish zarur, chunki bu usul algoritmlarni ifodalashning qulay vositalaridan biri bo’lib programma tuzishni osonlashtiradi, programmalash qobiliyatini mustahkamlaydi. Algoritmik tillarda blok – sxemaning asosiy strukturalariga maxsus operatorlar mos keladi. Shuni aytish kerakni, blok-sxemalardagi yozuvlar odatdagi yozuvlardan opp farq qilmaydi. Misol sifatida 2.1 punktda keltirilgan ax2+bx+c=0 kvadrat tenglamani echish algoritmining blok-sxemasi quyida keltirilgan.