Alishe r navoiy nom idagi sam arqand davlat uni versiteti


Tarmoqlar (Klaster) metodi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/31
tarix20.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#187227
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
Kitob 6781 uzsmart.uz

Tarmoqlar (Klaster) metodi

Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya bo`lib, u 
o`quvchilarni biror bir mavzuni o`rganishlariga yordam berib, mavzu haqida 
aniq fikr, tushunchani erkin va ochiq ravishda ketma – ketlik bilan tarmoqlashga 
o`rgatadi. Bu biron bir mavzuni chuqur o`rganish, o`quvchilarning fikrlash 
faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun yordam beradi. Mavzu 
bo`yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.


48
Shu o`rinda umumta`lim maktablarida o`z tadqiqotlarimizning amaliy ish 
tajribalari jarayonida pedagogik texnologiyalar qo`llanib o`tgan darslarimizdan 
birining ishlanmasi (texnologik loyihasi)ni kiritib o`tishni lozim topdik:
Mavzu: O`zbek xalq cholg`ulari. (4 – sinf uchun)
Dars maqsadi: 1. Ta`limiy: O`quvchilarga o`zbek xalq cholg`u asboblari haqida 
tushuncha va eng muhim ma`lumotlar berish;
2. Tarbiyaviy: O`quvchilarga o`zbek xalq cholg`u asboblariga to`g`ri 
munosabatni shakllantirish;
3. Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni o`zbek xalq cholg`u asboblari haqida mustaqil 
fikrlash va cholg`u asboblarini bir – biridan farqli xususiyatlarini anglashlari.
Dars jihozlari: Doska, ktob, daftar, rasm, kartochkalar, bo`r, ko`rgazmali 
qurollar, texnik vositalar, cholg`u asboblari. 
Darsning borishi:
1.
Tashkiliy qism:
-
salomlashish;
-
Davomat. Navbatchi orqali tekshiriladi.
-
O`quvchilarni darsga tayyorlash; (ovoz sozlash, do major gammasi, 
mashqlar). 
-
Berilgan vazifaslarni so`rash. – o`tilgan dars bo`yicha topshiriqlar 
bajarilishini nazorat qilish, savol – javob o`tkazish, so`rash, baholash;
2.
Asosiy qism:
Yangi dars bayoni. Mavzu: O`zbek xalq cholg`ulari.
O`zbek xalq cholg`u asboblari juda qadimiy, boy tarixga ega. Bu cholg`ular o`z 
tuzilishi, ijrochilik xususiyatlari, uslublariga ko`ra asosan uch guruhga bo`linadi:
1.
Zarbli cholg`ular. 
2.
Damli (puflab chalinadigan) cholg`ular. 
3.
Torli cholg`ular.
Zarbli cholg`ular guruhiga doira, nog`ora, sofoil, qayroq, qoshiq vaho kazolar 
kiradi.


49
Damli (puflab chalinadigan) cholg`ular guruhiga nay, surnay, karnay, 
qo`shnaylar kiradi.
Torli cholg`ular guruhiga sato, tanbur, dutor, do`mbira, qashqar rubobi
afg`on rubob, ud, chang, qonun va ho kazolar kiradi.
Torli cholg`ularda tovush hosil qilish vositalari turlicha. Jumladan, dutor 
va do`mbira chertib chalinadi. Tanbur, qonun sozlari ko`rsatkich barmoqqa 
kiyiladigan maxsus moslama – “noxun” (mis, temirdan yasaladi) vositasida ijro 
qilinadi. Qashqar rubobi, afg`on rubobi, ud kabi cholg`ular mizrob (mediator) 
vositasida chalinadi. Torli cholg`ularning maxsus kamon vositasida ham chalish 
mumkin, jumladan g`ijjak, qobuz, sato kabi cholg`ular.
Qo`shiq kuylash:
P. Mo`min she`ri, F. Alimov musiqasi. O`lkamizni o`rganaylik. (1 - bandi)
O`lkamizni o`rganaylik,
O`lkamizdan o`rgilaylik.
Onadayin yurtimiz ul,
Obro`yimiz, burdimiz ul.
Naqorat: 
O`lkamizni o`rganaylik,
O`lkamizdan o`rgilaylik.
O`lkamizni o`rganaylik,
O`lkamizdan o`rgilaylik.
Qo`shiq matni xor bo`lib o`qiladi. O`qituvchi tomonidan qo`shiq bir, ikki 
marotaba ijro etiladi, so`ngra o`quvchilar bilan o`rganishga 
kirishiladi.
Musiqa tinglash.
Zamonaviy texnik vosita yordamida o`zbek xalq kuyi “Ajam” tinglanadi. 
Asar tinglangach u haqida qisqacha suhbat o`tkaziladi.
Musiqa savodi: 6/8 o`lchovi.


50
Bu o`lchovning yuqoridagi “6” raqami bir takt ichida 6 ta hissa borligini, 
quyidagi 8 raqami hissalarning har biri sakkiztalik cho`zimga teng ekanligini 
bildiradi.
Olti hissalik o`lchovga dirijyorlik qilib, har bir “siltov”da nechta hissa 
kelishi ko`rsatiladi. Olti hissalik o`lchovga dirijyorlik qilganda o`ng qo`l harakati 
quyidagicha bo`ladi:
Ijro sur`ati tez bo`lganda oddiy ikki hissali o`lchovga dirijyorlik qilgan 
dek harakat bajariladi:
Bunda har bir qo`l harakati (siltov) ga uchtadan hissa to`g`ri keladi. 
Mustahkamlash:

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin