Musiqa tinglash:
Cholg`u ansambli ijrosida “Chertmak” xalq kuyi
tinglanadi. (Audio yoki CD disk yozuvida) O`quvchilar kuyni tinglab uning
nomi, xarakteri, tempi, nima
ifodalangani,
ifoda
vositalari
va
qaysi
cholg`ularda ijro etilganligi haqida tahlil qiladilar.
Ijodiy faoliyat: O`quvchilardan cholg`u ansambli tuziladi va “Chertmak” xalq
kuyiga qo`l harakati bilan turli cholg`ularda chalishni ko`rsatib, musiqaga jo`r
bo`ladilar.
Musiqa savodi:
Usul tashlab notalar sanash, “bak - bum” so`zi
bo`g`inlarini ovozda aytib, satol chetiga barmoqlar bilan usul tashlab musiqaga
jo`r bo`lish.
O`yin o`tkazish:
“Asar” so`ziga yoki boshqa o`qituvchi o`zi tanlab
olgan so`zga krassvord tuzish.
56
Masalan:
So`z doskaga yoziladi, o`quvchilar bittadan chiqib, o`qituvchi yordamida
krossvordga to`g`ri keladigan so`zlarni yozadilar. So`zni to`g`ri topish uchun
o`qituvchi savollar beradi. To`g`ri topganlar rangli kartochkalar bilan
rag`batlantiriladi.
Dars yakuni:
O`qituvchi dars davomida o`tilganlarni mustahkamlaydi.
Uyga vazifa:
O`tilgan mavzularni o`rganib kelish. Ansambllar ijrosida
radioeshittirish va televidenie ko`rsatuvlarida kuy va qo`shiqlarni tinglab
ifodalash. Darslikda berilgan rebusni tayyorlab kelish.
Bahs – munozara darslari – musiqiy asarlarni chuqur tahlil qilish musiqa
savodiga oid bilimlar musiqa tarixi, musiqiy asarlar tahlili, musiqa shakli kabi
musiqiy – nazariy bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan bo`ladi. Bu
texnologiya asosan chorak yoki yarim yil davomida olingan musiqiy – nazariy
bilimlarga asoslangan bo`ladi. Bahs – munozara darslari o`quvchilarning avval
egallagan bilimlari negizida tashkil etiladi. O`quvchilar uchun notanish yoki aniq
n
o
t a
m u s i q a
t a k t
d
o
i
r a
A
S
A
R
57
bo`lmagan masalaga oydinlik kiritish, munozarali qarashlarda bir to`xtamga
kelish va shu asosda o`quvchilarni bilimlarni mustaqil egallashlariga erishish,
musiqiy tafakkur va musiqiy idroklarini shakllantirish maqsadida tashkil etiladi.
Bahs
– munozara darslari boshqa darslardan o`ziga xos jihatlari bilan
farq qiladi. Ya`ni budarsda biror bir masala yoki mavzu yuzasidan tortishuv
bo`ladi. Masalan: “Kuyda nima ifodalanadi?”, “Musiqaning ifoda vositalariga
nimalar kiradi?”, “Ansambl nima?” va hokazo. O`qituvchi va o`quvchilar o`z
fikr – mulohazalari bilan o`rtoqlashadilar. Bu darslarda bahs kuchli bo`ladi va
har bir fikr o`z isboti bilan tasdiqlanadi, eng ma`qul variant qabul qilinadi.
Bahs
– munozara darslari o`quvchilardan o`ziga xos tayyorgarlikni talab
qiladi. Bu darslar o`quvchilarni hozirjavoblikka, mustaqil fikrlashga,
masalalarga ijodiy yondashishga, nutqlarining teranlashishiga ijobiy ta`sir etadi.
Bitta musiqiy asardan sinfdagi o`quvchilar turli xil taassurotlar oladilar. Shuning
uchun o`z fikr mulohazalari bilan o`rtoqlashishlari ularning tafakkurlari va
tasavvurlarini boyitishga yordam beradi.
Bahs
– munozara uyushtirish pedagogik jihatdan ham katta ahamiyatga
ega. U o`quvchilarning estetik tuyg`ularini, didlarini tarbiyalashda ham muhim
vositalardan hisoblanadi. Munozara mavzusini o`quv dasturi mazmuni va
talablariga, shuningdek, o`quvchilarning bilim va malakalariga mosligi nuqtai –
nazaridan o`qituvchi tanlaydi. Bunda o`quvchilarning hohish – istaklari va
qiziqishlari ham hisobga olinmog`i lozim.
O`qituvchi munozarali savollarni tuzadi va o`quvchilarni bahsga
chorlaydi. O`qituvchi o`quvchilarbi faolligini kuchaytirib, javoblarni izchil va
58
aniq bo`lishini nazorat qilib turadi. Bunday darslar o`qituvchi va o`quvchilarni
bir – biriga yaqinlashtiradi, do`stona va ijodiy muhitni vujudga keltiradi. Bunday
darslarni uyushtirish o`qituvchi va o`quvchilardan dars jarayonida bir qator
qoidalarga amal qilishlarini taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: |