77
Bizning tadqiqotimiz davomida olib borilgan nazariy, uslubiy manbaalarni
o`rganish, musiqiy ta`limdagi mavjud holat, ularda pedagogik texnologiyalarni
qo`llanishi, nihoyat tajriba – sinov ishlari natijalaridan shu narsa ma`lum
bo`ldiki, o`quvchilarni darsda turli ilg`or pedagogik texnologiyalar vositasida
faol ishtirokini ta`minlash, shu orqali ularning musiqiy – nazariy, amaliy
ijrochilik ko`nikma, bilim, malakalarini shakllantirish ta`limning
sifat va
samaradorligiga nihoyatda katta ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Shu bois ham amalga oshirilgan tadqiqot natijalari quyidagi xulosalarga
kelishimizga asos bo`ldi:
1.
Ta`lim tizimining barcha bo`g`inlarida, xususan uning eng muhim
shakllantiruvchisi bo`lgan umumiy o`rta ta`lim tizimidagi muhim vazifalardan
biri o`quvchi – yoshlarni fanning barcha yo`nalishlarida chuqur va mustahkam
bilim olish, ularni kelajakda ta`limning yuqori bosqichlarida o`qishni
muvaffaqqiyatli davom ettirib, munosib kadrlar bo`lib
yetishishlariga zamin
tayyorlashdan iborat.
2.
Bu maqsadni muvaffaqqiyatli amalga oshirishda ta`limni uzluksiz
takomillashtirib borish, maktab, akademik litsey, kasb – hunar kolleji, oliy ta`lim
o`rtasida o`zaro mustahkam aloqani yo`lga qo`yish, ta`lim sohasidagi
yangiliklar, ilg`or tajribalarni ommalashtirish, metodik hamkorlikni izchil olib
borish zarur.
3.
Umumta`lim maktablarida o`qitiladigan barcha fanlar qatori musiqa
darslarini ilg`or pedagogik texnologiyalar orqali tashkil etishning keng
imkoniyatlari mavjud. Musiqa darslari mazmunini
pedagogik texnologiyalar
asosida yo`lga qo`yishga e`tiborni kuchaytirish, zarur pedagogik shart –
sharoitlarni yaratish lozim.
4.
O`rta ta`lim tizimida darslarni pedagogic texnologiyalar orqali
tashkil etishning muvaffaqqiyati ko`p jihatdan oliy o`quv yurtlarida bo`lajak
o`qituvchilarni pedagogik texnologiya asosida tayyorlash, o`qituvchilarni qayta
tayyorlashga bo`g`liqdir.
78
5.
Hozirda umumta`lim maktablarida faoliyat ko`rsatayotgan musiqa
o`qituvchilarini texnologik yondashuvga tayyorlash
tizimini ishlab chiqish,
amaliyotga joriy etish, zarur o`quv – metodik qo`llanmalar, dars ishlanmalari
bilan ta`minlash zarur.
6.
Ta`lim tizimini nazariy – metodik jihatdan uzluksiz takomillashtirib
borish maqsadga muvofiqdir.
7.
Umumta`lim maktablari musiqa darslarini ilg`or pedagogik
texnologiyalar asosida, interfaol usullardan foydalangan holda tashkil etish
bo`yicha ijtimoiy - pedagogik yo`nalishda ilmiy tadqiqotlarga e`tiborni
kuchaytirish zarur.
Umumta`lim maktablari “musiqa madaniyati” darslarida ilg`or
pedagogik texnologiyalardan foydalanib darslarni tashkil etish asosida
o`quvchilarning musiqiy –
nazariy bilimlari, amaliy ijrochilik ko`nikma va
malakalarini shakllantirishga qaratilgan tadqiqot izlanishlar, amaliy ishlarning
samarali natija berishi yuqorida ta`kidlab o`tilgan xulosaviy fikrlar bilan
izohlanadi.