74
Tajriba boshidagi va oxiridagi natijalar, ijobiy va salbiy ko`rsatkichlar
o`rtasidagi o`zgarishlar umumlashtirilib tahlil qilindi va tajriba va nazorat
guruhlaridagi o`quvchilarning musiqiy – nazariy, amaliy ijrochilik bo`yicha
bilim, ko`nikma va malakalaridagi o`sish darajalari aniqlandi. Ushbu yakuniy
darajalar shartli ravishda 4 guruhga ajratildi. Tajriba va nazorat guruhlarida
natijalarni hisoblashda qulay bo`lishi uchun 100 ballik reyting tizimidan 5 ballik
reyting baholashni ma`qul deb topdik.
Tajriba – sinov ishlari jarayonida 120 ta o`quvchilardan olingan
so`rovnoma, test, amaliy bilim, ko`nikma va malakalar natijalari tahlil etilib,
matematik – statistika metodi orqali “juda yaxshi”, “yaxshi”, “o`rtacha”, “past”
darajalariga ajratildi. Natijalar jadval ko`rinishida quyidagicha bo`ldi:
Dostları ilə paylaş: