69
Natijalar
tajriba
–
sinov
boshlangungacha
bo`lgan
davrda
o`quvchilarning musiqiy –
nazariy bilim, ko`nikma, malakalri, demakki musiqa
madaniyatining shakllanganlik darajasi ancha past ekanligini ko`rsatdi.
Shundan so`ng tajriba – sinov ishlarimizni olib borish uchun tanlangan tajriba
guruhlarida (sinflarda) o`zimiz uchun maqbul
deb topilgan texnologiyalar
asosida musiqa mashg`ulotlarini olib borishga kirishdik. Eng avvalo, pedagogik
texnologiyalar mohiyati, uning ta`lim jarayoniga kirib kelishi, qo`llanilishi
haqida turkum suhbatlar o`tkazdik. Shundan so`ng musiqa tinglash,
musiqaga
xos harakatlar bajarish, musiqa savodi, qo`shiq kuylash faoliyatlari uchun
maxsus tanlangan texnologiyalarning qisqa variantlarini qo`llagan
holda
o`quvchilarning
darsga
faolligini,
o`zini
erkin
tutuish,
muloqotga
kirishishlarining
faol
ishtirokchisiga
(vazifa,
topshiriqlarni
bajarish)
aylantirishga harakat qildik. Biz ilg`or texnologiyalarni tadbiq etishda jonli
suhbat, amaliy ijro, namoyish etish, o`quvchilarga
mustaqil topshiriqlar berish,
ularning javoblari va darsga qatnashishlarini rag`batlantirib borish bilan
birgalikda olib bordik. O`quvchilarga dars mavzulari bo`yicha qo`shimcha
manbaalarni o`qish, o`z ustida ishlash, sinfdan tashqari mashg`ulotlarga faol
qatnashish tavsiya qilinadi.
Bu o`rinda musiqani diqqat bilan tinglash, turli savollarga javob berish, ijro etib
ko`rsatish, tahlil qilish kabi uslublardan o`rinli foydalanildi.
Tadqiqot jarayonida o`quvchilarni musiqa san`atiga qiziqishini kuchaytirish,
darslarda faol ishtirokini ta`minlash va o`z ustida ishlashlariga alohida ahamiyat
berildi.
1.
Qo`llanilayotgan pedagogik
texnologiyalarni qiziqarli, ixcham,
bolalarni yosh va individual xususiyatlariga mosligiga e`tibor berildi.
2.
Darslarda o`quvchilarni kichik guruhlarga bo`lib, musobaqa tarzida
tshkil etishga intildik.
3.
Ko`proq “o`yin” shaklidagi texnologiyalarga o`rin berildi.
4.
Kuy va qo`shiq namunalarini tinglash, kuylashda uning milliy
ijrochilik
uslublariga amal qilish, qaysi mahalliy ijrochilik uslubiga
70
tegishliligi, mualliflari, mohir ijrochilari haqida bilimlar nazarda
tutuildi.
5.
Repertuarning rang –
barangligi, nazariy ma`lumotlarni, amaliy
vazifalarni bajarish bilan bog`liq holda tushuntirish, ko`rsatib berish
kabilar diqqat markazimizda bo`ldi.
6.
O`quvchilarni maktabda o`tadigan
turli madaniy ommaviy
tadbirlarga konsertlarga jalb qilishga harakat qilindi.