Alisher Navoi hayoti va ijodi Yigitlik yillari Davlat va jamoat arbobi


«Guli Navoiyning sevgilisi bo‘lgan»



Yüklə 188,94 Kb.
səhifə10/13
tarix10.04.2023
ölçüsü188,94 Kb.
#95711
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Alisher Navoiy asarlarining sahna va ekran talqillari

3. «Guli Navoiyning sevgilisi bo‘lgan»
Alisher Navoiy haqida xalq afsonalarida uning Guli ismli sevgilisi bo‘lgani aytiladi. Tarixiy manbalarda faqat Navoiyning oila qurmay o‘tgani ma’lumot sifatida keltiriladi xolos. Sizu biz yaxshi bilgan mashhur filmga ko‘ra, Navoiyning sevgilisi Gulini vazir Majididdin atayin sulton haramiga olib kiradi. Bu bilan maqsadiga erisha olmagach, vazir qizga zahar ichiradi... Rostan ham Guli tarixiy shaxsmi?
Aslida Navoiyning o‘z asarlarida bu ism uchramaydi. Lekin hazrat Navoiy kimnidir qattiq sevgani, o‘zining o‘tli she’rlarini unga atagani aniq. Xo‘sh, Navoiyning umrboqiy misralariga loyiq bo‘lgan o‘sha baxt va saodat sohibasi kim ekan?
Taniqli navoiyshunos olim, ustoz Abduqodir Hayitmetovning yozishicha, «...u (ya’ni Navoiy) kimligi biz uchun noma’lum bo‘lib kelayotgan bir qizni sevgan. Qiz ham unga yomon munosabatda bo‘lmagan, iltifotlar ko‘rsatgan. Afsuski, qiz erta vafot etgan. Qizning vafoti Navoiydan olisda ro‘y bergan. Shu fojiadan keyingina Navoiy o‘zining unga bo‘lgan muhabbati cheksiz va beqiyos ekanini bilib qolgan. Bu muhabbat o‘ti uning qalbida umrining oxirigacha so‘nmagan. Shu sababli shoir o‘zining birinchi muhabbatiga sodiq qolgan — uylanmay o‘tgan».
Mana bu bayt ham Navoiyning bir paytlar sevimli mahbubasi bo‘lganidan darak beradi:
Bor edi, ul hamki, bir chog‘ bizga yore bor edi
Kulli ar yor o‘lmasa, filjumla bore yor edi...
Uning ismini biz bilmaymiz. Bilolmaymiz. Chunki Navoiyning o‘zi ham uning ismi boshqalar tilida yangrashini istamagan, sevikli yorining ismini ham boshqalardan rashk qilib qizg‘angan.
Men bo‘lay ovora to, ishqimdin aylab guftugo‘,
Oti oning har kishi og‘zida mazkur o‘lmasun.
Darhaqiqat, Navoiy asarlari bilan tanish bo‘lgan o‘quvchi bu she’rlar shunchaki lirik qahramon tilidan bitilmaganini yaxshi anglaydi. Qolaversa, shoir umrining so‘nggi yillarida bitilgan «Lisonut-tayr» dostonida:
Bir necha kun umrdin topsam amon,
Sharhi ishqim nazm etay bir doston,
— deya, agar umr vafo qilsa, o‘z muhabbatini sharhlab bir doston bitmoqchi ekanini yozadi. Afsuski, ko‘p o‘tmay buyuk shoir vafot etadi. Navoiyning «sharhi ishqi» ham biz uchun sir bo‘lib qoldi. 

Yüklə 188,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin