Alisher Navoi hayoti va ijodi Yigitlik yillari Davlat va jamoat arbobi


«Navoiy faqat ilohiy ishqni kuylagan»



Yüklə 188,94 Kb.
səhifə11/13
tarix10.04.2023
ölçüsü188,94 Kb.
#95711
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Alisher Navoiy asarlarining sahna va ekran talqillari

4. «Navoiy faqat ilohiy ishqni kuylagan»
Sobiq tuzum davrida Navoiyning ijodidan faqat maishiy, dunyoviy mazmun izlangan bo‘lsa, bugungi kunda hazratning barcha asarlariga ilohiy tus beradiganlar ko‘paydi. Albata, Navoiyning ko‘plab asarlari tasavvuf ruhida bitilgan. Hazratning o‘zi ham tasavvufning naqshbandiya tariqatida bo‘lgani haqida ma’lumotlar bor.
Navoiy devonlarida bevosita Allohga bo‘lgan muhabbat – ishqi ilohiy tarannum etilgan g‘azallar juda ko‘p. Masalan, «Navodirul-vaqoye’» devonidagi mana bu baytni olaylik:
Zihi husnung zuhuridin tushub har kimga bir savdo,
Bu savdolar bila kavnayn bozorida yuz g‘avg‘o.
Bu yerda so‘z chindan Yaratganning husnu jamoli, uning ishqida har kimning diliga savdo tushgani, ana shu savdolar ikki olam bozorida yuz g‘avg‘oga bois ekani haqida boradi. Ammo har bir baytdan tasavvufiy ma’no izlash ham u qadar to‘g‘ri emas. Chunki Navoiy asarlarida sof insoniy go‘zallik, insoniy sevgi munosabatlari kuylangan she’rlar ham uchraydi.
Olmani sundi nigorim, «ol» dedi,
«Olma birla bu ko‘ngulni ol» dedi.
So‘rdum ersa olmasining rangini
«Ne so‘rarsen, olma rangi ol» dedi.
Xo‘sh, shunchaki yigit va qiz o‘rtasidagi sho‘x munozarani eslatuvchi ushbu tuyuqda ham biror «majoziy» ma’no bormikin? Yoki bo‘lmasa «Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarsinmu deyin», «Ne ajabkim sarvinozim o‘n sakiz yoshindadur», «Qoshing ne balo qaro bo‘lubtur» singari misralaridan ham tasavvufiy ma’no, ilohiy ishq ishoralarini izlash to‘g‘rimikin? 
5. «Husayn Boyqaro Navoiyni saroydan quvgan»
Oltmish-yetmish yil ilgari yaratilgan, hozirgi qadar tomoshabinlar e’tiboriga havola etib kelinayotgan ekran va sahna asarlarida shoh va shoir o‘rtasidagi qarama-qarshilik o‘ta darajada bo‘rttirib ko‘rsatilgan. Shu sababli bir paytlar siyosiy maqsadlarni ko‘zlab, ikki do‘st orasida yaratilgan sun’iy to‘siqlar bugunga qadar ayrim sodda odamlar tasavvurida muhrlanib qolgan.
Saroydagi fitnalar, ayrim amaldorlarning, vazirlarning qutqusi tufayli Husayn Boyqaro o‘z do‘stini bir muddat saroydan uzoqlashtirgani, uni Astrobodga hokim etib tayinlagani rost. Biroq tashqi ta’sirlar, saroy ahlining qutqulari ikki do‘st orasiga kuchli nifoq urug‘ini eka olmagan. Aks holda Alisher Navoiy ko‘plab asarlarida o‘z qadrdon do‘sti uchun alohida boblar ajratmagan, uning fazilatlarini sidqidildan e’tirof etmagan bo‘lardi.
Shahzoda Mo‘min Mirzoning xoinlarcha o‘ldirilishi, bu mash’um qatlga Husayn Boyqaro mast holatida muhr bosishi temuriylar sulolasi inqirozini yanada tezlashtirganini hech kim inkor etmaydi. Ammo Mo‘min Mirzoning o‘limi shoh va shoirni bir-birida batamom ayirgani yolg‘on.
Mo‘min Mirzoning o‘limi qanchalar qayg‘uli bo‘lmasin, Navoiy bu noxushlikni taqdir taqozosi sifatida qabul qildi. Bizga tanish asarlarda bo‘lgani kabi hazrat bu fojiada sultonni ayblab, uning pushaymonlikda ado bo‘layozgan qalbiga nashtar urmadi. Aksincha, bu ish Haqning irodasi ekanini aytib, sultonga dalda berdi.
Bundan tashqari hazrat Navoiyning so‘nggi damlari ham aynan Husayn Boyqaroning yonida kechgani, hatto buyuk shoir o‘z do‘stini olis safardan qaytayotganida xasta holiga qaramasdan kutib olishga chiqqani, shahar tashqarisida uni ehtirom ila qarshi olgani va shu yerda taqdir taqozosi bilan Haqqa omonatini topshirgani ishonchli manbalarda zikr etiladi. 

Yüklə 188,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin