Alisher Navoi hayoti va ijodi Yigitlik yillari Davlat va jamoat arbobi



Yüklə 188,94 Kb.
səhifə13/13
tarix10.04.2023
ölçüsü188,94 Kb.
#95711
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Alisher Navoiy asarlarining sahna va ekran talqillari

Alisher Navoiyning 10 hikmati

  1. Kishining odobi uning boyligidan yaxshidir.

  2. Oxirat savobi dunyo rohatidan yaxshidir.

  3. Til zarbasi – tish og‘rig‘idan kuchliroq.

  4. Ko‘p toatdan–oz ma’rifat yaxshi, aqlli dushman axmoq do‘stdan yaxshiroqdir.

  5. Yomon do‘st – shaytondir.

  6. Til sukuti–inson salomatligi.

  7. Seni yomonlikka boshlagan kishi dushmaningdir.

  8. Kimki ko‘ngilni qattiq so‘z bilan jarohatlar ekan, unga achchiq til zaharli nayzadek sanchiladi.

  9. Muloyim so‘z — vahshiylarni ulfatga aylantiradi; sehrgar — ohang bilan afsun o‘qib, ilonni inidan chiqaradi.

  10. Ko‘p, bemaza so‘zlaydigan ezma — kechalari tong otguncha tinmay huradigan itga o‘xshaydi. Tili yomon odam — xalq ko‘nglini jarohatlaydi, o‘z boshiga ham ofat yetkazadi.

Navoiy haqida bir rivoyat

Alisher Navoiy hazratlari Samarqandda o‘qib yurgan kezlarida Buxoroyi sharifni ziyorat qilishni orzu qilibdilar. Samarqandda to‘xtab o‘tadigan karvonlarga qo‘shilib, bir guruh do‘stlari bilan Buxoroga yo‘l olibdilar.
Karvon yo‘l yurib, yo‘l yursa ham mo‘l yurib, Karmanadan o‘tib "Malik rabot" karvonsaroyiga kelib to‘xtabdi. Yo‘lovchilar dam olib, tuyalar va otlarini sug‘oribdilar. Meshlarni to‘ldirib suv olibdilar. Karvonda ketayotgan Navoiy hazratlari yon-atrofidagi cho‘l-u sahrolarni kuzatib, o‘yga tolibdilar. Malik robot va Sardobani barpo etganlar ruhiga tilovat qilibdilar.
“Qani endi, mening Farhodlarim, Shirinlarim shu bepoyon sahrolarga kelib, shu joylarni obod qilsalar, suv chiqarib, bog‘-rog‘lar barpo qilsalar, imoratlar, yo‘llar, masjid madrasalar, shifoxonalar barpo etsalar, sahrolar o‘rnida go‘zal bir yurt bunyod bo‘lsa,” deb orzu qilgan ekanlar Alisher Navoiy. Oradan asrlar o‘tib, Xudoning marhamati va bobomizning iltijolari, xalqimizning mehnati evaziga tilovat o‘qilgan joylar bog‘-rog‘ga aylanib, shoir nomiga “Navoiy” deb atalibdi.

Adabiyotlar



  • O.Sharafiddinov. Alisher Navoiy. Kitobda: Tanlangan asarlar.-T.: Fan,1978:

  • Ya. Gʻulomov. Alisher Navoiyning davrini oʻrganish haqida. Kitobda: „Ulugʻ oʻzbek shoiri“. -T.:1948;

  • Bertels E.E. Navoiy. Opit tvorcheskoy biografii. -M,L.: 1948;

  • Oybek. Navoiyning tarjimayi holi. Kitobda: „Navoiy gulshani“. -T.:1967;

  • S.Gʻanieva. Alisher Navoiy. -T.:1968;

  • V.Abdullaev. Navoiy Samarqandda. -T.: 1968;

  • Izzat Sulton. Navoiyning qalb daftari. -T.: Gʻ. Gʻulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti, 1969;

  • V. Zohidov. Ulugʻ shoir ijodining qalbi. -T.: Oʻzbekiston, 1970;

  • A.Qayumov. Alisher Navoiy (ajoyib kishilar hayoti). -T.:1976;

  • S.Ayniy. Tanlangan ilmiy asarlar. — T.: Fan, 1978;

  • Fitrat. Navoyining forsiy shoirligʻi va fors tilidagi asarlari toʻgʻrisida. Tanlangan asarlar. 2-jild. -T.: 2000;

  • M.Shayxzoda. Gʻazal mulkining sultoni. Asarlar. Olti tomlik. T.4. -T.:1972;

  • Hamid Sulaymon. Alisher Navoiyning fors tilidagi poetik merosi tadqiqotidan. „Oʻzbek tili va adabiyoti“ jurn. 1965, № 5;

  • A.Rustamov. Navoiyning badiiy mahorati. -T.: 1979;

  • A.Hayitmetov. Navoiy lirikasi. -T.: 1961;

  • Yo.Ishoqov. Navoiy poetikasi. — T.:1984;

  • M.Hakimov. Navoiy asarlari qoʻlyozmalarining tavsifi. — T.: 1983).

  • B. Akrom. Fasohat mulkining sohibqironi. -T.:1991;

  • Z.Hamidov. Navoiy badiiy sanʼatlari. — T.: Universitet, 2001;

  • N.Bozorova. Alisher Navoiy gʻazallarida koʻngil obrazi. -T.: 2002;

  • ]]"Insoniyat haqida Navoiyning fikri. — T.: 1919;

  • Fitrat. „Farhodu Shirin“ dostoni toʻgʻrisida. Tanlangan asarlar. 2-jild. -T.: 2000;

  • T.Jalolov. „Xamsa“ talqinlari. -T.: 1962;

  • S.Erkinov. Alisher Navoiyning „Farhodu Shirin“i va uning qiyosiy tahlili. — T.: Fan, 1971;

  • A.Qayumov. „Xayratul–abror“ talqinlari. — T.: 1972;

  • A.Abdugʻafurov. Navoiy ijodida satira. -T.: Fan, 1972;

  • A.Qayumov. „Saddi Iskandariy“ haqida -T.: 1975;

  • A. Qayumov. „Farhod va Shirin“ sirlari. — T.: 1979;

  • „[[Nazrullaeva S. Tema “Leyli i Medjnun“ v literaturax narodov sovetskogo Vostoka. -T.: 1983);

  • A.Abdugʻafurov. Buyuk beshlik sirlari. — T.: 1993;

  • Alisher Navoiy „Xamsa“sining qoʻlyozmalari katalogi. (tuz. Q.Munirov, M.Hakimov. -T.: 1986).

  • S.Hasanov. „Sabʼai sayyor“.

  • A.Erkinov. Alisher Navoiy „Xamsa“si talqinining 15-20 asr manbalari. Dokt. diss. -T.: 1998;

  • E.E.Bertels. Sufizm i sufiyskaya literatura. -M.:1965;

  • Z.Hamidov. Alisher Navoiy „Lisonut–tayr“ asari tilining leksik-stilistik xususiyatlari. Nomz. diss. -T.: 1982;

  • I.Haqqulov. Tasavvuf va sheʼriyat. — T.: 1991;

  • H.Karomatov. Qurʼon va oʻzbek adabiyoti. -T.: Fan, 1993;

  • N.Komilov. Tasavvuf. -T.: 1996;

Yüklə 188,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin