Alisher Navoi hayoti va ijodi Yigitlik yillari Davlat va jamoat arbobi



Yüklə 188,94 Kb.
səhifə12/13
tarix10.04.2023
ölçüsü188,94 Kb.
#95711
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Alisher Navoiy asarlarining sahna va ekran talqillari

6. «Navoiy Xadichabegimni sevgan»
Ayrim adabiyotshunos ustozlarimiz Navoiyning Xadichabegimga ko‘ngil qo‘ygani, ammo Husayn Boyqaro unga uylangach, bu sirni bir umr qalbida yashirib kelgani, o‘zi ham shu sababli uylanmay o‘tgani haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.
O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi. O‘z vaqtida «ochilmagan» bu sir oradan asrlar o‘tib qanday ochildi ekan? Avvalambor Navoiy Husayn Boyqaroni haddan ziyod hurmat qilgan. Asarlarida do‘stiga atab alohida boblar ajratgan. Agar sulton Navoiyning muhabbatiga zomin bo‘lganida, bunday mehr va ixlos yuzaga kelarmidi?
To‘g‘ri, Navoiy Xadichabegimga katta hurmat bilan qaragan. Uni «Bilqisi ahd» deya ulug‘lovchi baytlarni bitgan.
Avji davlat ichra bo‘lsun doimo Bilqisi ahd,
Kim Zuhal qasrida har tun posbone, besh emas.
Agar Navoiyning qalbida boshqacha hislar bo‘lganida, uning atrofidagi muxoliflar ertami-kechmi bundan xabar topgan, sulton bilan shoir orasini sovutish uchun hamma narsaga tayyor g‘animlar bu holatdan «unumli» foydalangan bo‘lishardi. Natijada sulton va shoir bir-biridan tamomila uzoqlashib ketgan bo‘lardi.
Xadichabegimni yaqindan bilganlar, xususan, uning suhbatida bo‘lgan Bobur mirzo ham malikani juda sergap, qahri qattiq, aqli past deya ta’riflagan. Sultonning farzandlari o‘rtasida nifoq tushishiga ham Xadichabegim sababchi bo‘lgan. Malika Shayboniyxonning Mansur baxshi ismli mulozimi qo‘lida sharafsiz o‘lim topgani ham tarixdan yaxshi ma’lum.
O‘z davrining eng nozikta’b, zukko, madaniyatli kishisi bo‘lgan Navoiy shunday ayolga ko‘ngil bog‘lashi mumkinmidi?
7. «Navoiy «yigitlarga» atab she’r yozgan»
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda hazrat Navoiyning bir g‘azali katta muhokamaga sabab bo‘ldi. Mazkur g‘azal shunday matla bilan boshlanardi:
Yigitligimda edim mubtalo yigitlarga,
Qarib ham o‘zni tilarmen fido yigitlarga...
Bir qarashda «nahotki shu baytlar Navoiyga tegishli bo‘lsa?» degan savol tug‘iladi. Aslida ushbu baytni o‘qib, darhol xayolimizda bema’ni fikrlar paydo bo‘lishi Navoiyni tanimasligimiz, Navoiyni tushunmasligimizni bildiradi.
Bir qarashda bu haqda yozishning o‘zi ham shakkoklikdek tuyular. Lekin hazrat haqida noto‘g‘ri tasavvurlarning oldini olish uchun albatta bu haqda yozish shart deb o‘ylaymiz. Bu xato tasavvur avvalo Navoiydan, shuningdek eski o‘zbek tili, qadimgi turkiy til, so‘zlarning semantikasidan bexabarlik natijasidir. So‘zlar davr, asrlar o‘tishi bilan o‘zining ma’nosini, vazifasini, qamrovini o‘zgartirib boradi. Bundan tashqari bir so‘z ma’lum bir tilda bitta ma’noni ifodalasa, boshqa tilda unga yaqinroq bo‘lgan boshqa bir ma’noni bildiradi.
«Yigit» so‘zi ishlatilganda bugungi o‘zbek tilida o‘spirin, yosh erkakni tushunamiz. Xuddi shu so‘z bugungi turk tilida (yiğit ) qat’iyatli, ozarbayjon tilida (igid) mard, jasur ma’nolarini beradi. O‘tmishda bu so‘z sal kengroq, ya’ni jinsidan qat’i nazar, yosh degan ma’noda ishlatilgan. Mumtoz adabiyotda «yigit» so‘zi «qari» so‘zining antonimi tarzida ishlatilib, tazod sifatida foydalanilgan.
Rabg‘uziyning «Qisasul-anbiyo» asarida Yusuf bilan Zulayhoning uchrashuv paytida bir suhbat matni beriladi. Umr bo‘yi Yusufning dardida kuyib yashagan Zulayho o‘z sevgilisi visoliga yetganida yoshi o‘tib qolgandi. Shunda u Yusufga qarab «men senga yigitligimni fido qildim, seni deb yigitligim o‘tib ketdi» degan so‘zlarni aytadi. Bu o‘rinda Rabg‘uziy xato qilganmi? Yo‘q, Rabg‘uziy yigit so‘zidan o‘z davridagi ma’nosida foydalangandi.
Navoyning bir bayti esingizdadir:
Yigitlig‘da yig‘ ilmning maxzani,
Qarig‘an chog‘i sarf qilg‘il ani...
Yigit so‘zining asl ma’nosini bilmaganlar bu o‘rinda so‘z faqat erkaklar ustida bormoqda deb o‘ylashi mumkin. Holbuki, ilm olish erkagu ayolga farz qilingan. Bu hadisi sharifdan hazrat Navoiy ham yaxshi xabardor bo‘lgan. Shu bois «yigitlig‘» so‘zi faqat yigitlarga emas, yosh qiz-juvonlarga nisbatan ham ishlatilgan.
Demak, bu so‘zlardan murod bitta: Navoiyning bu va boshqa g‘azallarida ishlatilgan «yigit» so‘zi yosh erkak ma’nosida ishlatilmagan. Zotan, Navoiyning qanchalik iymonli, pokiza inson bo‘lgani tarixiy manbalarda ko‘p bora ta’kidlangan.
Albatta, yuqoridagi fikrlar kimdadir e’tiroz yoxud boshqa mulohazalar uyg‘otishi tabiiy. Shu bois bu fikrlar shaxsiy mushohada o‘rnida qabul qilinsa ma’qul bo‘lardi.
Alisher Navoiy o‘z zamonasining buyuk shaxsi, bugungi kunning esa beqiyos siymosi sanaladi. Kaktakto buyuk alloma haqidagi qiziq faktlarni taqdim etdi.

Navoiy ikki taxallus ostida ijod qilgan. U Navoiy taxallusi ostida turkiy tilda ijod qilgan bo‘lsa, forsiy tildagi ijodi Foniy taxallusi bilan tanilgan.


Alisher Navoiy ijodkor ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Uning bobosi Abu Said shoir bo‘lgan. Ikkinchi bobosi Muhammad Ali esa musiqachi va xattot sifatida tanilgan.
Alisher Navoiy turkiy tilni forsiy tili bilan birga ijodga olib kirgan. Unga qadar hech kim turkiy tilda ijod qilmagan.
Buyuk Sulaymon Navoiy ijodini yuqori baholagan va o‘z kutubxonasida uning qo‘lyozmalarini va asarlarini saqlagan.
2009-yilda Merkuriydagi krater Alisher Navoiy sharafiga nomlangan.
Dunyoda Alisher Navoiyga qo‘yilgan bir nechta yodgorlik mavjud: Moskva, Navoiy, O‘sh, Toshkent, Samarqand, Boku, Tokio, Shanxay. Vashingtonda ham Navoiyga yodgorlik o‘rnatish rejalashtirilgan.
Alisher Navoiy Naqshbandiyning so‘fiylik tariqatida bo‘lgan. Uning so‘fiylik falsafiy-estetik qarashlari “Lison ut-Tayr” asarida aks etgan.
Nizomiddin Mir Alisher 1441 yilning 9 fevralida Hirotning Bog‘i Davlatxona mavzeyida, temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan davlat xizmatchisi G‘iyosiddin Bahodir oilasida tavallud topgan. Tarixchi Mirxond «Ravzatus-safo» asarida yozishicha, Amir Alisherning bobosi Amir Temurning o‘g‘li Umarshayx bilan emikdosh bo‘lgan. Quyida e’tiboringizga Alisher Navoiy hayotiga taalluqli ma’lumotlarni taqdim qilamiz.

  1. Navoiyning ilmga bo‘lgan ishtiyoqi erta uyg‘onib, 4 yoshida maktabda ta’lim ola boshlagan. Navoiy hazratlari 7 yoshida Farididdin Attorning "Mantiqut-tayr" asarini yoddan bilganlar.

  2. 7 yoshli Nizomiddin Mir Alisher buyuk muhaddisimiz Buxoriy hazratlarining olti mingdan ziyod hadisi shariflarini yod bilgan. Mir Alisher 7-8 yoshlaridan boshlab g‘azallar yoza boshlagan.

  3. Alisher Navoiy «muqarrabi hazrati sultoniy» («sulton hazratlarining eng yaqin kishisi») degan unvonni olgan. Unvon Navoiyga davlatning barcha ishlariga aralashish huquqini bergan.

  4. Turkiy tilni qayta tiriltirgani Navoiyning ma’naviyatimiz uchun ulkan jasorati bo‘lgan. Zahiriddin Muhammad Bobur «Turkiy til bila to she’r aytibdurlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas», — deb yozsa, Husayn Boyqaro «Mir Alisher turk tilining o‘lik jasadig‘a Masih nafasi ila jon ato etdi» deb ta’kidlagan.

  5. Alisher Navoiy o‘n besh-o‘n olti yoshlarida ham turkiy, ham forsiyda ijod qiladigan “ikki tilli” shoir sifatida tanilgan.

  6. Alisher Navoiy o‘smirlik yillarida o‘zi sevgan shoirlarning 50 ming baytdan ortiq she’rlarini yod bilgan.

  7. Alisher Navoiy turkiy tilda yozgan she’rlariga Navoiy, forsiy tildagi she’rlariga Foniy deb taxallus qo‘yadi.Shoirning forsiy she’rlar to‘plami “Devoni Foniy” deb nomlangan.

  8. Navoiyning sevgilisi sifatida tasvirlanadigan “Guli” ismi faqat xalq og‘zaki ijodida, Navoiy haqidagi rivoyat va afsonalarda uchraydi xolos. Guli nomi Navoiyning hayoti haqida ma’lumot beruvchi yozma manbalarning hech birida uchramaydi.

  9. Navoiy asarlarida Farhod – komil inson timsolidir. U bolaligidan ilmga chanqoq bo‘ladi va bir marta o‘qigani sira yodidan chiqmaydi. Farhod o‘n yoshga yetganda hamma ilmlarni egallab bo‘ladi.

  10. Navoiy taxminan 18-19 yoshlarida Abdurahmon Jomiy bilan tanishadi. Jomiy uni ham farzand, ham shogird sifatida qadrlaydi.Keyinchalik bu ikki ulug‘ shoir o‘rtasidagi ustoz va shogirdlik munosabatlari yanada mustahkamlanib, ijodiy hamkorlikka aylanadi.

  11. Samarqand Navoiyning hayoti va ijodida muhim ahamiyat kasb etadi. Alisher 1464 yilda Samarqandga keladi va bu yerda madrasada tahsil olib, ilm-fan, adabiyot va san’at bilan tanishadi.

  12. 1469 yili Navoiy do‘sti Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi munosabati bilan 90 baytdan iborat “Hiloliya” qasidasini yozadi (“hilol” – yangi chiqqan oy).

  13. Navoiy o‘z jamg‘armasi hisobidan Hirotda va butun Xuroson mamlakatida 300 dan ortiq inshootlar qurdirgan.

  14. Alisher Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan. Navoiy turkiy tilidagi ilk “Xamsani” 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tilga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq. Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq «Xazoyinul-maoniy» nomli to‘rt devon (1491—1498)ga jamlangan.

  15. Alisher Navoiy 1501 yil 3 yanvarda vafot etdi.Uni dafn etish chog‘ida maydalab yomg‘ir yog‘ib turgan edi. Buni tarixchi Xondamir “hatto tabiat ham motam tutdi” deya ta’riflagan.


Yüklə 188,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin