Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti musiqa, badiiy grafika va mehnat ta



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/27
tarix03.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#106585
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
201487 (1)

UMUMIY XULOSA 
Tadqiqot davomida olib borgan kuzatishlarimiz va so‟rovnoma natijalaridan 
ma‟lum bo‟ldiki, musiqa madaniyati darslarida o‟quvchilarni mahalliy musiqa 
uslublariga xos namunalar bilan tanishtirish, shu orqali ularda o‟zbek xalq 
musiqasining nihoyatda boy va rang-barang ko‟rinishiga ega ykanligini 
anglashlariga yrishish borasida holatni qoniqarsizligini to‟rt guruhga ajratish 
mumkin. Birinchi guruhdagi o‟quvchilarning milliy musiqa, o‟zbek xalq musiqa 
ijodiyoti va mahalliy musiqiy uslublarga mansub musiqa folklorining aynan bir-
biriga bog‟lab turuvchi o‟zak, negizning birligi va ijrochilik an‟analariga ko‟ra 
ular o‟rtasidagi farqli jihatlarini ajrata olmasliklari; Ikkinchi guruhga musiqani 
idrok yetish, qo‟shiq kuylay olish, cholg‟u asbobida chalish, xalq musiqa 
ijodiyotiga qiziqishi sust bo‟lgan, shu nuqtai nazardan mahalliy uslublarga xos 
asosiy “xususiyatlar”i farqiga bormaydigan, uchinchi guruhga yesa o‟zbek folklor 
musiqa ijodiyotidagi rang-baranglik, o‟ziga xos ko‟rinish, (kiyinish, til shevasi, 
cholg‟ular)larni farqlamaslik, to‟rtinchi guruhga 4 ta mahalliy uslubda ham 
uchraydigan yalla, lapar, doston qo‟shiqlarining ijrosi haqida yaxlit bilim va 
tasavvurga ega emasliklari. 
Bularning barchasi umumta‟lim maktablari musiqa madaniyati darslarida 
o‟zbek xalq musiqa ijodiyoti, shu o‟rinda mahalliy musiqiy uslublarga xos 
bilimlarni o‟quvchilar tomonidan puxta va chuqur o‟zlashtirilishiga etarlicha 


66 
ahamiyat berilayotganligi, bu borada musiqa o‟qituvchilarining ham malakaviy 
tayyorgarliklari talab darajasida emasligidan dalolat berar edi. 
Shulardan kelib chiqqan holda tajriba ishlarining ikkinchi shakllantiruvchi 
bosqichi bo‟yicha amaliy ishlarga kirishildi. Bu bosqichda umumta‟lim 
maktablarining 5-7-sinflarida o‟quvchilarni mahalliy musiqiy uslublarga xos 
namunalar bilan tanishtirish, qo‟shiqlar yeshittirish, ijro qilish, ular haqida zarur 
ma‟lumotlarga ega bo‟lish bilan bilan o‟quvchilarda milliy qadriyatlarga ongli 
munosabatni shakllantirishga xizmat qiluvchi samarali ish shakl, metod va 
vositalar ishlab chiqildi, ilg‟or pedagogik tajribalar umumlashtirildi, dars 
jarayonida sinab ko‟rildi. 
Bujarayondaquyidagilargaasosiye‟tiborqaratildi: 
1. O‟zbek xalq musiqasining mahalliy uslublari,ularning o‟ziga xos 
ko‟rinishi, bo‟yoqlari, uslublari, ijrochilik an‟analari, etakchi janrlari bilan 
o‟quvchilarni tanishtirib boorish jarayonida nazariy va amaliy bilimlardan, 
mavsum, marosim, qo‟shiqlari, yalla, lapar, alla, katta ashula, mavrigi, xalfachilik 
san‟ati, doston qo‟shiqlarining tarbiyaviy imkoniyatlaridan imkon qadar o‟rinli va 
unumli foydalanish, har bir aytim, cholg‟u musiqasi, xalfachilik va baxshilar 
ijodiga mansub qo‟shiqlarni tanlash, tinglash, ijro yetishda ularning axloqiy-estetik 
tomonlarini e‟tiborga olish, ijro uslubi, an‟anaviyligi, qanday holatda, kimlar 
tomonidan, qanday sozlar jo‟rligida ijro yetilishi, badiiy-yemosional ta‟sirchanligi, 
musiqiy ohangdorligi va uning o‟quvchilar tomonidan idrok qilinishiga, o‟z 
navbatida bu faoliyatning estetik tarbiya nuqtai-nazaridan qanday ta‟sirchanligi 
kasb etishiga; 
2. Musiqa darslarida mavzu doirasidagi darslarni tashkil qilishda uning 
o‟quvchiga ijobiy estetik-tarbiyaviy ta‟sir ko‟rsatadigan pedagogik muhitni 
vujudga keltirish, qo‟shiq, aytim, cholg‟u kuylarini ijro yetish, tinglash, ular 
haqidagi suhbat, hikoya, tushuntirish ishlarida estetik tarbiya qonuniyatlariga amal 
qilish va musiqa o‟qituvchilarida hamda o‟quvchilarda o‟zbek folklor musiqasi, 
ularnng to‟rtta mahalliy uslubga xos namunalarini ijro yeta olish, ular haqida o‟z 
janrlarini tushuntirib bera olish, baholay olish ko‟nikmalarini shakllantirish; 


67 
3. Musiqa madaniyati mashg‟ulotlarida xalq baxchilik sa‟ati, Samarqand, 
Qashqadaryo-Surxondaryo, Xorazm baxshi-dostonchilik maktablari, ulkan 
namoyondalari ijodi, doston qo‟shiqlarini ijro qilish uslubi, yallachilik, xalfachilik, 
sozandachilik, katta ashula, mavrigi, qarsak jo‟rligida aytiluvchi qo‟shiqchilik 
san‟ati haqida o‟quvchilarda yetarli nazariy ma‟lumotlar berish, ularning musiqiy-
nazariy bilim, ko‟nikma va malakalarini rivojlantirish, yestetik did, idrok va orqali 
milliy qadriyatlarimizni ongli tushunish xislatlarini shakllantirish; Ushbu ishlarni 
amalga oshirishda ma‟ruza, amaliy savol-javob, texnik vositalar yordamida turli 
mahalliy uslubdagi asarlarni tinglash, bir xil (masalan, lapar, yalla, dostonchilik) 
janridagi aytimlarni turli uslubdagi ijrolarini tinglash, tahlil qilish, taqqoslash, o‟z 
taasurotlarini so‟zlab berish, matnlar mazmunini sharhlash, me‟yoriy bayon, 
kuylab berish kabi usullardan keng foydalanish; 
Ushbu faoliyada o‟quvchilarni mahalliy uslublarga tegishli namunalar, ular 
haqidagi bilim va tushunchalar bilan tanishtirish uchun tanlangan usul, shakl, 
vositalar hamda o‟quvchilarning tayyorgarlik darajasi har bir sinf kesimida hisobga 
olinadi. Mahalliy uslublarga xos musiqiy asarlar vositasida o‟quvchilarda estetik 
madaniyat, badiiy did va milliy qadriyatlarga ongli munosabatni shakllantirish, 
rivojlantirish, yo‟naltirish omillaridan keng foydalanildi. Har bir aytimni o‟rganish, 
tinglash, tahlil qilish jarayonida ularning ijro uslubi, ohang rang-barangligi, 
“shevasi”, tarbiyaviy ahamiyatga e‟tibor qaratildi. Bu o‟rinda darslarni qiziqarli 
tashkil qilish, musiqa asboblari, ko‟rgazmalilik va texnik vositalardan izchil 
foydalanildi. 
O‟z ishimizda Surxondaryo-Qashqadaryo, Samarqand-Buxoro, Farg‟ona –
Toshkent, Xorazm musiqa uslubiga xos mavsum va marosim, dehqonchilik, 
chorvachilikka oid aytimlar, lapar, yalla, katta ashula, xalfachilik, dostonchilik 
qo‟shiqlarini o‟quvchilar ye‟tiboriga havola etar ekanmiz, har aytim, cholg‟u 
kuylari, raqslar, mavsum-marosim qo‟shiqlarining vujudga kelishi tarixi, qanday 
urf-odat, marosimlar bilan bog‟liqligi, ijro yetilishi holati to‟g‟risida 
tushunchalarga ahamiyat berildi. Tajribalarda shuningdek turli bayramlar bilan 
bog‟liq tadbirlar va ular bilan bog‟liq holda aytladigan qo‟shiqlarga (Shodiyona, 


68 
Dilxiroj, Dorbozi, sunray kuylari, Xorazmcha “Az-az”, “Juz bir” kabi) kuylarga 
alohida ye‟tibor berildi. Chunki, Navro‟z bayramida milliuy folklor-etnografik 
ansambllari chiqishiga ustuvor o‟rin beriladi.Milliy folklor-etnografik ansambllari 
repertuardagi asosiy asarlar tegishli hududlarda yashovchi mahalliy aholining 
turmush tarzini o‟zida ifodalovchi, shu madaniy taraqqiyoti rivojlanish jarayonida 
qaror topganligi bilan xarakterlidir. Biz shuning uchun Navro‟z bayramidagi 
Surxondaryoning “Boysun”, Buxoroning “Yey nozanin”, Samarqandning 
Bulung‟ur tumanida tashkil yetilgan “Chavki”, Urgutning “Besh qarsak”, Farg‟ona 
vodiysining “Omon yor” folklor ansambllari chiqishlari aks etgan video 
konsertlarini namoyish yetish, so‟ngra ular haqidagi tahliliy suhbatlar o‟tkazdik. 
Tajriba o‟tkaziladigan obektlar (umumiy o‟rta ta‟lim maktablari)dagi o‟quv 
mashg‟ulotlariga taniqli qo‟shiqchilar, xonandalar, xalq musiqa ijodiyotidan yaxshi 
xabardor til-adabiyot o‟qituvchilar, shoirlar, bastakorlar va musiqa mutaxassislarini 
taklif qildik. Xalq ijodiyoti markazi, Samarqand Davlat Universiteti “Musiqiy 
ta‟lim” yo‟nalishi professor-o‟qituvxhilari, Madaniy- ma‟rifiy ishlar ilmiy metodik 
markazi kabi ijodiy tashkilotlar bilan ijodiy hankorligimiz o‟quvchilarni xalq 
musiqa ijodiyotining mahalliy uslublariga xos namunalari bilan tanishtirish, shu 
orqali ularda xalqimizning milliy qadriyatlariga ongli munosabatni tarbiyalashni 
tashkil etish tayexnologiyasi tizimida eng samarali ishlardan bo‟ldi desak also xato 
bo‟lmaydi. 
Shunday qilib, mahalliy musiqiy uslublarga xos musiqa folklori vositasida 
o‟quvchilarni estetik madaniyatini hamda shu jarayonda ularda milliy qadriyatlarga 
hurmat, ularni ye‟zozlash, to‟g‟ri tushunish, o‟rganish, davom yettirish xislatlarini 
shakllantirish texnilogiyasining komponentlari aniqlandi va ularning samaradorlik 
xususiyatlari amaliy faoliyatida qo‟llab ko‟rildi.
Tadqiqotda tarixiy, san‟ashunoslikka oid pedagogik, psixologik mazmunida 
an‟anaviylik, ilmiylik, qadimiylik va zamonaviylik tamoyillari qo‟llanishi mahalliy 
uslublardagi kuy, qo‟shiq, aytimlardan estetik tarbiya vositasi sifatida 
foydalanishning samaradorligini ta‟minlaydi. 


69 
Shundan so‟ng biz o‟zimiz qo‟llagan ish usullari, shakl, vositalari 
natijalarini, shu orqali o‟quvchilarning mahalliy musiqa uslubiga oid bilim, 
tushuncha, zarur ko‟nikma va malakalarni rivojlanishiga ta‟sirini aniqlovchi 
mezonlarni ishlab chiqdik. Bu mezonlar o‟quvchilarning mahalliy musiqa uslubiga 
namunalar o‟rganish orqali ularda milliy qadriyatlarga ongli munosabatni 
shakllanganlik darajasini tajriba kuzatuv ishlari boshlanishi va tugallanishi 
oralig‟idagi sifat o‟zgarishlarni belgilash imkoni berdi. Bular: 
- o‟quvchilarni o‟zbek xalqining milliy musiqa merosiga, shu jumladan 
mahalliy musiqiy uslublarga oid san‟a asarlariga munosabatlarida ijobiy o‟zgarish 
bo‟lganligi; 
- qo‟shiq-aytimlar, kuylarni tinglash, ularni mazmun-mohiyatini idrok etish, o‟z 
taasurotlarini ifodalay olishlari; 
- mahalliy musiqiy uslublarga tegishli etakchi janrlarni o‟ziga xos jihatlarini, 
ijro uslubi, holati, xarakterini farqlay olish, ajtrata bilish; 
- qo‟shiq aytimlar, lapar, yalla, xalfachilik, mavsum-marosim, dostonchilik 
qo‟shiqlarini tinglash, kuylash jarayonida ularni mazmunini tushungan holda 
baholash, mashhur ijrochilari haqida bilimlari; 
- mahalliy musiqa uslublarini o‟ziga xos xususiyatlarini belgilashda muhim 
o‟rin tutuvchi kiyim-liboslarni, til-shevasi, cholg‟ulari haqida aniq tasavvurga 
egaligi, ularni ko‟rish, eshitish orqali farqlay olishlari; 


70 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin