76
SamDU, Musiqiy ta’lim yo’nalishi bitiruvchi kurs talabasi Sattarov Abdullo
Ashraf o’g’lining “O’ZBEK XALQ MUSIQASINING MAHALLIY
USLUBLARI MAVZUSIDA DARSLARNI TASHKIL ETISHNINGO’ZIGA
XOSLIGI” mavzusidagi
bitiruv malakaviy ishiga berilgan.
T A Q R I Z.
O‟zbek xalq musiqasining mahalliy uslublari mavzusida darslarni tashkil
etish o‟quvchilarni mahalliy uslublarga bo‟lgan qiziqishlarini va ular haqidagi
bilim va tushunchalarini yanada boyitadi.Sattarov Abdulloning “O’zbek xalq
musiqasining mahalliy uslublari mavzusida darslarni tashkil etishning o’ziga
xosligi”deb nomlanib masalaning xuddi shu tarzda BMI sifatida o‟rganilmaganligi
uning mustaqil bajarilganligini bildiradi.
Muallif o‟z ishini yoritishda avvalo nazariy tomonlarini yoritishga jiddiy
yondoshadi.Shu o‟rinda respublikamizda taniqli olimlarning mahalliy uslublarga
oid ilmiy-amaliy ishlarini atroflicha o‟rganadi. Umumiy o‟rta ta‟limning Davlat
Ta‟lim Standartlari va o‟quv dasturiga ko‟ra mahalliy uslublar mavzusidagi musiqa
darslarini tashkil etish bo‟yicha o‟quvchilarga berilishi lozim bo‟lgan bilim va
tushunchalarni tahlil qilib, bu boradagi mavjud muammolar yuzasidan o‟z fikr,
xulosa va tavsiyalarini ilgari suradi va ularni o‟z tadqiqiy ishini bajarish davomida
erishilgan natijalariga asosan dalillashga harakat qilgan.
Ishning apparat qismi ilmiyligi bilan ajralib turadi. 1-bob esa o‟zbek xalq
musiqasining
mahalliy
uslublari
haqida
tushunchalar
ularning
musiqa
darslaridagio‟rni, mazmuni, uning turli uslub va janrlari tasnifi yoritib beriladi.
2-bobda esa musiqa darslarida o‟rganiladigan mahalliy uslublarga taalluqli
o‟quv materiallari tahlili keng yoritilib berilgan va ularning samaradorlik
xususiyatlari tajriba-sinov ishlari natijalari orqali dalillanadi. Olib borilgan amaliy
tajribalar mohiyati va mazmuni ushbu ishni mustaqil bajarilgan va tugallangan ish
sifatida baholash imkonini beradi. Chiqarilgan xulosalar va ishlab chiqarilgan
tavsiyalar ishning nazariy va amaliy ahamiyatini oshiradi va undan amaliy
faoliyatda foydalanish mumkinligini ko‟rsatadi.
77
Bitiruv malakaviy ishi umumta‟lim maktablari musiqa o‟qituvchilari,
talabalar uchun foydali manba bo‟lib xizmat qilishi mumkin.
1-Samarqand pedagogika kolleji
katta o‟qituvchisi:
J.N. Tolliboyev
Dostları ilə paylaş: |