Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti musiqa, badiiy grafika va mehnat ta


O’zbek xalq musiqasining mahalliy uslublari mavzusida darslarni



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/27
tarix03.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#106585
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
201487 (1)

2.3. O’zbek xalq musiqasining mahalliy uslublari mavzusida darslarni 
tashkil etish bo’yicha amaliy tajribalar. 
O‟zbek musiqasining mahalliy uslublariga xos musiqa asarlarini tinglash va 
tahlil qilish orqali o‟quvchi-yoshlarda milliy qadriyatlarga ongli munosabatni 
shakllantirish borasidagi tajribalar musiqa darslarida mavzuga oid mashg‟ulotlarni 
o‟tishda nazariy va amaliy bilimlardan foydalangan holda ish tutish kutilgan 
samaraga erishish imkonini berishini ko‟rsatdi. 
Mahalliy musiqiy uslublarga xos kuy, qo‟shiq, aytimlarni o‟rganish, tahlil 
qilish orqali o‟quvchilarni ma‟naviy-axloqiy, estetik tarbiyalash, shu jarayonda 
ularda milliy qadriyatlarga ongli munosabatni shakllantirishga yo‟naltirilgan 


58 
pedagogik faoliyat mazmuni, amaliy tajriba ishlarida qo‟llanilgan uslublar vositalar 
pedagogik ta‟limning tarkibiy qismi sifatida qo‟llanildi.
Tajriba-sinov jarayonida mahalliy uslublarga mansub mavsum-marosim 
qo‟shiqlari, ommaviy ijro etiladigan lapar, yalla, dostonchilik qo‟shiqlaridan iborat 
repertuar tuzishga alohida e‟tibor qaratiladi. 
Tajriba-sinov 
ishlari 
jarayonida 
tajriba 
guruhiga 
olib 
borilgan 
mashg‟ulotlarda o‟quvchilarda xalq musiqasiga, uning milliy qadriyatlariga ongli 
munosabatni shakllantirishda quyidagi tamoyillarga tayanildi: 
1.Musiqiy, tarixiy, nazariy va a,aliy bilim, tushunchalarni o‟quvchilar tomondan 
ham nazariy, ham amaliy tomondan o‟zlashtirilishiga erishish; 
2.Mahalliy musiqiy uslublarga xos musia asarlarini milliy, ma‟naviy mazmuni,, 
janrlari, an‟analari, o‟ziga xosligi, o‟xshahs va farqli jihatllari, ijro va ifoda 
usullarini badiiy idrok qilinishiga erishish; 
3.Maktab madaniy hayotida faol ishtirok etish, turli tadbirlarga tayyorgarlik ko‟rish 
va o‟tkazishda (ko‟rik-tanlovlar, maktabda o‟tadigan bayramlar-Mustaqillik 
bayrami, Yangi yil bayrami, Navro‟z bayrami, turli sanalarga bag‟ishlangan 
konsert –tadbirlar va hokazo) qatnashishda mahalliy musiqiy uslublar ijro 
namunalaridan keng foydalanish; 
4.O‟quvchilarni xalq musiqa merosiga qiziqishlarini o‟rganib, kuzatib borish, 
mustaqil o‟rganish va kuylashga bo‟lgan intilishlarini, faoliyatlarini 
rag‟batlantirish, o‟rganganlarini namoyish qilishlariga zarur pedagogik shart-
sharoitlar yaratib berish;
5.Mahalliy joylardagi folklor jamoalari, baxshilar, xalq qo‟shiqlarining mohir 
ijrochilarini o‟quvchilar ishtirok etayotgan san‟at tadbirlarida faol qatnashishlariga 
e‟tibor qaratish, ular bilan o‟quvchi va musiqa o‟qituvchilarini norasmiy 
muloqotlarini tashkil etish; 
Xalfachilik san‟ati, katta ashula, mavrigi, dostonchilik qo‟shiqlari, shuningdek
qo‟biz, do‟mbira, nay kuylari borasidagi turkum suhbatlar o‟quvchilarni mahalliy 
musiqa uslublariga oid bilim, tushunchalarni kengaytirdi va musiqiy-estetik 
tarbiyaning muhim qo‟shimcha omilini hosil qildi. 


59 
Biz xalq musiqa ijodiyotiga, folklor musiqasiga ishtiyoqmand o‟quvhilar 
bilan sinfdan tashqari faoliyatda ahm qo‟shimcha mashg‟ulotlar olib bordik.Ular 
bilan bu jarayonda olib boriladigan ta‟limiy-mashg‟ulotlarning o‟ziga xos 
yo‟nalishlari belgilab olindi. 
(1-jadval). 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin