Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti musiqa, badiiy grafika va mehnat ta


O’zbek xalq musiqasining mahalliy uslublar mavzusida darslarni



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/27
tarix03.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#106585
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
201487 (1)

2.2. O’zbek xalq musiqasining mahalliy uslublar mavzusida darslarni 
tashkil etishning usul, shakl va vositalari. 
Tadqiqot ustidagi izlanishlarni olib borishda mahalliy uslublarga xos musiqa 
namunalarini o‟rganish jarayonida o‟quvchilarda mulliy qadriyatlarga ongli 
munosabatni shakllantirish imkonini beruvchi ish shakl va usullarini amaliyotda 
sinab ko‟rish va ularning samaradorlik xususiyatlarini aniqlashga asosiy e‟tibor 
qaratildi. Amaliy mashg‟ulotlar tanlangan obektlarda rejali va aniq maqsadga 
yo‟naltirilgan dastur asosida olib borildi. Mashg‟ulotlar jarayonida umumta‟lim 
maktablarining asosan 5-7-sinflarida o‟quvchilarga beriladigan mahalliy uslublarga 
xos o‟quv materiallari mazmun va mohiyati sinchkovlik bilan o‟rganilib chiqildi. 
Bu jarayondagi kuzatuv va xulosalarimiz shundan iborat bo‟ldiki,hozirgi paytda 
qo‟llanilib kelinayotgan “Musiqa madaniyati” fani bo‟yicha 5-7-sinf o‟quv dasturi 
va darsliklarida mahalliy uslublarga xos musiqa folklorini, shuningdek 7-sinf 
dasturi va darsligidan o‟rin olgan “O‟zbek xalq musiqasining mahaliy uslublari” 
mavzusiga nihoyatda kam o‟quv soatlari ajratilgan. Shunga ko‟ra o‟quvchilarni 
mahalliy musiqa uslublariga oid bilim, tushuncha va tasavvurlarini aniqlash 
maqsadida bir qator maktablarda musiqa o‟qituvchilarining darslari kuzatildi. 
Darslarni kuzatish, dars jarayonida o‟quvchilarning mahalliy uslublarga xos 
musiqa asarlariga qiziqishlari, ulardan qay darajada xabardorligi, yeshitib farqlay 
olish imkoniyatlarini aniqlash bo‟yicha savol-javoblar, munozaralar o‟tkazildi. Bu 
o‟rinda musiqa o‟qituvchilariga ham o‟quvchilarni mahalliy uslublarga xos xalq 
musiqa ijodi bilan tanishtirishningmaqsad va vazifalari nimalardan iborat?, Musiqa 
madaniyati darsliklarida mahalliy uslublarga tegishli o‟quv materiallariga 
ajratilgan o‟quv soatlari hajmi o‟quvchilarda tegishli bilim, ko‟nikma va 
malakalarni hosil qilish imkonini beradimi, musiqa madaniyati darsligida mahalliy 
musiqa uslublari, jumladan ularning yetakchi janrlari sozandachilik, xalfachilik, 
katta ashula, mavrigi kabi qo‟shiqlarning o‟rni qay darajada ifodalangan? Mahalliy 
uslublarga xos musiqa asarlarini o‟rganish, ular haqidagi musiqaiy-nazariy 
ma‟lumotlarni o‟zlashtirish orqali o‟quvchilarda milliy qadriyatlarga ongli 
munosabatni shakllantrishning o‟ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat bo‟lishi 


53 
mumkin? kabi savollar bilan murojaat qildik. Shu tariqa dastlabki anketa-so‟rov 
tajribasi o‟tkazildi. Unda umumta‟lim maktabining ---------- nafar o‟quvchisi va 4 
ta musiqa o‟qituvchisi ishtirok etdi. O‟tkazilgan so‟rovnoma natijalari tahlil 
qilinganda musiqa o‟qituvchilarining mahalliy musiqa uslublari, ular vositasida 
aniqlandi. O‟quvchilarning yesa mahalliy uslublar, ularni o‟xshash va farqli 
xususiyatlari, nima uchun mahalliy o‟quvchilarni estetik tarbiyalash bo‟yicha 
sayoz tasavvurga ega ekanligi uslublarga bo‟linishi, yetakchi janrlari, ijrochilik 
uslublaridagi o‟ziga xos jihatlari, har bir mahaliy uslubga tegishli cholg‟u sozlari, 
kiyimlar, “shevasi”ni anglash, farqlash bo‟yicha bilim va tushunchalari nihoyatda 
qoniqarsizligi ma‟lum bo‟ldi. 
Tadqiqot davomida olib borgan kuzatishlarimiz va so‟rovnoma natijalaridan 
ma‟lum bo‟ldiki, musiqa madaniyati darslarida o‟quvchilarni mahalliy musiqa 
uslublariga xos namunalar bilan tanishtirish, shu orqali ularda o‟zbek xalq 
musiqasining nihoyatda boy va rang-barang ko‟rinishiga ega ekanligini 
anglashlariga erishish borasida holatni qoniqarsizligini to‟rt guruhga ajratish 
mumkin. Birinchi guruhdagi o‟quvchilarning milliy musiqa, o‟zbek xalq musiqa 
ijodiyoti va mahalliy musiqiy uslublarga mansub musiqa folklorining aynan bir-
biriga bog‟lab turuvchi o‟zak, negizning birligi va ijrochilik an‟analariga ko‟ra 
ular o‟rtasidagi farqli jihatlarini ajrata olmasliklari; Ikkinchi guruhga musiqani 
idrok etish, qo‟shiq kuylay olish, cholg‟u asbobida chalish, xalq musiqa ijodiyotiga 
qiziqishi sust bo‟lgan, shu nuqtai nazardan mahalliy uslublarga xos asosiy 
“xususiyatlar”i farqiga bormaydigan, uchinchi guruhga yesa o‟zbek folklor musiqa 
ijodiyotidagi rang-baranglik, o‟ziga xos ko‟rinish, (kiyinish, til shevasi, 
cholg‟ular)larni farqlamaslik, to‟rtinchi guruhga 4 ta mahalliy uslubda ham 
uchraydigan yalla, lapar, doston qo‟shiqlarining ijrosi haqida yaxlit bilim va 
tasavvurga ega emasliklari. 
Bularning barchasi umumta‟lim maktablari musiqa madaniyati darslarida 
o‟zbek xalq musiqa ijodiyoti, shu o‟rinda mahalliy musiqiy uslublarga xos 
bilimlarni o‟quvchilar tomonidan puxta va chuqur o‟zlashtirilishiga yetarlicha 


54 
ahamiyat berilayotganligi, bu borada musiqa o‟qituvchilarining ham malakaviy 
tayyorgarliklari talab darajasida emasligidan dalolat berar yedi. 
Shulardan kelib chiqqan holda tajriba ishlarining ikkinchi shakllantiruvchi 
bosqichi bo‟yicha amaliy ishlarga kirishildi. Bu bosqichda umumta‟lim 
maktablarining 5-7-sinflarida o‟quvchilarni mahalliy musiqiy uslublarga xos 
namunalar bilan tanishtirish, qo‟shiqlar yeshittirish, ijro qilish, ular haqida zarur 
ma‟lumotlarga ega bo‟lish bilan bilan o‟quvchilarda milliy qadriyatlarga ongli 
munosabatni shakllantirishga xizmat qiluvchi samarali ish shakl, metod va 
vositalar ishlab chiqildi, ilg‟or pedagogik tajribalar umumlashtirildi, dars 
jarayonida sinab ko‟rildi. 
Bujarayondaquyidagilargaasosiye‟tiborqaratildi: 
1. O‟zbek xalq musiqasining mahalliy uslublari,ularning o‟ziga xos 
ko‟rinishi, bo‟yoqlari, uslublari, ijrochilik an‟analari, yetakchi janrlari bilan 
o‟quvchilarni tanishtirib boorish jarayonida nazariy va amaliy bilimlardan, 
mavsum, marosim, qo‟shiqlari, yalla, lapar, alla, katta ashula, mavrigi, xalfachilik 
san‟ati, doston qo‟shiqlarining tarbiyaviy imkoniyatlaridan imkon qadar o‟rinli va 
unumli foydalanish, har bir aytim, cholg‟u musiqasi, xalfachilik va baxshilar 
ijodiga mansub qo‟shiqlarni tanlash, tinglash, ijro yetishda ularning axloqiy-
yestetik tomonlarini e‟tiborga olish, ijro uslubi, an‟anaviyligi, qanday holatda, 
kimlar tomonidan, qanday sozlar jo‟rligida ijro yetilishi, badiiy-emotsional 
ta‟sirchanligi, musiqiy ohangdorligi va uning o‟quvchilar tomonidan idrok 
qilinishiga, o‟z navbatida bu faoliyatning estetik tarbiya nuqtai-nazaridan qanday 
ta‟sirchanligi kasb yetishiga; 
2. Musiqa darslarida mavzu doirasidagi darslarni tashkil qilishda uning 
o‟quvchiga ijobiy yestetik-tarbiyaviy ta‟sir ko‟rsatadigan pedagogik muhitni 
vujudga keltirish, qo‟shiq, aytim, cholg‟u kuylarini ijro yetish, tinglash, ular 
haqidagi suhbat, hikoya, tushuntirish ishlarida estetik tarbiya qonuniyatlariga amal 
qilish va musiqa o‟qituvchilarida hamda o‟quvchilarda o‟zbek folklor musiqasi, 
ularnng to‟rtta mahalliy uslubga xos namunalarini ijro yeta olish, ular haqida o‟z 
janrlarini tushuntirib bera olish, baholay olish ko‟nikmalarini shakllantirish; 


55 
3. Musiqa madaniyati mashg‟ulotlarida xalq baxchilik sa‟ati, Samarqand, 
Qashqadaryo-Surxondaryo, Xorazm baxshi-dostonchilik maktablari, ulkan 
namoyondalari ijodi, doston qo‟shiqlarini ijro qilish uslubi, yallachilik, xalfachilik, 
sozandachilik, katta ashula, mavrigi, qarsak jo‟rligida aytiluvchi qo‟shiqchilik 
san‟ati haqida o‟quvchilarda yetarli nazariy ma‟lumotlar berish, ularning musiqiy-
nazariy bilim, ko‟nikma va malakalarini rivojlantirish, estetik did, idrok va orqali 
milliy qadriyatlarimizni ongli tushunish xislatlarini shakllantirish; Ushbu ishlarni 
amalga oshirishda ma‟ruza, amaliy savol-javob, texnik vositalar yordamida turli 
mahalliy uslubdagi asarlarni tinglash, bir xil (masalan, lapar, yalla, dostonchilik) 
janridagi aytimlarni turli uslubdagi ijrolarini tinglash, tahlil qilish, taqqoslash, o‟z 
taasurotlarini so‟zlab berish, matnlar mazmunini sharhlash, me‟yoriy bayon, 
kuylab berish kabi usullardan keng foydalanish; 
Ushbu faoliyada o‟quvchilarni mahalliy uslublarga tegishli namunalar, ular 
haqidagi bilim va tushunchalar bilan tanishtirish uchun tanlangan usul, shakl, 
vositalar hamda o‟quvchilarning tayyorgarlik darajasi har bir sinf kesimida hisobga 
olinadi. Mahalliy uslublarga xos musiqiy asarlar vositasida o‟quvchilarda estetik 
madaniyat, badiiy did va milliy qadriyatlarga ongli munosabatni shakllantirish, 
rivojlantirish, yo‟naltirish omillaridan keng foydalanildi. Har bir aytimni o‟rganish, 
tinglash, tahlil qilish jarayonida ularning ijro uslubi, ohang rang-barangligi, 
“shevasi”, tarbiyaviy ahamiyatga e‟tibor qaratildi. Bu o‟rinda darslarni qiziqarli 
tashkil qilish, musiqa asboblari, ko‟rgazmalilik va texnik vositalardan izchil 
foydalanildi. 
O‟z ishimizda Surxondaryo-Qashqadaryo, Samarqand-Buxoro, Farg‟ona –
Toshkent, Xorazm musiqa uslubiga xos mavsum va marosim, dehqonchilik, 
chorvachilikka oid aytimlar, lapar, yalla, katta ashula, xalfachilik, dostonchilik 
qo‟shiqlarini o‟quvchilar ye‟tiboriga havola etar ekanmiz, har aytim, cholg‟u 
kuylari, raqslar, mavsum-marosim qo‟shiqlarining vujudga kelishi tarixi, qanday 
urf-odat, marosimlar bilan bog‟liqligi, ijro etilishi holati to‟g‟risida tushunchalarga 
ahamiyat berildi. Tajribalarda shuningdek turli bayramlar bilan bog‟liq tadbirlar va 
ular bilan bog‟liq holda aytladigan qo‟shiqlarga (Shodiyona, Dilxiroj, Dorbozi, 


56 
sunray kuylari, Xorazmcha “Az-az”, “Juz bir” kabi) kuylarga alohida e‟tibor 
berildi. Chunki, Navro‟z bayramida milliuy folklor-etnografik ansambllari 
chiqishiga ustuvor o‟rin beriladi.Milliy folklor-yetnografik ansambllari 
repertuardagi asosiy asarlar tegishli hududlarda yashovchi mahalliy aholining 
turmush tarzini o‟zida ifodalovchi, shu madaniy taraqqiyoti rivojlanish jarayonida 
qaror topganligi bilan xarakterlidir. Biz shuning uchun Navro‟z bayramidagi 
Surxondaryoning “Boysun”, Buxoroning “Ey nozanin”, Samarqandning Bulung‟ur 
tumanida tashkil etilgan “Chavki”, Urgutning “Besh qarsak”, Farg‟ona vodiysining 
“Omon yor” folklor ansambllari chiqishlari aks etgan video konsertlarini namoyish 
etish, so‟ngra ular haqidagi tahliliy suhbatlar o‟tkazdik. 
Tajriba o‟tkaziladigan obektlar (umumiy o‟rta ta‟lim maktablari)dagi o‟quv 
mashg‟ulotlariga taniqli qo‟shiqchilar, xonandalar, xalq musiqa ijodiyotidan yaxshi 
xabardor til-adabiyot o‟qituvchilar, shoirlar, bastakorlar va musiqa mutaxassislarini 
taklif qildik. Xalq ijodiyoti markazi, Samarqand Davlat Universiteti “Musiqiy 
ta‟lim” yo‟nalishi professor-o‟qituvxhilari, Madaniy- ma‟rifiy ishlar ilmiy metodik 
markazi kabi ijodiy tashkilotlar bilan ijodiy hankorligimiz o‟quvchilarni xalq 
musiqa ijodiyotining mahalliy uslublariga xos namunalari bilan tanishtirish, shu 
orqali ularda xalqimizning milliy qadriyatlariga ongli munosabatni tarbiyalashni 
tashkil yetish tayexnologiyasi tizimida eng samarali ishlardan bo‟ldi desak also 
xato bo‟lmaydi. 
Shunday qilib, mahalliy musiqiy uslublarga xos musiqa folklori vositasida 
o‟quvchilarni estetik madaniyatini hamda shu jarayonda ularda milliy qadriyatlarga 
hurmat, ularni e‟zozlash, to‟g‟ri tushunish, o‟rganish, davom ettirish xislatlarini 
shakllantirish texnilogiyasining komponentlari aniqlandi va ularning samaradorlik 
xususiyatlari amaliy faoliyatida qo‟llab ko‟rildi.
Tadqiqotda tarixiy, san‟ashunoslikka oid pedagogik, psixologik mazmunida 
an‟anaviylik, ilmiylik, qadimiylik va zamonaviylik tamoyillari qo‟llanishi mahalliy 
uslublardagi kuy, qo‟shiq, aytimlardan estetik tarbiya vositasi sifatida 
foydalanishning samaradorligini ta‟minlaydi. 


57 
Shundan so‟ng biz o‟zimiz qo‟llagan ish usullari, shakl, vositalari 
natijalarini, shu orqali o‟quvchilarning mahalliy musiqa uslubiga oid bilim, 
tushuncha, zarur ko‟nikma va malakalarni rivojlanishiga ta‟sirini aniqlovchi 
mezonlarni ishlab chiqdik. Bu mezonlar o‟quvchilarning mahalliy musiqa uslubiga 
namunalar o‟rganish orqali ularda milliy qadriyatlarga ongli munosabatni 
shakllanganlik darajasini tajriba kuzatuv ishlari boshlanishi va tugallanishi 
oralig‟idagi sifat o‟zgarishlarni belgilash imkoni berdi. Bular: 
- o‟quvchilarni o‟zbek xalqining milliy musiqa merosiga, shu jumladan 
mahalliy musiqiy uslublarga oid san‟a asarlariga munosabatlarida ijobiy o‟zgarish 
bo‟lganligi; 
- qo‟shiq-aytimlar, kuylarni tinglash, ularni mazmun-mohiyatini idrok etish, o‟z 
taasurotlarini ifodalay olishlari; 
- mahalliy musiqiy uslublarga tegishli yetakchi janrlarni o‟ziga xos jihatlarini, 
ijro uslubi, holati, xarakterini farqlay olish, ajtrata bilish; 
- qo‟shiq aytimlar, lapar, yalla, xalfachilik, mavsum-marosim, dostonchilik 
qo‟shiqlarini tinglash, kuylash jarayonida ularni mazmunini tushungan holda 
baholash, mashhur ijrochilari haqida bilimlari; 
- mahalliy musiqa uslublarini o‟ziga xos xususiyatlarini belgilashda muhim 
o‟rin tutuvchi kiyim-liboslarni, til-shevasi, cholg‟ulari haqida aniq tasavvurga 
yegaligi, ularni ko‟rish, eshitish orqali farqlay olishlari; 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin