Kelin salom. Kelinchak tushgach ertasi kuni kuyovning qarindosh urug‟lari
bilan tanishtirish marosimida kelin salom yoki bet ochar qo‟shiqlari aytiladi.
An‟anaga ko‟ra kayvoni kelinni uydan olib chiqa boshlaganda aytiladi. Uy egalari
va marosimda hozir bo‟lganlar “Alik salom” deb javob qaytarib turishadi. Buxoro,
Samarqand viloyatlarida an‟anaviy “Salomnomalar” kelin salomda kayvoni
kuyovga qaynota, qaynona hamda tog‟alari, ammalari, xolalariga salom berganda,
ta‟rif-tavsiflar orasida hazilnoma so‟zlari qo‟shib marosimga sho‟x kayfiyat
berishga harakat qiladilar. Ko‟p joylarda (Farg‟ona, Toshkent, Jizzax, Janubiy
49
Qozog‟iston o‟zbeklari) kelin salom to‟rt satrdan, Surxondaryo-Qashqadaryo
ayrim joylarida uch satrda tashkil topadi:
Kayvoni: Bog‟ orasidan yo‟l bergan,
Hamyonidan pul bergan.
Qaynotasiga bir salom.
Ayollar: Alik salom!
Kayvoni: Suv kechgani eringan,
O‟g‟il tug‟ib kerilgan.
Qaynonasiga bir salom.
Ayollar: Alik salom!
Kayvoni: Ariqdagi zulukday,
Qoshi-ko‟zi pilikday.
Qoqib qo‟ygan ilikday,
Ovsiniga bir salom.
Ayollar: Alik salom!
Yig‟i-yo‟qlovlar. Azada ayollar tomonidan yig‟lab aytiladigan yo‟qlov,
bo‟zlov qo‟shiqlarida marhumning yaxshi sifatlari yo‟qlanadi. Yig‟ida
boshlovchilar bo‟ladi. Ularni go‟yanda yoki “yig‟ichi” deyishadi. Go‟yanda so‟zlar
ma‟lum ohangda kuylab nola qiladi, har bir ikki, to‟rt, satrdan to‟rtlishdan so‟ng
ayollar bir ohangda “uv” tortishadi. Ota-ona vafot etsa “voy otam”, “voy onam”, er
yoki xotin vafot esa “voy jo‟ram”, “voy uyim” deb yig‟lash odatga kirgan.
Dod o‟limning dastidan, voy otam,
Faryod o‟limning dastidan, voy otam
Baland tog‟lar past bo‟ldimi, voy otam
O”lganingiz rost bo‟ldimi, voy otam
Yeksa bitmas maydonim, voy jo‟ram
Chaqirsam kelmas mehmonim, voy jo‟ram
Ot ko‟tarmas polvonim, voy jo‟ram
Boshimdagi sultonim, voy jo‟ram
50
Mahalliy uslublarga xos namunalarni musiqa darslarida o‟rganishda
respublikamizda faoliyat ko‟rsatayotgan folklor-etnografik ansambllari repertuarini
ko‟zdan kechirish, ular ijrosi musiqa yozuvlarini darsda o‟quvchilarga yeshittirish
va qisqa o‟tkazish yaxshi natija beradi. Biz o‟zimizning tajriba-kuzatuvlarimiz
davrida bu ish uslubiga ko‟p marotaba murojaat qildik va uning samaradorlik
natijalariga guvoh bo‟ldik.
Hozirgi vaqtda respublikamiz turli viloyatlarida faoliyat yuritayotgan
ko‟plab folklor-etnografik ansambllar hatto chet yellarda ham xalq hayotini turli
ko‟rinishlarini ifoda etuvchi repertuari bilan shuhrat qozonib kelmoqda. Ulardan
“Nozanin”, “Chavki”, “Orazibon”, “Beshqarsak”, “Sarboz”, “Boysun”, “Omon
yor”, “Zebomxon”, “Gelitan”, “ayniqsa mashhur. Surxondaryo viloyatining
“Boysun” tumanida tashkil etilgan “Boysun” ansambli 1975-yildayoq Polshada
bo‟lib o‟tgan “Tog‟li o‟lkalar” 13-xalqaro folklor-yetnografik ansambllar
festivalida qatnashib, ikkinchi darajali “Kumush boltacha” mukofoto sovrindori
bo‟lgan. Ansambl 1978-yilda Sobiq SSSR xalqlari Butunittifoq festivalida shunday
tipdagi 47 jamoa o‟rtasida 1-o‟rinni egalladi, keyinchalik “YUNESKO”ning -------
-------------------- kiritildi. Ansambl repertuaridan biz yuqorida tilga olgan “Xo‟p
mayda”, “Sust xotin”, “Yaqqu-yaq”, “Cho‟p o‟yini” “Um-ufu”, “Lolagul”,
“To‟ldirma”, “Xalinchak”, “Turna keldi”, “Sovchilar qo‟shig‟i”, “O”tin
yorolmaysan” kabi ko‟plab aytimlar o‟zining milliy kolariti, ritm-uslubi, ijro
paytidagi kiyim-libos, cholg‟u sozlari bilan o‟quvchilarda yorqin taasurot
qoldirgan.
Xorazm vohasida mahalliy xalqning uzoq o‟tmishidan shakllangan mavsum-
marosim, mumtoz va maqom ijrochiligi o‟zining vokal, etnografik ko‟rinishlari
ritmikasi, raqsi, ohangi, shevasi, cholg‟ulari, kiyim-liboslari bilan yaqqol ajralib
turadi. Bu yerda o‟z atrofiga xalq orasidan chiqqan ixlosmandlarni uyushtirgan
“Orazibon” folklor-etnografik ansamblidir.San‟ashunoslik fanining uqtirishicha
Xorazmda yalla, duyet, raqslarning yuzga yaqin turi mavjud. Ansambl
repertuaridagi “O‟ynar”, “Nima,nima, nima deysiz?”, “Orazibon”, “Gulband”,
“Biylama”, “Norim-norim” kabi qo‟shiq va raqslar alohida o‟ziga xosligi bilan
51
ajralib turadi. Chunonchi “Norim-norim” raqsi faqat Xorazm xalqi orasidagina
mashhur bo‟lib, u asosan raqqoslar tomonidan ijro etiladi.
Samarqand viloyatining Bulung‟ur tumanida tuzilgan “Chavki” ansambli
qatnashchilari faqat yerkaklardan iborat.Ansambl qatnashchilari birora musiqa
asbobidan foydalanishmaydi. Ansambl ijrosidagi barcha aytimlar qarsak jo‟rligida
ijro etiladi:
Olma oqib keladi,
Suvda qalqib keladi.
Qarang bu suluv qizlar,
Qoshin qoqib keladi.
Tilla kamar belimda,
Yonb keldim elingga.
Senvafodoryorbo‟lsang,
Poyondozmanyo‟linga.
Ansambl repertuaridagi qo‟shiq o‟yinlarning ohang(usul-ritmi)ga moslab,
qarsak, qo‟sh qarsak, uch qarsak, besh qarsak, yeti qarsak, to‟qqiz qarsakdan
foydalaniladi. “Chavki” o‟yini ilgari faqat ushbu hududda o‟ynalgan.
Farg‟onadagi “Omon yor” folklor ansambli xalq qo‟shiqlarini mohir
ijrochisi Rahima Mazohidova nomi bilan chambarchas bog‟liq. Ansambl 1981-yili
shu san‟atkor rahbarligida tuzilgan.Ansambl ijrosidagi juda ko‟plab qo‟shiqlar
O‟zbekiston Radiosida yozib olingan.
Maktab musiqa ta‟limida o‟quvchilarni mahalliy uslublarga xos namunalar
bilan shu orqali o‟zbek xalqining nihoyatda boy, turli viloyat, hatto ayrim
tumanlardagina xos ijrochilik an‟analari uslublari bilan tanishtirib borish, shu
orqali ularda milliy xalq musiqasiga chinakam mehr-muhabbat uyg‟otishda
ta‟kidlab o‟tilgan hududlarda faoliyat yuritayogan folklor-etnografik ansambllari
tomonidan ijro yetilgan asarlarni tinglattirish, videoyozuvlarni birgalikda tomosha
qilish, so‟ngra ular haqida tahlil-suhbatlar o‟tkazib borish juda muhim ahamiyat
kasb etadi.
|