Naqarot
Dilbari yagonayiman, ofati zamonayiman,
Yo bu bar bahonesh in shab, yo biyo bahonayiman.
Havo havo ba nozi dilbari yagonyayiman
Xasta bo‟ldi ovozim dilbari yagonyayiman
Naqarot
Dilbari baho bast in shab dilbari yagonyayiman
Masti sharob ast in shab dilbari yagonyayiman
42
Naqarot
Qoshing qarolab ichgan piyolada choy ichgan,
Piyolani choyini qaysi da‟vogar ichgan.
Naqarot
Qoshing qarolab qo‟ydim dilbari yagonyayiman
Zulfing taroqlab qo‟ydim dilbari yagonyayiman
Naqarot
O‟rdaki bor daryoni dilbari yagonyayiman
Chorlab neburet deyman dilbari yagonyayiman
Naqarot
Dilbari yagonayiman, ofati zamonayiman
Yo bu bar bahonesh in shab, yo biyo bahonayiman
Misoldan ma‟lum bo‟ladiki, ushbu mayda g‟azalning ilk bayti, so‟ngi bayti
naqaroti tojik tilida, keyingi, misralari o‟zbek tilida aytiladi.
Sahrolarda aytiladigan qo‟shiqlar „Yo boniy‟ deyilgan. Yo boniy Ushshoq
ohanglari asosiada yaratilgan bo‟lib, usulsiz ijro yetilishining qaysidir jihatlari
katta ashulaga ham o‟xshab ketadi. Ular Toshkent-Farg‟ona uslubidagi Yovvoyi
ijrolarga yaqin keladi.”Buxorcha” tuzilishiningikki xil shakli bor. Birinchisi,
maqomlar asos qilib olingan.Unda “Talqin Uzzol” yoki “Uffori Uzzol” olinib,
boshqa uforlar qo‟shilib ijro yetilgan.
Xorazm xalq urf-odat va marosimlari ham o‟ziga xos ko‟rinish, an‟ana va
xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Xorazmda to‟y marosimi bilan bog‟liq urf-odatlar
bir necha nomlanishlarida bo‟lib, ularning har birida unga mos qo‟shiq raqslar ijro
yetilgan.“Xatna to‟yi”,”Qiz uzatuv”, “Kelin tushirish to‟yi” kabilar. “Yotoq to‟yi”
kun botishi oldidan boshlangan. Qizning dugonalari, xotin-xalaj, shuningdek,
kuyov tomonidan to‟qqiz dasturxon olib kelgan xotinlar qatnashadi. To‟y
dasturxonidagi noz ne‟matlar yoyilib bo‟lgan, kayvoni ruxsati bilan qizlar bazm
boshlab “Yor-yor” qo‟shiqlarini ijro yetishgan.Bu bazmga xalfalar ham taklif
qilinib, navbati bilan qo‟llarda piyola ushlab, bir-biriga urilishi natijasida jarangli
ovoz chiqarib, kuylashgan:
43
Tokchadagi qaychini zang bosibdi yor-yor,
Chiqadigan bekani g‟am bosibdi yor-yor,
Yig‟lama qiz, yig‟lama, to‟y saniki yor-yor
Juft kalitli koshona uy saniki yor-yor
Shundan qizga nasihat tarzidagi qo‟shiq ijro yetiladi. Keyingi bosqichda
qizni kuyovnikiga borishiga ruxsat yetish bilan bog‟liq aytim aytiladi:
Yusuf bilan Zulayho yor edilar yor-yor,
Bir-birini ko‟rmoqqa zor edilar yor-yor.
Hay-hay o‟lan, jon o‟lan, haylanamish, yor-yor,
Qizni olib yangasi, shaylanamish, yor-yor.
Kelin kuyovnikiga “To’ylar muborak” qo‟shig‟i sadolari ostida kirib
keladi:
Muboraklar bo‟lgay aytgan to‟yingiz,
Jun patakli ko‟shki ayvon joyingiz.
Mudamo izzatda o‟tgay umringiz,
Boshlagan to‟yingiz muborak bo‟lgay.–deb xalfalar ashula aytishadi.Kelin
kuyovning hovlisiga kirgach, yendi kelin salom olish boshlanadi.
Kelin dugonalari bilan xos bezatilgan xonaga kiradi.Kuyov go‟shangaga
kirib keladi. Yangalar kuyovning o‟ng tiuzzasiga o‟g‟il bola o‟tqazadilar.
Kuyovga oyna berishadi.U kelin bilan oynaga qaraydi. Kuyov jo‟ralari uni ismini
aytib: “Otang chaqiradi, akang keldi, do‟stlaring ketmoqchi” deb chaqira
boshlashadi. Kuyov go‟shangadan tashqariga chiqadi.Kuyov ikki do‟sti bilan
go‟shanga yoniga qaytib keladi.Yangalar ularga pishgan tovuq go‟shtni
uzatishadi.Yigitlar uni og‟zi bilan tishlab olib yeyishlari kerak.Bu holatda davrada
sho‟x kulgu yangraydi.To‟yning yeng qiziq payti bu- kuyoving tuflisi, belbog‟i,
kavushini yechishi.Bu ish yangalar tomonidan bajariladi.Tufli, kostyumi
cho‟ntagida, belbog‟ida pul bo‟ladi.Buni yechishga qatnashgan yangalar olishi
kerak. “Kelin tushirar” to‟yidan uch kun o‟tgach kelinning ota-onasi kuyovni
“chaqiradilar”. Yana 3-4 kundan keyin “Nikoh qiyish” marosimi o‟tkaziladi.Bu
marosimlarni har birida o‟ziga xos to‟y qo‟shiqlari ijro etiladi.
44
Surxondaryo-Qashqadaryo hududida yashovchi mahalliy aholi qadimdan
chorvadorlik va dehqonchilik bilan shug‟ullanib kelgan va bu mehnat turlari ular
hayotida asosiy omil bo‟lib har bir mehnat jarayoniga mos qo‟shiq aytimlar
yaratilgan. Bu vohada milliy cholg`ulardan do‟mbra, qo‟biz, cho‟pon nay, sibiziq,
chanqovuz va doira ardoqli hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |