Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti musiqa, badiiy grafika va mehnat ta


Buxoro-Samarqand musiqa uslubi haqida tushuncha



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/27
tarix03.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#106585
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
201487 (1)

Buxoro-Samarqand musiqa uslubi haqida tushuncha. Buxoro-
Samarqand shahar va viloyat hududlarida an‟anaviy shakllangan musiqiy 
an‟analar- xalq qo‟shiqlari, ashulalari, cholg‟u kuylari, qaqrsak o‟yin aytimlari va 
kasbiy musiqaga oid dostonchilik, sozandachilik, maqom san‟ati keng o‟rin tutadi.
Mazkur uslubga xos yeng muhim xususiyat bu- ikki tillilik, ya‟ni o‟zbek va 
tojik tilida ijro etish an‟anasining namoyon bo‟lishidir. Ikki tillilik an‟anasi xalq 
musiqasida turlicha shakllarda aks yetadi. Ayrim xalq qo‟shiqlarini bir vaqtning
o‟zida ham o‟zbek, ham tojik tillarida kuylanadigan varianti. Bunda qo‟shiq 
bandlari o‟zbek tilida, naqarot yesa tojik tilida, ba‟zan aksincha, ayrim xalq 
qo‟shiqlari har ikki tilda kuylanishi imkoni mavjuddir. Xalq bayramlari, to‟y-
tomoshalari bilan bog‟liq “ “Guli surx”, “Qayroq o‟yin”, “Zang o‟yin” keng 
tarqalgan. Buxoro-Samarqand musiqa uslubida sozandachilik san‟ati ham ancha 
keng rivollangan bo‟lib, u asosan ayollar ijodi bilan bog‟liqdir.Sozanda- bu 
yakkaxon aytimchi bo‟lib, u qo‟lida qayroq yoki zang (qo‟ng‟iroqcha) ushlab 
raqsga tushadi, qo‟shiq bandlarini kuylaydi.Ikki –uch ayoldan iborat doirachilar 
dastasi esa naqarot bilan jo‟r bo‟lib turishadi. Sozanda dastasida jami uch-to‟rt ayol 
qatnashadi. Ular o‟z san‟atini faqat xotin-qizlar davrasida o‟tkaziladigan yig‟in, 
to‟y, bayramlarda namoyish yetadi. Ularning repertuari o‟zbek va tojik tilida, 
repertuari esa o‟yin-aytimlaridan iborat bo‟ladi.
Buxoro-Samarqandning 
uslubidagi 
boshqa 
vohalarda 
uchratadigan 
janrlaridan biri bu “Mavrigi” janridir. 
“Mavrigi”- ko‟p qismli o‟yin-aytim turkum bo‟lib, uning ijrosida uch va 
undan ortiq kasbiy xonandalar va bir ikki o‟yinchi (raqqoslar) ishtirok etadi. 
Mavrigi asosan erkaklar tomonidan aytimlar va raqs-o‟yiniga tushiladi. Jo‟rsiz 
sifatida faqat doiradan foydalaniladi. 
Mavrigi aytimlarida ikki tillilik an‟anasi namoyon bo‟lib turadi. 
Mavrigixonlik asosan Buxoro va uning ayrim tumanlarida tarqalgan. Ijroda 
yakkaxon- bandni aytadi, naqarotchilar ishtirok etadi. Ashula ikki va undan ortiq 
qismlardan iborat bo‟lib, dastlabki qism vazminroq ruhda bo‟lgan “ Kirish”, 
keyingi qismlarda ritm tezlashib boradi. Shu sababli unda usullari asosiy tutadi. 


35 
Buxoro-Samarqand uslubidagi o‟yin-aytimlarning yana bir turi qarsak janri 
bo‟lib, u turli tomoni va davralarda ko‟pchilik tomonidan ijro etiladi. Yakkaxon 
aytimi va raqsiga davradagilar aylana shaklda o‟chirib olib qarsak bilan jo‟r bo‟lib 
turishadi va naqarotlarni kuylashadi. Qarsak o‟yinlarining bir necha turi mavjud: 
Qars, yakka qars, qo‟sh qars, uch qars, besh qars kabi. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin