37
bilan bog`liq cholg`u kuylari salmoqli o`rin tutadi: Ular ijro yetilish mazmuni
holatiga ko‟ra bir necha turga bo‟linadi:
1.
Ommaviy raqslar- Lazgi, Gangin Qorabog‟, “Ufori” kabilar;
2. Darbozlarning o‟yin kuylari. “Yelpizalandi”,”Ufori yelpizalandi” kabilar;
3. Qiziqchi va masxarabozlarning o‟yin kuylari: “Chog‟ollox”, “Az-az”, “Az-azning
tezi”, “Xorazmcha”, Yuz bir”, “Ot yeroni”, “Surnay yo‟li” kabi namunalar.
Ommaviy bayram sayllarida ijro etiluvchi “Xatarli o‟yin” turkumidagi raqslarda
parranda va hayvonlar hatti-harakatlari ifodalangan. Masalan, “Ot o‟yin”,
“Tustovuq o‟yini”, “Kaptar” kabilar shular jumlasidandir.Xorazmda lapar janri
keng tarqalgan.Bu yerda laparlar
nafaqat ikki kishi tomonidan, balki yakkaxon
(asosan ayollar) tomonidan raqsga tushib aytilgan.
Yettinchi sinf darsligidan o‟rin olgan Xorazm musiqa uslubiga doir o‟quv
materiallari tarkibida Xorazm dostonchilik an‟analariga ham alohida o‟rin
berilgan.Xorazm dostonchilik an‟analari ham o‟ziga xoslik xususiyatlariga farqli
ijrochilik yo‟llariga yegaligi bilan ajralib turadi. Bu asosan doston qo‟shiqlari “
bo‟g‟iq ovozda”(ichki) yemas, balki “ochiq ovoz” uslubida kuylanishi va jo‟rnavoz
sozi
sifatida dutor, tor, akkordeon foydalanilishida va doston aytimida ijrochilar
ansambli qatnashishida ko‟riladi. Ansambl ijrochiligida ustoz-baxshi dutor,tor yoki
rubobda, qolganlar yesa g‟ijjak,bo‟lomon, doira sozlari jo‟r bo‟lib turishadi.
Xorazm dostonchiligida asosan “Oshiq g‟arib va Shoxsanam”, „Go‟ro‟g‟li”,
“Kuntug‟mish”, “Bozurgon”, “Oshiq Oydin” kabi dostonlar kuylanadi.Xorazm
dostonchiligida uning bir tarmog‟i bo‟lib shaklangan xalfalar san‟ati ham
ahamiyatlidir. Xalfachilik asosan ayollar o‟rtasida urf bo‟lib kelayotgan san‟at
bo‟lib, uning ko‟proq dostonlardan parchalar,
termalar, shunigndek turli
vaziyatlarda kuylanadigan qo‟shiqlar kuylanadi.Bu san‟at ham xuddi Buxoro-
Samarqand sozandalari singari asosan xotin qizlar ishtiroki bilan bog‟liq yig‟in
marosim, bayramlarda ijro yetilgan. Xalfachilik yakaxon
va tarkibida ansambl
bo‟lgan an‟ana ham shakllangan.
Xorazmda ashulachilik san‟ati keng ravnaq topgan.Ashulachilar xalq tilida
„go‟yanda‟ deb nomlangan.Ashulalar asosan mumtoz she‟riyat namunalariga
38
bastalangan.Bu uslubda “Suvora” nomi bilan mashhur turkumlar mavjud bo‟lib
(Suvora- fors-tojikcha otliq ma‟nosini bildiradi); suvora ijrochilarining didalashma
deb nomlanuvchi o‟ziga xos musobaqalari o‟tkazilib turadi.Suvoralarning mashhur
ijrochilari
qatorida Hojixon Boltayev, Madrahim Yoqubov (Sheroziy), Komiljon
Otaniyozov nomlari hurmat bilan tilga olinadi. Suvora ashula yo‟larining ikki
turkumi mashhur:
1.O‟n ikki suvoradan iborat Savti Suvoralari turkumi. (Savti Suvora I, Savti
suvora II, Savti suvora III va hokazo.
2.Yirik shaklli suvoralar-har biri maxsus nom bilan ataluvchi suvoralar.
Suvora, Chapandozi suvora,
yakparda suvora, Xushparda suvora, Katang suvora
kabi.Xorazmda suvoralardan tashqari “Mustahzod” ashula yo‟llar ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: