Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti musiqa, badiiy grafika va mehnat ta


Mahalliy uslublar bo’yicha o’quvchilar o’rganish lozim bo’lgan o’quv



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/27
tarix03.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#106585
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
201487 (1)

1.3. Mahalliy uslublar bo’yicha o’quvchilar o’rganish lozim bo’lgan o’quv 
materiallari mazmuni. 
Mahalliy uslublar mavzui umumta‟lim maktablarining 7-sinf dasturiga 
kiritilgan bo‟lib, ular yil va chorak mavzulariga quyidagi kiritilgan. Yil mavzusi: 
“Xalq musiqasining mahalliy uslublari. Maqomlar haqida umumiy tushuncha”.I-
chorak. “Qashqadaryo-Surxondaryo, Samarqand-Buxoro” vohalarining musiqiy 
uslublari bilan tanishuv”.2-chorak mavzusi uslublari bilan tanishuv” deb 


31 
nomlanadi. 3-4 chorak yesa maqomlarga oid mavzularni yoritishga mo‟ljallangan 
bo‟lib,unda o‟quvchilar “Shashmaqom” va Xorazm maqomlari, Farg‟ona-Toshkent 
maqom yo‟llari haqidagi ma‟lumotlar bilan tanishadilar.
Fan dasturida sinf o‟quv materiallarini o‟zlashtirilishi bo‟yicha o‟quvchilar 
egallash lozim bo‟lgan bilim va malakalar mezoni quyidagicha belgilangan: 
O‟quvchilar musiqa san‟atida mahalliy uslublarni mahalliy xalqning shevalariga( 
so‟zlashuv nutqidagi),mahalliy kiyimlari, cholg‟u sozlari, raqslaridagi usul, 
harakatlar, urf-odatlar bilan bog‟liq madaniyatiga qiyoslab o‟rganishlari, mazkur 
viloyatlar hududlariga xos mahalliy musiqiy an‟analarning ayrim namunalarini, 
ijrocjilik uslublari, ijro holati yeng muhim o‟ziga xos jihatlarini bilib olishlari, 
o‟zlari yashab turgan joylarida mavjud bolgan mashshoqlar, xonandalar, baxshi-
shoirlar yallachilar, xalfalar, turli marosimlar va ularda aytiladigan aytimlarni 
o‟ziga xos ijro xususiyatlarini o‟rganishlari, musiqa o‟qituvchilari yesa bu borada 
o‟quvchilar bilan bu borada maxsus izlanish, uchrashuvlar, davra suhbatlari, 
o‟tqazib, taniqli folklor jamolari faoliyat ko`rsatgan muassalarga musiqiy 
sayohatlar uyushtitib turishlari lozim. 
Shuningdek o`quv yili davomida o`quvchilar uztozona musiqa, uning xalq 
(folklor) musiqasidan farqli jihatlari (shakl, mazmun, ijro, uslub ) haqida umumiy 
tushunchaga yega bo`lishlari, ustozona- kasbiy musiqaning mohiyati, uning 
mumtoz (mumtoz, mustandi) ahamiyatga ega bo`lgan badiiy etuk, barkamol ijod 
mahsuli ekanligini,``Shahmaqom” ashulaga doir asosiy kuylarni tinglab, doira 
usullarini va kuy ohanglarini ajrata bilishlari kerak.
O‟quvchilar “Farg‟ona-Toshkent” maqom yo‟llari haqida beriladigan 
bilimlar sirasida ushbu vohalarda qaror topgan maqom yo‟llarining o‟ziga xosligi, 
turkum va tuzilish jihatidan “Shashmaqom”ga o‟xshamasligi (ya‟ni, yaxlit turkum 
yemasligi), alohida-alohida bo‟lgan cholg‟u, kuy va ashula yo‟llaridan iboratligini 
bilib oladilar. Fag‟ona-Toshkent maqom yo‟llariga maqom yo‟llari nomlanishi, 
“Yovvoyi maqom” iborasi va uning mazmun mohiyati, maqomlarning mashhur 
surnay yo‟llari va ijrochi xofizlari, cholg‟ulari haqidagi ma‟lumotlarga ega 
bo‟lishadi.


32 
O‟quvchilar Xorazm maqomlarining, umuman olganda “Shashmaqom” 
shakl tuzilishiga mos kelishi, ulardagi har bir maqomda ham ikki bo‟lim-cholg‟u 
va ashula yo‟llarining mavjudligi hamda ularning o‟xshashli, farqli xususiyatlari 
haqida umumiy tushunchaga ega bo‟lishlari, mashhur xalq kuy-qo‟shiqlari, kasbiy 
musiqa janrlariga doir ashula, katta ashula, doston ashulalarining ijro uslublari 
(mashshoqlik, ovoz ishlatish, nola, qochirimlar) orqali farqlay bilishlari lozim. 
Ko‟riladini bunday keng qamrovdagi bilimlarni egallash ancha murakkab bo‟lib, 
unda har bir dars uchun o‟quv materiallari mazmunini belgilashda o‟qituvchi yeng 
muhim jihatlarini mohirlik bilan ajrata bilish va ularni o‟quvchilarga etkazishning 
samarali usullarini tona bilishi lozim bo‟ladi.
Endi, ta‟kidlab o‟tilgan mahalliy uslublarga doir o‟quv materiallari mazmuni 
bilan qisqa va umumiy holda tanishib o‟tamiz.
Surxondaryo-Qashqadaryo mahalliy uslubiga doir o‟quv materiallari 
mazmunida quyidagi ma‟lumot va tushunchalar qayd yetilgan: 
- Qashqadaryo-Surxondaryo musiqa uslubi deganda Qashqadaryo-
Surxondaryo viloyatlari hududida asrlar davomida shakllangan barcha musiqiy-
badiiy an‟analar tushuniladi. Bular-mehnat aytimlari, mavsum-marosim 
qo‟shiqlari, cho‟ponlarishodi, baxshilar san‟ati kabilardir. Ular turli vaziyatlarda, 
xalqning turmush tarzi bilan bog‟liq turfa ko‟rinishlarda, xususan, mehnat 
jarayonlarida,oilaviy sharoitda o‟tkaziladigan urf-odat va marosimlarda, ommaviy 
sayl va tantanalarda yuzaga kelgan va ijro etilgan. Bu hududda yashovchi xalq 
ijtimoiy turmushida qadimdan chorvachilik va dehqonchilik yetakchi o‟rin 
tutganligi bois, bu yerda ushbu mehnat jarayoni bilan bog‟liq aytimlar, kuylar, 
ko‟plab ijro etilgan. Budan tashqari mavsum-marosim, ommaviy, bayram va xalq 
sayllari (Navro‟z bayrami, Lola sayli) qo‟shiqlari hamda qarsak o‟yni aytimlar va 
yana ko‟plab ommaviy kuy-qo‟shiqlar bebaho meros sanaladi. Surxondaryo-
Qashqadaryo an‟anaviy cholg‟ulari qatorida do‟mbra, qo‟biz, cho‟pon nay, sibiziq, 
chanqovuz, doira asosiy o‟rin tutadi.Aytib o‟tilganidek Surxondaryo-Qashqadaryo 
mahalliy uslubda mehat aytimlari o‟ziga xos o‟rin tutadi. Ya‟ni, chorvachilikka 
doir aytimlar asosan qo‟y,yechki, qoramol, biyalarni sog‟im paytida aytilgan. 


33 
“Xo‟sh-xo‟sh” ( sigir sog‟inida), “Turey-turey”, “Churey-churey” qo‟y, echkilarni 
sog‟imida kuylashgan. Cho‟ponlar ijodi ham shu mehnat jarayoniga aloqador 
bo‟lib ular asosan sibiziq, do‟mbira, cho‟pon nay, sozlarida ijro etilgan.“Kuylarni 
sudrash”, 
“Qo‟ylarni 
ko‟chirish”, 
“Qo‟ylarni 
yig‟ish” 
shular 
jumlasidandir.Dehqonchilik bilan bog‟liq qo‟shiqlar “Qo‟sh haydash”, “Xo‟p 
hayda”, “Yozi” kabi nomlar bilan ataladi.Dehqonchilik bilan bog‟liq barcha ishlar 
boshlanishida “shoh moylar” marosimi o‟tkazilgan. Qishloq ahli yig‟ilib qo‟shga 
qo‟shiladigan ho‟kizlarning shohlarini Navro‟z bayramiga atab pishirilgan 
bo‟g‟irsoq yog‟i bilan moylagan,keksaroq bir kishi Bobodehqon bo‟lib, dalaga 
birinchi qo‟sh solgan va bu marosimda “Shox moylar” qo‟shig‟ini kuylashgan. Bir 
kishi: qo‟shga ildam yurmasang, Ko‟pchilik: qo‟shga ildam yurmasang. Bir kishi: 
Uchashga turtib qo‟yaman, Ko‟pchilik: Uchashga turtib qo‟yaman. Bir kishi: 
Yaxshi yursang shoxinga, Ko‟pchilik: Yaxshi yursang shoxinga. Bir kishi: Moylar 
surtib qo‟yaman, Ko‟pchilik: Moylar surtib qo‟yaman. Surxondaryo-Qashqadaryo 
musiqa uslubining yetakchi yo‟nalishlaridan biri dostonchilik an‟analaridir. Doston 
adabiy musiqiy asar, uning tarkibida nasriy va nazmiy qismlar bo‟lib, nazm qismi 
musiqa jo‟rligida ( qo‟shiq qilib) kuylanib ijro etilgan. Doston ijrochilarini shoir 
yoki baxshi deb atashgan. Surxondaryo-Qashqadaryo uslubida dostonlar “bo‟g‟iq” 
ovozda kuylashadi. Vohada dostonchilikning iki yirik maktabi dovrug‟ qozongan. 
Bular Shahrisabz va Sherobod dostonchilik maktablaridir. Abdulla Nurali, Islom 
Nazar o‟g‟li Shahrisabz dostonchilik maktabini, Shernazar Beknazar o‟g‟li, 
Mardonqul Avliyoqul o‟g‟li, Normuroq baxshilar Sherobod maktabini yirik 
vakillaridir. 
Dostonchilik an‟anasiga ko‟ra doston kuylashdan oldin “terma”lar aytilgan. 
Terma- doston ijrosidan oldin baxshi tomonidan kuylanadigan, har xil dostonlarga 
ta‟rif berib ( qisqa satrlarda) “qay dostondan aytayin” deb murojaat qiladi. 
Tinglovchilar tanloviga ko‟ra bisotidan bir dostonni kuylashni belgilaydi.Bu 
uslubga mansub aytimlar sirasida mavsum-marosim. Turli urf-odat va bahor fasli 
qo‟shiqlari ham keng tarqalgan.


34 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin