10
yurituvchi barcha ta‟lim muassasalarida ishlovchilar o‟z amaliyotlarida ijodiy
foydalanishlari mumkin.
Tadqiqotning metadalogik asoslari: O‟zbekiston
Respublikasining
“Ta‟lim to‟g‟risida”gi qonuni va kadrlar tayyorlash milliy dasturi, “Milliy istiqlol
g‟oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar”, Prezidentimiz I.Karimovning
O‟zbekistonda ta‟lim-tarbiya ishlarini milliy negizda qayta qurish, rivojlantirishga
oid asarlari, ma‟ruza
va nutqlari, farmoyishlari, umumiy o‟rta ta‟limning musiqa
fani bo‟yicha Davlat ta‟lim standarti va o‟quv dasturi, ta‟lim
va tarbiyani milliy
asoslarda tashkil etishga oid dasturiy va me‟yoriy hujjatlar, pedagogika,
texnalogiya,
musiqa tarixi, san‟atshunoslikka oid ilmiy, uslubiy manbalar,
ilmiy
tadqiqotlar.
Tadqiqotning ilmiy farazi:
1. O‟zbek xalq musiqasining mahalliy uslublari haqidagi o‟quv darsliklariga
kiritilgan materiallar mazmunini ilmiy pedagogik tahlil etish, uni yanada boyitish
omillarini aniqlash;
2. Musiqa madaniyati darslarida o‟zbek xalq
musiqa merosi shu jumladan
har bir mahalliy musiqiy uslublarga oid eng muhim ma‟lumotlarni ko‟zda tutuvchi
uslubiy manbalar yaratilsa;
3. O‟zbek xalq musiqasining mahalliy uslublari mavzusida darslarni tashkil
etish orqali o‟quvchilarning mahalliy uslublar haqidagi bilimlarni boyitish
imkonini beruvchi ish shakl, usul va vositalari ishlab chiqilsa;
4. O‟zbek xalq musiqasining mahalliy uslublari mavzusida darslarni tashkil
etishorqali o‟quvchilarning mahalliy uslublar haqidagi bilimlarni o‟zlashtirish sifat
samaradorligini ta‟minlovchi
tavsiyalar ishlab chiqilsa, o‟quvchilarni milliy
musiqa madaniyati va estetik tarbiyasini tarbiyalash jarayoni samarali kechadi.
Dostları ilə paylaş: