Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti musiqa, badiiy grafika va mehnat ta



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/27
tarix03.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#106585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
201487 (1)

yo’nalishlariga mosligi.O‟zbekiston Respublikasining mustaqilligi milliy 
madaniy va ma‟naviy qadriyatlarni ta‟lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etish, shu 
orqali ta‟lim-tarbiya tizimini milliy negizini mustahkamlashga keng yo‟l ochib 
berdi. Shunga ko‟ra mazkur tadqiqot mavzusi respublikada ijtimoiy-gumanitar 
fanlar sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, hamda A.Navoiy nomidagi 
Samarqand Davlat Universitetining ilmiy pedagogik tadqiqotlarning ustuvor 
yo‟nalishlariga mos izlanish sifatida etirof etilishi mumkin. 
Ishning davlat dasturlari yoki ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan 
bog’liqligi.Tadqiqot ishi Respublikada Milliy g‟oya va mafkura ilmiy-amaliy 
markazi, O‟zbekiston Respublikasi “Ta‟lim to‟g‟risida”gi qonuni, maktab ta‟limini 
rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi, shuningdek A.Navoiy nomli Samarqand 
Davlat Universiteti “Musiqa ta‟limi” kafedrasining ilmiy- pedagogik tadqiqotlari 
rejasi doirasida bajariladi. 
 
Tadqiqot maqsadi: O‟zbek xalq musiqasining mahalliy uslublari 
mavzusida darslarni tashkil etish, uning o‟ziga xos xususiyatlarini ifodalovchi 
an‟analar, og‟zaki an‟anadagi folklor, mumtoz va maqom san‟atining rivojlanishi, 
yetakchi janrlarini o‟rganish, tahlil qilish, boshqa mahalliy uslublar bilan 
qiyoslash, musiqa darslarida o‟quvchilarga beriladigan bilimlar va ularni 
o‟zlashtirishning samarali metodik tizimini ishlab chiqish. 
Tadqiqot vazifalari:



1. Mavzuga oid musiqa tarixi, san‟atshunoslik, musiqa pedagogikasiga oid 
ilmiy-uslubiy adabiyolar, ilmiy tadqiqotlarni o‟rganish, tahlil qilish; 
2. Umumta‟lim maktablari musiqa madaniyati darslariga kiritilgan Buxoro-
Samarqand musiqa uslubi bo‟yicha o‟quv materiallarini tahlil qilish; 
3. Soha mutaxassislari, san‟atshunos, pedagog olimlar, musiqa o‟qituvchilari 
bilan suhbatlar o‟tkazish; 
4.Umumta‟lim maktablari musiqa madaniyati darslarini kuzatish, tajribalarni 
o‟rganish; 
5. Musiqa uslublari haqida o‟quvchilar egallashi lozim bo‟lgan bilim 
tushunchalar mohiyatidan kelib chiqib, o‟qitishning samarali usul, shakl, 
vositalarni aniqlash; 
6. O‟zbek xalq musiqasining mahalliy uslublari mavzusida darslarni tashkil 
etish samaradorligini ta‟minlashga yo‟naltirilgan tavsiyalar ishlab chiqish; 
7. Amaliy tajriba-sinov ishlari olib borish; 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin