1.2. Xalq musiq ijodiyotining mahalliy uslublarga xos janr turlari tavsifi va
ularni ta’lim jarayoniga tadbiq yetish muammolari.
Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan o‟zbek xalqining ham tafakkuri, diyonati,
milliy qadriyatlari, donishmandligini Respublikamiz Prezidenti I.Karimov:
umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, xalqimizning ma‟naviy merosini tiklash,
rivojlantirish,
insonning
o‟z
imkoniyatlarini
erkin
namoyon
qilish,
vatanparvarlikda ko‟rgan yedi. Shuning uchun ham Istiqlol sharofati bilan milliy-
ma‟naviy qadriyatlarimizga bo‟lgan diqqat-e‟tibor, unutilayozgan an‟analarimizni
22
tarixan qisqa muddat ichida qayta tiklanish muttasil taraqqiy yettirish maqsadidagi
yangilanish, barcha jabhalarda o‟z natijalarini bera boshladi.
Sobiq sho‟ro davri mafkurasi cheklanishlari ta‟sirida imkoniyatlari bo‟g‟ib
qo‟yilgan o‟zbek musiqa merosining Sharq xalqlari an‟analari bilan tarixiy
aloqalari yangi bosqichga ko‟tarildi va ijodiy hamkorliklar yo‟lga qo‟yildi. Aynan
shu madaniy aloqalar, musiqaning ilohiy ta‟sir kuchi va o‟zbek xalqining boy
musiqa merosining ahamiyati va mavqyeini, uning Sharq musiqasi bilan
mushtarakligini nazarda tutgan O‟zbekiston Prezidenti I.Karimovning “Sharq
musiqasining jaxon madaniy merosida tutgan o‟rni benihoya buyuk… Bu musiqa
ming-ming yillardan beri odamlar dilini poklab, ularni ruhan yuksaltirib
kelmoqda.”
3
– degan so‟zlari fikrimizni yaqqol tasdiqlaydi.
Bugungi o‟zbek musiqa san‟atining jahon sahnalarida erishayotgan yutuqlari
tahsinga sazovordir. Xususan, o‟zbek folklor musiqasining yangi-zamonaviy
qiyofa, xarakter, o‟ziga xos betakrorlik kasb yetib, xalq ma‟naviyatiga shiddat
bilan qaytib kelayotgani, butun jahon san‟asevar ahli tomonidan yuksak baholanib,
e‟tirof etilayotgani, “YUNESCO” tomonidan “Boysun bahori” folklor ansambllari
ko‟rik tanlovlarini muntazam o‟tkazib kelayotgani halq musiqasining o‟lmas ilohiy
qudratga yegaligi, u chinakam xalq dahosining yaratuvchanlik qudratining mahsuli
ekanligidan dalolatdir. Shu ma‟noda o‟zbek xalqining ma‟naviy go‟zalligi asrlar
qa‟ridan kelayotgan kuy-ohanglarida o‟zining ajoyib, betakror badiiy in‟ikosini
topgan.Allomalarimizdan Abu Nasr Farobiy ta‟rif berganidek, musiqa – inson
ruhining ozig‟idir. Binobarin, milliy musiqa xalqimizning tarixiy taraqqiyoti
davomida ajdodlarimiz boy ma‟naviyatining teran tafakkurining, milliy
ruhiyatining yoqimli sadolardagi jonli ifodasi va ayni paytda, yangi mustaqil
jamiyatimizning ruh quvvati va jon ozig‟idir.
Mustaqilllik yillarida xalq musiqa merosini tiklash, unutilib ketgan
namunalarni yuzaga chiqarish, ularni xalq madaniy hayotiga olib kirish maqsadida
Respublika miqyosida ko‟plab ko‟rik-tanlovlar, musiqiy etnografik ilmiy
yekspedisiyalar tashkil yetildi. Dastlaki yillardan Mustaqillik va Navro‟z bayrami
23
tantanalari xalq musiqa ijodiyoti bo‟yicha jamoalar, ijrochilar chiqishlariga ustuvor
o‟rin ajratildi. Folklor dastalari, oilaviy ansambllar, katta shula, askiya, xalq
qiziqchiligi, o‟zbek mumtoz va maqom san‟atiga oid tanlovlar , maxsus tadbirlarni
muntazam o‟tkazilishi yo‟lga qo‟yildi. Chunonchi oilaviy ansambllar,
(Qo‟qon,Shaxrisabz), Alla ijrochilari(Toshkent 1992, 1994,1998, 2000, 2004,
2008), Marg‟ilon (1996, 2006), to‟y-marosom qo‟shiqlari irochilari (Toshkent
1993, 1995, 2007), folklor-etnograafik jamoalari “Chashma” tanlovi (Toshkent
1994, 1998, 2002, 2012), baxshi shoirlar (Denov 1991, Narpay 1993, Toshkent
1995,1997, Termiz 1999, 2005, Xiva 2012-yil), maqom ijrochilari va xalq
cholg‟ulari ansambllari (Shaxrisabz 1996, Buxoro 2002, Samarqand 2010),
Barhayot siymolar (Toshkent 11996,1997,1998, Xorazm 2002,2008, Marg‟ilon
2004,Xorazm 2004), M.Uzoqov va Jo‟raxon Sultonov nomidagi yosh xonandalar
(Marg‟ilon 1997,1999,2003,2009), Hoji Abdulaziz Rasulov nomidagi yosh
xonandalar Samarqand 1997,2006), Komiljon Otaniyozov nomidagi yosh
xonandalar (Urganch 2001,2007), Y.Rajabiy nomidagi IV Xalqaro va V
Respublika maqom ijrochilari (1995,1999,2003,2007,2011) va ko‟plab
telefestivalar shular jumlasidandir.
Turfa mahalliy an‟analar va xilma –xil ko‟rinishlarni o‟z ichiga olgan o‟zbek
musiqa merosi shi kunga qadar ikki asosiy yo‟nalishda rivojlanib, ijod qilib kelgan
bo‟lib, biri “Xalq musiqasi yoki folklori”, yana biri yesa “Mumtoz kasbiy” yoki
“ustozona” deb yuritiladi. Ularning har qaysisi “ko‟p va xo‟b” badiiy yetuk aytim
hamda cholg‟u namunalaridan iborat.Ayni vaqtda qadimiy boy musiqa merosimiz
yangi, ya‟ni keyingi davrlarda qaror topgan bastakorlik an‟analarini ham o‟zida
mujassam yetgan holda rivoj topmoqda. Bunda avvalo Benazir musiqiy
folklolarlarning serjilo va rang-barang turlari barcha musiqa janrlari uchun tamal
toshi vazifasini o‟taydi.
Ayni paytda musiqiy folklorlarning xalq ma‟naviy hayoti va turmush
tarzidagi tabiiy ko‟rinishi ham davom etmoqda. B o‟rinda turli viloyatlarga
uyushtirilgan ilmiy-amaliy safarlarning ham ahamiyati katta bo‟ldi. Jumladan,
1991-1992-yilari Jizzax viloyatiga, 1991,2001-yillari Toshkent viloyatiga, 1991-
24
1997, 1999-2007 yilari Qashadaryo-Surxondaryo viloyatlariga, 1993-2003 yillari
Farg‟ona vodiysiga, 1995-yili Sirdaryo-Jizzax viloyatlariga, 1999-200 yillari
Buxoro viloyati va Qoraqolpog‟iston Respublikasiga uyushtirilgan musiqiy
folklor-ekspedisiyalari katta ahamiyatga ega bo‟ldi. Bu mehnatning natijasi o‟laroq
respublikamizning hududlarida qo‟shiq, terma, lapar-aytishuv, yalla kabi janrlar
eng ommaviy aytimlardan yekanligi ma‟lum bo‟ldi.Zero, bu turdagi ijrochilik
qariyb barcha viloyat tumanlarida uchraydi.
Marosim yoki muayyan vaziyat bilan bog‟langan aytimlardan “Yor-yor”,
“Kelin salom”, “Ramazon” ham shu ko‟rsatkichni takrorlaydi. Shu bilan birga
ashula va qarsak janrlari ma‟lum hududlarda, ya‟ni ashula Farg‟ona vodiysi,
Toshkent, Buxoro, Samarqand, Xiva, Urganch shaharlarida, Jizzax hududlarida
yashovchi aholi orasida ijro etilib kelishgan va hozir ham bu an‟analar
bardavomligi saqlab kelinmoqda.
Nisbatan kichik hududlar miqyosida yoyilgan janr (tur)lardan Mavrigi-
asosan Buxoro shahri va Shaxrisabz viloyatining ayrim joylarida, qisman
Samarqandda, “yovvaylo”- Farg‟ona viloyatining Sux tumanida, rivoyat
qo‟shiqlari Jizzax viloyatining G‟allaorol tumanida, do‟mbira va sibizg‟a kuylari
esa asosan Qashqadaryo va Surxondaryo vohalarida o‟z mavqyeini saqlab
qolmoqda.
Shu bilan birga Respublikamiz musiqa madaniyatida tavsif yetilgan to‟rtta
asosiy mahalliy uslub- Farg‟ona-Toshkent, Buxoro-Samarqand, Surxondaryo-
Qashqadaryo va Xorazm musiqiy an‟analarining o‟ziga xosligi, o‟xshashligi, farqli
jihatlari va o‟zaro yaqinlashib borish xususiyatlari bugungi kunda umummusiqiy
madaniyatimizni
keng
diapozoni
va
janr
rang-barangligini
belgilaydi.Respublikamizdagi viloyatlar aholi migrasiyalarining o‟tgan asr
o‟rtalaridan ancha jadallashganligi, aholi umumiy madaniyati, turmush tarzining
ham o‟zaro faollashuvi shuningdek, ommaviy axborot vositalarining ayniqsa,
radio, televideniye kabi vositalarning madaniy qiymatlar(an‟ana, urf-odat,
marosim) almashinuvining tezlashuvi kabi muhim omillar sifatida ko‟rsatilishi
25
mumkin. Ushbu qayd etlgan mahalliy musiqiy uslublarning ayrim ko‟rinishlarini
in‟ikos yetgan Jizzax viloyati xalq musiqasi ham ye‟tiborni o‟ziga tortmoqda.
Shuni alohida ta‟kidlash joizki, xalq musiqasi ijodiyotining mahalliy
uslublariga xos namunalari sifatida tasnif etiluvchi “muayyan vaziyat va tadbiru-
marosim bilan bog‟langan aytim-kuylar”ning hozirgi kunda “zamonaviylashgan”
an‟analar bilan aralashib, “omuxta” ko‟rinishlari paydo bo‟layotganligini ham
ye‟tibordan qochirish, bu holatni ham xolis baholash vaqti keldi. Tabiiyki, ayrim
marosim, urf-odat va mehnat turlarining ijtimoiy mohiyati o‟z kuchini borishi
natijasida ular bilan bog‟liq aytim yoki kuylarning ham dastlabki vazifasi o‟zgarib,
endilikda “nomarosim” xalq musiqasi guruhiga taaluqli bo‟lib qolmoqda, ba‟zi
namunalar yesa o‟z qadr-qiymatini yo‟qotish arafasida turganligidan ham ko‟z
yumib bo‟lmaydi. Yuzaga kelgan bu vaziyatda Respublikamizda bir qatoq chora va
tadbirlar( shu jumladan folklor-etnografik ansambllarining tuzilishi va faoliyatiga
ye‟tibor kuchayganligi, maxsus ko‟rik-tanlovlarning tizimli tarzda o‟tkazilib
kelinayotganligi, musiqiy folklorning turli hududlar (mahalliy uslublar) aholisiga
tegishlilik xususiyatlarini tabiiyligini saqlab qolish, ularni yosh avlod
ma‟naviyatiga, ta‟lim-tarbiyasi mazmuniga yanada chuqurroq singdirish
zaruriyatini vujudga keltirmoqda.
E‟tirof etish kerakki, bizning davrimizga qadar etib kelgan musiqiy folklore
namunalari ko‟proq viloyatlarning qishloq tumanlarida o‟zining tabiiy hayotini
davom ettirib, o‟z tabiiy xususiyatlarini saqlab kelayotgan bo‟lsa-da, biroq shahar
muhiti, turli ijtimoiy guruhlaring ma‟naviy-madaniy talab va ehtiyojlari ta‟sirida ,
ayrim holatlarda chet yel madaniyatiga xos ayrim unsurlar, ko‟rinishlarni
hayotimizga kirib kelishi oqibatida ularning tabiiyligiga putur etib, o‟rni va
ahamiyatiga e‟tibor susaymoqda.
Alalxusus, bugungi shahar folklorining ajralmas qismini “Yor-yor”, “Kelin
salom”, “Alla” kabi hozirda ham asl qiyofasi va ahamiyatini deyarli saqlagan
oilaviy marosim qo‟shiqlari, shuningdek, ohang va so‟z matnlari ma‟lum
o‟zgarishlarga yuz tutgan “Ramazon” aytimi singari namunalargina tashkil etishi
jiddiy muammolardan desak xato bo‟lmaydi. Qolgan ko‟pgina marosim va
26
nomarosim aytimlar, raqslar, raqs-harakatli o‟yinlar tobora “sahna folklori”ga
aylanib borayotganligi ham tashvishli muammolardandir.
Mana shunday vaziyatda xalq musiqa folklorlarini asl ijrochilik an‟analari,
shakllari, usullari, ko‟rinishlarini san‟arshunosik, musiqashunoslik, va xalq tarixiy
turkumi, madaniyati, an‟analari, marosimlari, urf-odatlarining badiiy in‟ikosi
sifatida saqlab qolishi, yoshlarimizni ularni o‟rganish, qadrlash, asrab avaylash va
ularni davom yettiruvchi vorislari sifatida tarbiylash maqsadlarida foydalanish
ta‟lim-tarbiya ishlari uchun daxldor kishilar oldiga o‟ta mas‟uliyatli vazifalarni
qo‟yadi. Bu esa o‟z navbatida ta‟limning barcha bo‟g‟inlarida shu jumladan
bizning tadqiqotimiz manbai bo‟lgan umumiy o‟rta ta‟lim maktablarining musiqa
madaniyati darslarida o‟quvchi-yoshlarni O‟zbekiston deb atalmish yagona
millatning turli vohalarda yashovchi xalqlariga tegishli musiqa folklori bilan
birinchi sinfdan boshlab izchil va maqsadli ravishda tanishtirib borish har bir
musiqa o‟qituvchisining muqaddas vazifasiga aylanmog‟i lozim. Buning uchun
yesa oily pedagogik ta‟lim jarayonida bo‟lg‟usi o‟qituvchilarni xalq musiqa
folklori bo‟yicha malakaviy tayyorgarligini kuchaytirish, musiqa o‟qituvchilarini
o‟quvchilarda milliy xalq musiqa merosi, xususan mahalliy uslublar bo‟yicha
nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish faoliyatiga tayyorlashning pedagogik va
metodik tizimini ishlab chiqish lozim bo‟ladi.Hozirda o‟zbek xalq musiqa ijodiyoti
pedagogika oliy o‟quv yurtlarini “Musiqiy ta‟lim” yo‟nalishlari (musiqa
o‟qituvchilari tayyorlashga ixtisoslashtirilgan), madaniyat va san‟at bilim yurtlari
(boshlang‟ich sinf va maktabgacha ta‟lim muassasalari, musiqa va san‟at
maktablari uchun kadrlar tayyorlaydigan) o‟quv jarayonlariga bir qator fanlar
(o‟zbek xalq musiqa ijodi, an‟anaviy xalq musiqasi va maqom asoslari, an‟anaviy
musiqa ijrochiligi, o‟zbek mumtoz qo‟shiqchiligi, Sharq xalqlari musiqa
madaniyati va hokazo) tarzda tadbiq qilingan. Shu bilan birga o‟zbek xalq
musiqasi durdonalaridan yosh avlodni bahramand etish asosida umumta‟lim
maktablari (1-7 sinf) o‟quv dasturi va darsliklarida ham o‟zbek xalq musiqa
merosiga katta o‟rin ajratilgan. Birinchi sinfdan boshlab o‟quvchilarni xalq musiqa
merosi bilan izchil tanishtirib borish ko‟zda tutilgan.Chunonchi, 1-sinfdayoq
27
o‟quvchilar o‟zbek xalq cholg‟ulari, ayrim aytim namunalari, xalq kuylari bilan
tanishadilar, bolalar folkloriga mansub namunalarni kuylaydilar.4-sinfda yil
mavzusi “Xalq musiqasining ommaviy janrlari” deb nomlanib, unda o‟quvchilarga
ommaviy janrlar-alla, lapar, yalla, qo‟shiq, mavsum-marosim qo‟shiqlari haqida
tushunchalar berish ko‟zda tutilgan.Repertuarga shu janrga mansub ko‟plab
namunalar kiritilgan.
Oltinchi sinfda yesa o‟quvchilar o‟zbek mumtoz musiqasi haqida, shu
asosda Sharq xalqlari mumtoz musiqasi bo‟yicha eng zarur bilimlarni oladilar.
Yettinchi sinfda esa o‟quvchi musiqasining mahalliy uslublari va ularga xos
namunalar haqidagi bilimlar bilan tanishadilar. Shunday so‟ngina xalq musiqa
ijodiyotining oliy cho‟qqisi bo‟lishi maqom musiqasi, Shashmaqom, Farg‟ona-
Toshkent maqom yo‟llari va Xorazm maqomi haqida umumiy bilim va
tushunchalarni o‟zlashtirishga kirishadilar. Ko‟rinadiki, bularning barchasi o‟sib
kelayotgan yosh avlodni milliy qadriyatlarga sodiq, uni sevuvchi, qadrlovchi,
ravnaq ettiruvchi shaxslar qilib tarbiyalash borasidagi ijtimoiy buyurtmaning
asosiy mazmunini tashkil yetadi.
Mustaqillikdan keyingi davrda xalq, musiqa ijodiyoti uning turli janrlari,
shakllari, ijrochilik an‟analari, uslublari, xalq musiqa merosidan estetik, talim-
tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish borasida ko‟plab tadqiqotlar amalga oshirildi.
Ularning natijasi o‟laroq xalq musiqa ijodiyotiga, xususan, folklor musiqa borasida
ko‟plab monografiyalar, o‟quv va uslubiy qo‟llanmalar yaratildi. Bular orasida
F.M Karomatlining “O‟zbek xalq musiqa merosi” turkumli ilmiy asarlari, R.S
Adullayevming “Markaziy Osiyo xalqlari marosim musiqasi” ga bag‟ishlangan
monografiyasi, A.Xasanovning “Musiqa va tarbiya”, R.Y. Yunusov va O.A
Ibroximovning “O‟zbek xalq musiqa ijodiyoti” o‟quv uslubiy qo‟llanmasi,
T.Nozimovning “O‟zbek folklor san‟ati”, I.Qudratovning “Talabalarni xalq
qo‟shiqlari vositasida estetik tarbiyalash” nomli monografiyalari diqqatga
molikdir.
Mustaqil O‟zbekistonomizda milliy musiqamiz ravnaqiga uning targ‟ibotiga
davlat tomonidan alohida va doimiy ravishda e‟tibor berilayotganligini 1997-
28
yildan har ikki yilda Samarqand shahrida o‟tkazilib kelinayotgan “Sharq
taronalari” xalqaro musiqa festivali misolida ham ko‟rish mumkin. Mazkur festival
nafaqat o‟zbek xalq musiqa san‟ati rivojida balki aytish joiz bo‟lsa sharq xalqlari
va keyingi yillarda doirasi kengayib borish bilan ko‟plab G‟arb xalqlari musiqa
madaniyatimizda ham ijodiy hamkorlikning yangi sahifalarini ochib bormoqda
desak mubolag‟a bo‟lmaydi.
Musiqa merosimizning mahalliy uslublariga tarkibida katta mavqyega yega
bo‟lgan yana bir janri dostonchilik ijodiyoti bilan bog‟liqdir.Shu bois ham
mamlakatimizda baxshi dostonchilik san‟ati, ijrochilik an‟analarini rivojlantirish,
keng ommalashtirishga milliy qadriyatlarimizni e‟zozlash va xalq og‟zaki ijodi va
ijrochilik faoliyati bilan xalqimizni, ayniqsa yoshlarni ko‟p ming yillik
madaniyatimiz sarchashmalaridan bahramand qilishdagi salmoqli hissalari hamda
milliy g‟oya va mafkurani shakllantirishni yanada rag‟batlantirish maqsadida
O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus farmoni bilan “O‟zbekiston
respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni ta‟sis yetildi.
O‟zbekistonda “ustoz-shogird” kabi qadimiy an‟analarga asoslangan bir
necha dostonchilik maktablari, mashhur ijrochilik markazlari mavjud.Ular asosan
Samarqand,
Surxondaryo-Qashqadaryo,
Xorazm
vohalarining
bir
qator
hududlarida joylashgan. Hozirgi paytda dostonchi-baxshilarning turli darajada
o‟tkazilayotgan ko‟rik-tanlovlari, teledasturlardagi baxshilar chiqishlari, maxsus
ko‟rsatuvlar,ommaviy bayram tadbirlaridagi chiqishlari bu ko‟hna ijodiyotini
rag‟batlantirishga, ayrim unutilayotgan namunalarni qayta tiklashga qaratilganligi
bilan ahamiyatlidir. Shu bilan birga qadimdan dostonchilik an‟analari mavjud
hududlarining musiqiy bilim yurtlarida (san‟at kollejlari nazarda tutilmoqda) ushbu
soha ijrochiligini amaliy o‟zlashtirgan dostonchi-baxshilar (ya‟ni ixtisoslashgan
professional ijrochilar)ni etishtirish maqsadga muvofiq keladi. Bu borada
Xorazmda amalgam oshirilayotgan ishlar ibratlidir. Bugungi kunda Xorazm
viloyatida Hojixon Boltayev, A.Otajonov nomli musiqa va san‟at maktablarida
xalfalar sinflari mavjud. Bu maktablarda ta‟lim olayotgan o‟quvchilarga Xorazm
xalfachilik san‟atidan tashqari, dostonlardan parchalar, xalq kuylari va
29
laparlarining cholg‟u yo‟llari va aytimlari o‟rgatish yo‟lga qo‟yilgan. Ijrodagi
milliylik, yuqori badiiylik, o‟ziga xos uslubni ifoda etish natijasida bu maktab
o‟quvchilari Respublika va hatto xalqaro bolalar folklor festivallarida
muvaffaqiyatli qatnashib sovrinli o‟rinlarni egallab kelishmoqda.
Bugungi kunda umumta‟lim maktablarida o‟quvchi yoshlarni O‟zbekiston
sarhadida qaror topgan to‟rtta asosiy mahalliy musiqiy uslub, uning mohiyati,
o‟ziga xosligi, o‟xshash va farqli jihatlari, aytim an‟analari, ayrim o‟zigagina xos
janrlari, uslublari bilan tanishtirib borish, ularda milliy o‟zlikni anglashlarida, shu
aziz yurtning chinakam farzandlari bo‟lib, ma‟naviy yetuk axloqiy barkamol
insonlar bo‟lib etishlarida xususan tong ma‟noda madaniyatli shaxs sifatida
shakllanishlarida muhim rol o‟ynaydi.
O‟quvchilarda xalq musiqa ijodiyoti, jumladan, uning mahalliy uslublariga
oid musiqiy tasavvurlarini shakllanishi, ularda mazkur uslublarga xos namunalarni
o‟rganishga nisbatan moyillikning paydo bo‟lishi har bir uslubninng o‟ziga xos
ijrochilik uslublari betakror jozibasini his etish asarlarda ifodalangan mavzu, obraz
his tuyg‟ularning o‟z tuyg‟ulari bilan mutanosibligi ijro yetilayotgan, tinglangan,
tanishgan folklor qo‟shiqlari mazmunida ifodalangan insonning ichki
kechinmalari, hayajonlari orzu-umidlari, intilishlarini xis qilish vatanparvarlik,
xalqparvarlik insonlarga nisbatan mehribon, sadoqatli bo‟lish, mexnasevarlik,
to‟g‟rilik, halollik kabi xususiyatlarining qaror topishiga olib kelishiga muqarrar.
Xalq musiqa namunalari o‟ta kuchli ta‟limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega
bo‟lib, u nafaqat o‟quvchilarni estetik tarbiyalash, balki, ularga milliy qadriyatlarni
singdirish, milliy an‟ana, urf-odat, marosimlaridan xabardor bo‟lish va barkaml
inson shaxsini shakllantirishda ijobiy ta‟sir ko‟rsatadigan kuchdir. Shunday ekan
bugungi kunda musiqa darslarida mahalliy uslublarga xos musiqa folklori haqida
o‟quvchilarga bilim berishda nimalarga ye‟tibor qaratish lozim degan savol
tug‟iladi. Bizning mazkur tadqiqot ishlarini olib borish davomidagi izlanishlarimiz
bu o‟rinda quyidagilarni alohida ta‟kidlash lozimligini ko‟rsatdi:
1. Xalq musiqa ijodiyoti, xususan uning mahalliy uslublar bilan bog‟liq
namunalarini o‟rganish, tanishish, kerakli ma‟lumotlarni egallashga qaratilgan
30
o‟quv mashg‟ulotlari jarayonida nazariy va amaliy bilim hamda tajribalardan, turli
mavsum, marosim, an‟analar bilan bog‟liq qo‟shiq-aytimlarning tarbiyaviy
imkoniyatlaridan foydalanish, ularni o‟quvchilar tomonidan ongli idrok
qilinishigaye‟tibor qaratish;
2. Musiqa madaniyati darslarida o‟quvchilarga ijobiy ta‟sir ko‟rsatadigan
pedagogik muhitni vujudga keltirish, har bir namunani tinglash, o‟rganish,
kuylash, u haqda suhbat, tahlil qilishda estetik tarbiya qonuniyatlariga amal qilish
va musiqa o‟qituvchilarida birinchi navbatda xalq musiqa ijodiyoti, uning mahalliy
uslublariga tegishli namunalarini, turli janrlardagi, hatto dostonchilik qo‟shiqlarini
ijro eta olish ko‟nikmalarini takomillashtirish.
3. Musiqa madaniyati mashg‟ulotlarida xalq qo‟shiqlari (alla, yalla, lapar,
qo‟shiq, katta ashula, dostonchilik qo‟shiqlari, mehnat, mavsum-marosim)ni ijro
qilish uslublari haqida o‟quvchilarga yetarli nazariy ma‟lumotlar berish, ularni
amaliy ijro bilan bog‟lab tushuntirish, ko‟rsatish, shu orqali ularning musiqiy
bilim, ko‟nikma va malakalarini rivojlantirish, estetik did, idrok kabi sifatlarni
shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Ushbu ishlarni amalgam oshirishda ma‟ruza,
seminar, amaliy trening, mehnat vositalaridan foydalanish, she‟riy-bayon, kuylab
ko‟rsatish, mashhur ijrochi-xonandalar, folklor jamoalari ijrolarini eshittirishga
e‟tibor berish. Bu ta‟lim samaradorligini ta‟minlashda muhim omillar ekanligini
unutmaslik;
Tabiiyki, bunday ish tutish natijasida o‟quvchilarda o‟zbek milliy musiqa
merosi, uning turli janr yo‟nalishlari, uslublariga tegishli zarur bilim,
ko‟nikmalarni egallashlarida keng imkoniyat beradi.
Dostları ilə paylaş: |