Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti musiqa, badiiy grafika va mehnat ta



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/27
tarix03.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#106585
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
201487 (1)

Yo Ramazon. Turli urf odatlar va yig‟inlar bilan bog‟liq bir qancha 
qo‟shiqlar yaratilganki, bunga “Yo Ramazon”, “Barot keldi”, “Safar 
qochdi”,”Badik”, “Buda buda boy”, “Sust xotin”, “Boychechak” kabilarni kiritish 
mumkin. Shulardan “Yo Ramazon” eski yil taqvimidagi Ramazon oyida 
bolalarning uyma-uy yurib aytadigan qo‟shiqlari yedi.Bu mazmunan diniy 
qo‟shiqlarga o‟xshasa-da, ularda xonadon egasiga farzand ko‟rish haqida istaklar 
muhim o‟rin tutadi. 
“Sust xotin”- deyarli barcha vohalarda mavjud bo‟lgan. Qurg‟oqchilik 
munosabati bilan yomg‟ir chaqirish marosimida aytiladigan “Sust xotin”, “Talabi 
boron”(Buxoro-Samarqand, Yomg‟ir talabi ) qo‟shiqlari qadimdan qolgan 
animistik tushunchalar bilan bog‟langan. Unga ko‟ra ikkita tayoqni bir-biriga 
ko‟ndalang bog‟lab, ayolar kiyimi kiydiriladi, boshiga ro‟mol o‟raladi. Osmondan 
yomg‟ir tilaydigan bu sust xotin tasviri qo‟g‟irchoqni ayollar yuqori ko‟tarib olib 
uyma-uy yurishadi, hammalari birlashib qo‟shiq aytishadi. Xonadon egalari chiqib, 
sust xotin qo‟shig‟ini aytib kelganlarga suv olib chiqib sepishadi.Non, don kabi 
turli narsalar berishadi.Qurg‟oqchilik, suv tanqis bo‟lgan davrlarda, dala-dashtlarda 
yashagan dehqonlar tabiatga iltijo qilib yomg‟ir tufayli mo‟l hosil bo‟lishini 


47 
tilashgan. Qo‟shiqning murojaat, xitob ohanglari xalqimizning suv haqidagi orzu 
niyatlarini o‟ziga xos yo‟sinda ifodalagan: 
Sust xotin sulton xotin, 
Ko‟lankasi maydon xotin. 
Suv xotin, suvsiz xotin, 
Ko‟ylaklari bo‟z xotin. 
Hosillar mo‟l bo‟lsin suv xotin, 
Dehqonning uyi to‟lsin, suv xotin. 
Kazzobning uyi kuysin, suv xotin, 
Suv xotin, suvsiz xotin. 
Havoni yondirgan, suv xotin, 
Bug‟doyni bo‟ldirgan, suv xotin. 
Yelni to‟ydirgan, suv xotin, 
Suv xotin, suvsiz xotin. 
Farg‟ona vodiysi, Toshkent viloyatida kuy qo‟shiqlarida “Yor-yorlar”, 
“O‟lan aytimlari”, lapar, yallalar, keng tarqalgan. 
“Yor-yorlar” asosan qiz uzatish kechasida aytilgan.Ular o‟zining kuylanishi, 
naqarotlarga ajralib turishi, ko‟pchilik tomonidan aytilishi bilan ajralib turadi.Yor-
yorlarda nozik yumor ba‟zan satirik elementlar kinoyali mazmunda ham bo‟ladi. 
Bunday mazmundagi qo‟shiqlar kuyovni uyiga qiz uzatib borgan yangalar 
aytilgan: 
Qoziqdagi po‟stinning, 
Yengi yirtiq, yor-yor. 
Kuyov pochcham yangasining, 
Labi tirtiq, yor-yor 
Hay-hay o‟lan, jon o‟lan, 
BIr bog‟ poxol, yor-yor. 


48 
Kuyov pochchang so‟rasangiz, 
Paxmoq soqol yor-yor. 
Lapar.Nikoh to‟ylarida qizning uyida o‟tkaziladigan “qiz bazmi”, “Qizlar 
majlisi”, “Qiz oshi”, “Lapar kechasi” deb ataladigan bazmlarda aytiladi. Qizlar 
bilan yigitlar tarafma-taraf bo‟lib kuylashadi.Odatda qizning otasi to‟yga atab ikki-
uch juft kovush olib qo‟yadi. Lapar aytuvchi lovushning bir poyini ushlab turib
lapar boshlaydi va qizlar to‟dasidagi laparchi qizga uzatadi.Ular ham o‟z navbatida 
javob tariqasida o‟z munosabatlarini izhor etib kuylashgan. 
O’lan. Nikoh to‟ylari, ba‟zan bayram kunlari ayrim yig‟inlarda cholg‟usiz 
aytilgan.Ko‟proq chorvadorlar, dehqonlar orasida tarqalgan.Cho‟pon yig‟ish bilan 
Cho‟pon qiz sevgi dardlarini bahslashib, so‟zamollikda, chechanlikda bir-birlarini 
sinagandan tarzda kuylashadi. 
Masalan: 
Yigit: O”yna turib deganda, o‟yna turib, 
O‟rtanaman, kuyaman, seni ko‟rib. 
O”rtanganda, kuyganda seni ko‟rib, 
Yermaklasan, kulasan, labing burib. 
Qiz: Qo‟limda bir uzugim chumdona bos
Oshiq bo‟lsang, oyog‟ing mardona bos. 
Oshiqlik qiz-yigitning ishi yekan, 
Oshiqlikka teng kelmas zari olmos. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin