45
Ayri-ayri tuyoqqa, maydayo-mayda,
Ayri poxol yarashar,
Jilviragan quloqqa,
Tilla sirg‟a yarashar,
Yorg’ichoq qo’shiqlari.Yorg‟ichoq qo‟l tegirmoni. Don qo‟yar yanchilgan,
mehnat og‟ir, qo‟shiq insonga
hamroh
Yorg‟ichoq torta-torta toldi qo‟lim,
Ikki tosh orasida qoldi qo‟lim.
Hunarmandchilik qo’shiqlari. Hunarmand-kosib,
duradgor, kulollar,
bo‟zchilar tomonidan to‟qilgan va ijro yetilgan:
Bo‟z to‟qiymiz qirg‟og‟ini o‟xshatib,
Moki otaman dastginamni qashatib.
Bozordagi shoyilardan yaxshi yetib
Nafisdan o‟xshagan bo‟zim yaxshidir.
Charx qo’shig’i:
Charxim guv-guv etadi,
Tovushi uzoqqa ketadi.
Ovulimning qizlari,
Achchiq olma ekadi.
Achchiq olma pishibdi…
Qo‟shiqning
barcha
satrlaridagi
bo‟g‟inlar
2+2+3
shaklida
guruhlanadi.Kuylashda
ham
o‟zgacha
sho‟xchan
ohangdorlik
kasb
yetadi.Shuningdek, ip yigiruvchining chevarligi o‟z san‟ati
bilan haqli ravishda
faxrlanishi taqqoslovchi yo‟l bilan ochib beriladi.
Yelak ichida kerak,
Ipginam ipak.
Mening ipimday qilib,
Esholmaydi o‟rgimchak
46
Bu kabi qo‟shiqlarda xalq ommasining halol mehnat qilib tirikchilik uchun
kurashi, mehnatni sharaflashi namoyon bo‟ladi.
Mehnat
qo‟shiqlarida
kun
kechirish
tarzi
hamda
kasb
va
hunarmandchilikning hamma xillari o‟z ifodasini topgan.Katta, jo‟n tikishdan
boshlab,go‟zal gilamlargacha, bo‟z to‟qishdan
anvoyi palaklar tikishgacha, jonon
piyolayu, go‟zallikda tovus patlarini yo‟lda qoldiradigan
rango-rang atlas
kimxoblargacha hammasi kishidining qadoqli qo‟li, kechani kunduzga ulagan
mashaqqatli shu bilan birga zavqli mehnati bilan bunyodga kelgan.
Marosim qo‟shiqlari respublikamizning
deyarli barcha hududlarida,
shuningdek, bizning tadqiqotimiz obekti bo‟lgan vohalarda mavjud bo‟lib, ularda
farqli jihatlarga nisbatan o‟xshashlik xususiyatlari ko‟proq namoyon
bo‟ladi.Masalan, Ramazon qo‟shiqlari, “Sust xotin”, To‟y qo‟shiqlarida
umumiylik
xususiyatlari ustuvorlik kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: