Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti musiqa, badiiy grafika va mehnat ta


Buxoro-Samarqand dostonchilik an’analari



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/27
tarix03.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#106585
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
201487 (1)

Buxoro-Samarqand dostonchilik an’analari.Dostonchilik an‟analari 
asosan Bulung‟ur, Qo‟rg‟on, Narpay, Nurota tuman hududlarida qaror topgan. 
Ulardan Bulung‟ur va Qo‟rg‟on dostonchilik maktabi ancha mashhur. Bulung‟ur 
maktabi vakillaridan Amin baxshi, Chinni shoir, Tovbuzar shoir, Qurbonbek shoir, 
Yo‟ldosh bulbul, Yo‟ldosh shoir, Qo‟ldosh Suyar, ayniqsa Fozil Yo‟ldosh o‟g‟li 
(1872-1955) juda mashhur. 
Qo‟rg‟on dostonchilik maktabida ham Yodgor baxshi, Lafas shoir, Mulla 
tosh, Mulla Xolmurod, Yergash Jumanbulbul (1868-1937), Po‟lkan shoir (1874-
1941) yirik vakillari hisoblanadi. 
Farg’ona-Toshkent musiqa uslubi. Farg‟ona-Toshkent shahar va 
viloyatlari hududlarida yashovchi xalq musiqa hayotida vujudga kelgan turli 
an‟ana, urf-odat, marosim, bayramlar bilan bog‟liq kuy-qo‟shiqlar, aytimlar va 
maqom yo‟llaridir. Xalq musiqasiga oid kuy, terma, lapar, yala, qo‟shiq, mumtoz 
asarlar janrlariga mansub ashula, dostonchilik, maqomchilik kabi san‟at 
yo‟nalishidagi asarlar bu uslubda keng taraqqiy topgan..Bundan tashqari bu 
mahalliy uslubda bolalar folklori, xotin-qizlar qo‟shiqchilik ijodi yallachilik, 
ashulachilik ham keng ommalashgan.Bolalar qo‟shiqlari “Boychechak”, Yomg‟ir 
yog‟aloq” “Laylak keldi” “” “Oftob chiqdi” kabi she`rlar jumlasidandir. 
Farg`ona-Toshkent musiqa uslubi “Katta ashula” deb nom olgan ashula janri ham 
bo`lib, bu boshqa uslublar musiqa amaliyotida uchramaydi.Dostonchilik 
an`analarida maqom “Alpomish” “Rustamxon” “Avazxon” “Shirin bilan Shakar” 
singari dostonlar ijro yetib kelinadi. 
Farg`ona-Toshkent ansamblida deyarli barcha xalq cholg`ulari-dutor, tanbur, 
rubob, nay, sato, g`ijjak, qo`shnay, surnay, karnay, doira, nog`ora, ko`rish 
mumkin.Bu cholg`ularning ayrimlari uchun maxsus ijro yetiladigan kuylar bor. 


36 
Karnay, surnay, nog`ora, to`y bazmlari bilan bog`liq marosimlarda (Shodiyona, 
Duchava), dutor cholg`usi uchun “Qo`shtor”, “Chertmak”, “Dutor bayoti” kabi 
kuylar, tanbur, sato, nay, qo‟shnay, g‟ijjak, chang singari sozlar asosan kasbiy 
musiqalar ijrosida qo‟llaniladi. Raqs kuylari ancha mashhur-”Tanovar”, “Dilxiroj”, 
“Andijon polkasi” , “Katta o‟yin” kabilar ayniqsa juda mashhur. 
Farg‟ona vodiysida xotin-qizlar ijodi, xususan lapar, yalla, yor-yor 
aytishuvlari, kelin salomlar ommaviy tus olgan.Yallachilik san‟ati yesa alohida o‟ri 
tutadi.Yalla-bu band-naqarot shaklidagi aytim bo‟lib, u raqsga tushib 
kuylanadi.Yakkaxon-yallachi doira jo‟rligida raqsga tushib bandlari kuylasa, 
naqarotlarni davrada hozir bo‟lgan ko‟pchilik aytishadi. Bundan tashqari Buxoro-
Samarqand sozandalari va Xorazm xalfalari san‟atiga yaqin bo‟lgan kasbiy 
yallachilar ham bo‟lib, ular yakka holda yoki ansambl tarzida namoyon b o‟ladi. 
Toshkent-Farg‟ona uslubida xalq ashulalari o‟ziga xos mavqyega yega. Ular 
barmoq va aruz vaznidagi she‟rlar asosida aytiladi, diapozonini kengligi bilan 
farqlashadi. Ular xalq og‟zaki musiqa ijodiga tegishli va kasbiy musiqaga oid 
bastakorlar tomonidan yaratilgan ashulalarga “Tanovar‟, “Ey nozanin”, “Farzona”, 
“Ul parivash”, “Chaman yalla” kabi ko‟plab namunalarni misol keltirish mumkin. 
Ashulalar mohir ijrochilari Mamatbobo Sattorov, Yerkaboy qori, Ortiqxo‟ja 
Imomxo‟jayev, Rasulqori Mamadaliyev, Jo‟raxon Sultonov, Ma‟murjon Uzoqov, 
Zaynab Polvonov kabilar el sevgan mashhur xofizlardir. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin