Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti musiqa, badiiy grafika va mehnat ta



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/27
tarix03.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#106585
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
201487 (1)

Ilmiy rahbar: E.K.Djalilov 
 
 
 
 
 


74 
SamDU, Musiqiy ta’lim yo’nalishi bitiruvchi kurs talabasi Sattarov Abdullo 
Ashraf o’g’lining “O’ZBEK XALQ MUSIQASINING MAHALLIY 
USLUBLARI MAVZUSIDA DARSLARNI TASHKIL ETISHNING O’ZIGA 
XOSLIGI” mavzusidagi 
bitiruv malakaviy ishiga berilgan. 
T A Q R I Z. 
Umumta‟lim maktablari musiqa madaniyati fani dasturlari mazmunida 
milliy musiqa meroslaridan foydalanishga yetakchi ahamiyat berilgan. 
Hozirgi kunda o‟quvchilarga berilayotgan ta‟lim – tarbiyada musiqa boshqa 
estetik fanlardan dolzarbligi hamda muhimligi bilan ajralib turadi.Musiqa darsi 
umumta‟lim tizimining ajralmas qismi bo‟lib, u bolalarda emotsional ijodiy 
tuyg‟ularni o‟stirishga, ularning badiiy taassurotlarini boyitishga da‟vat etadi.Bu 
esa bola shaxsini shakllantirishdagi muhim yo‟ldir. Shu ma‟noda o‟quvchilarni 
musiqa san‟atiga qiziqtirish, avvalambor ularning eshituv qobiliyatlarini, musiqiy 
idroklari va eng muhimi va murakkabi hisoblanmish ijrochilik malakalarini 
shakllantirish jamiyatimizda haqiqiy san‟at ahlini, madaniyatli va yuksak odob-
axloqli yosh avlodni safini oshishiga xizmat qiladi. Mazkur bitiruv malakalaviy 
ishida muallif tadqiqoti davomida quyidagi yutuqlarga erishgan va mavzuga oid 
muammolarni hal qilishga harakat qilgan. Bunda o‟zbek xalq musiqasining 
mahalliy uslublari mavzusida darslarni tashkil etishning o‟ziga xosligi,pedagogik 
imkoniyatlari, nazariy hamda uslubiy asoslarini o‟rganish ushbu jarayonni samarali 
tashkil etishga yo‟naltirilgan ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
O‟quvchilarda
musiqiy merosimizda salmoqli o‟rin tutuvchi mahalliy 
uslublarimizga xos asarlarimiz, cholg‟u kuylarimizni ijro etish, uning eng 
murakkab elementlarigacha his etib mahorat bilan ijro eta olish malakalarini 
shakllantirish va ularni ijro mahoratlarini yanada kuchaytirib borish uchun, 
musiqa darslarida o‟zbek xalq musiqasining mahalliy uslublari mavzusida 
darslarni tashkil etish samarali jihatl
ari bilan alohida ahamiyat kasb etuvchi 
darslarning rolini kuchaytirish alohida ahamiyat kasb etishi haqida batafsil 
yoritilgan. Bundan tashqari mahalliy uslublarga xos qo‟shiqlarni ijrosi jarayonida 
asardagi muayyan mazmunni his eta olish, uni mahorat bilan ijro etish malakalari 


75 
borasidagi ta‟lim mazmuni va sifatini belgilovchi ish shakli va usullarini 
pedagogik asoslarini ko‟rsatib bera olgan. 
BitiruvchiSattarov Abdullo Ashraf o‟g‟li o‟zining “O‟zbek xalq 
musiqasining mahalliy uslublari mavzusida darslarni tashkil etishning o‟ziga 
xosligi”deb nomlangan bitiruv malakaviy ishining 1-bobi mazmunida o‟zbek xalq 
musiqasining mahalliy uslublarining umummilliy madaniyatimizdagi mavqeyi, 
adabiyotshunoslik san‟atshunoslikka oid manbalarga tayangan holda tahlil 
qilingan.
Ishning 2-bobida esa o‟zbek xalq musiqasining mahalliy uslublari 
mavzusida darslarni tashkil etishning shakl va usullari va pedagogik mazmuni 
yoritib berilgan.
Chiqarilgan xulosa va muallifning o‟z izlanishlari samarasi o‟laroq bergan 
tavsiyalari ham ilmiy qiymatga egaligi bilan diqqatga molikdir. 
SamDU p.f.n. dots: N.S.Quyomov 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin