Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix18.10.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#65419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika

Azotning aylanishi. Yer po‘stidagi, atmosfera va gidrosferada azotning 
tarkibi (massasi bo‘yicha) 0,04% tashkil etadi. Azotning asosiy qismi tabiatda 
erkin holatda atmosfera havosi tarkibida bo‘ladi, unda molekulyar azot 
ulushiga 78,2% to‘g‘ri keladi. Tabiatda azotning noorganik birikmalari oz 
miqdorda uchraydi (CHilining Tinch okeani qirg‘oq buyida qalin qatlam hosil 
qiluvchi NaNO3 natriyli selitradan tashqari). To‘proq kam miqdorda azotga 
ega, ko‘proq azot kislotasi tuzlari NNO3 ko‘rinishida bo‘ladi. Murakkab 
organik birikmalarning oqsil-azot ko‘rinishi barcha tirik organizmlarda 
mavjud. 
Ko‘pchilik tirik organizmlar, xususan o‘simliklar atmosferadagi azotdan 
(molekulali) to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalana olmaydi, ular azotni tuproqdan faqat 


14 
(ammiak, karbamid va azot kislota tuzi) birikmalar ko‘rinishida iste‗mol qiladi. 
Gumus tarkibida azot ko‘pincha 3-5%, kam holatlarda 10% gacha tashkil etadi.
Azot birikmasi suvda oson eriydi, shuning uchun atmosfera yog‘inlari va 
sizot suvlari uni to‘proq tarkibidan yuvadi. To‘proqda azotning kamayib 
ketishini boshqa sababi, qishloq xo‘jaligi ekinlari orqali chikib ketishidir. 
Shuning uchun to‘proq tarkibiga doimiy azot tarkibli o‘g‘itlar kiritiladi. 
Insonning azotni yillik iste‗mol qilish me‗yori 5 kg teng, shuning uchun 
insonning normal ehtiyoji uchun xar yili 30-32 mln.t. azot talab etiladi. 
Azotning tabiiy aylanish sxemasi 5.2 rasmda ko‘rsatilgan.
2-rasm. Tabiatda azot aylanishining soddalashgan sxemasi. 
Atmosferada azot denitrifikatsiya jaryonida (nitrat va nitritlarning 
molekulyarli azotgacha biokimyoviy qayta tiklanishi), vulkon gazlari va sanoat 
chiqindilaridan (tutun, chiqindi gazlar) paydo bo‘ladi. Denetrifikatsiya asosan, 
Psendomonus and Micrococcus mikrooorganizmlar turi orqali amalga 
oshiriladi. 
Havodan azotni o‘zlashtirish azotfiksatsiya jaryonida, bakteriyalar va suv 
o‘tlari orqali (ko‘k-yashil o‘simliklar), atmosferada foto – va elektrofikatsiya 
(m: momaqaldiroq) va sanoatda ammiakini sintezlashda sodir bo‘ladi. 
Azotfikatsiya azotbakteriya deb nomlangan hayot faoliyatida amalga 
oshadi. Ba‗zi bir bakteriyalar o‘simliklar ildiziga joylashib tavsif-li tugunchalar
hosil qilganligi uchun klub bakteriyalar nomini olgan. 


15 
Azot birikmalarining o‘simlik uchun foydalanish imkoniyati bor bo‘lgan 
qismi oqsilning parchalanishidan hosil bo‘ladi. Bu jarayon bir qancha 
bosqichlardan iborat. Birinchi bosqichda, mikroorganizmlar ishlab chiqadigan 
proteaz fermentlari ta‗sirida, oqsillar aminokislotagacha parchalanadi. Ikkinchi 
bosqichda, bakteriyalar ta‗siri ostida, aktinomitset va aminokislota qo‘ziqorini 
parchalanishida ammiak hosil qiladi. Shuning uchun ushbu bosqich 
ammonifikatsiya deb nomlanadi. 
Ammonikatsiyada boshqa moddalar ham hosil bo‘lib, ularning ko‘pchilligi 
yoqimsiz hidga (sulfid kislotasi, indol, markaptan) ega bo‘ladi, shuning uchun 
oksillarning parchalanishi ko‘pincha chirish deb ataladi. 
Ajralib chiqqan ammiak ko‘pincha o‘simliklarni oziqlantirish uchun 
foydalaniladi, qolgan qismi bakteriyalar yordamida kislorod ishtirokida avval 
azotli kislotaga (yoki nitritlarga) keyin esa azotgacha (yoki nitratgacha) 
oksidlanadi. Bu bosqichda azotga aylanish nitrifikatsiya deb ataladi. 
Netrifikatsiya reaktsiyasida energiya ajralib chiqadi va undan bakteriyalar 
o‘zining hayot faoliyatida foydalanadi, ya‗ni ular xemoavtotroflardir.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin