Tabiiy resurslar va ularning tasnifi. Inson jamiyatining tabiatga ta‘siri,
asosan, insonning tabiiy resurslarga bo‘lgan extiyojini kondirilishiga qaratilgan.
Jamiyat hayotini tabiiy resurslarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Insonning hayoti,
xo‘jalik faoliyati uchun zarur bo‘lgan barcha tabiiy jismlar, xodisalar va
jarayonlar tabiiy resurslar deb tushiniladi. Tabiiy resurslar real va potensial
tabiiy resurslarga ajratiladi. Jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida inson
tomonidan foydalaniladigan barcha resurslar real tabiiy resurslar deydi.
Potensial tabiiy resurslar deganda tabiatda mavjud, lekin jamiyat
taraqqiyotining muayyan bosqichida ayrim sabablarga kura inson tomonidan
foydalanilmaydigan resurslar tushuniladi. Masalan, dengiz va okean suvlari
21
tozalash texnik vositalarining mukammal emasligi natijasida ichimlik suvi
sifatida
foydalanilmaydi.
Tabiiy resurslar inson ta‘siri nuqtai nazaridan 2 guruhga ajratiladi:
1.Tugaydigan.
2. Tugamaydigan tabiiy resurslar.
Tugaydigan tabiiy resurslar o‘z navbatida 2 guruhga ajratiladi:
a)
tiklamaydigan
tabiiy
resurslar
(foydali
qazilmalar);
b) tiklanadigan tabiiy resurslar (o‘simlik va hayvonot dunyosi, qisman
tuproq).
Tugamaydigan tabiiy resurslarga suv resurslari, iqlim resurslari (atmosfera,
shamol energiyasi va h.o.) va kosmik resurslar (quyosh radiasiyasi) kiradi. Bu
resurslardan foydalanish ularning kamayishiga olib kelmaydi. Lekin bu
resurslarga inson ta‘sirining olib borishi ular holatining o‘zgarishga olib kelishi
mumkin. Masalan, suv resurslarining ifloslanishi, atmosfera tarkibining
o‘zgarishi va h.o.
O‘simlik va hayvonlar biosferaning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, tabiiy
resurslar orasida muhim o‘rin egallaydi.
Tabiatda muvozanat ko‘p jihatdan o‘simlik va hayvonlarning xilma-
xilligiga bog‘liq. Biosferadagi moddalar davriy aylanishi tirik organizmlarning
bevosita ishtiroqida o‘tadi. O‘simlik va hayvon maxsulotlarisiz hayotni
tasavvur qilib bo‘lmaydi.
O‘simlik resurslari tugaydigan va tiklanadigan tabiiy resurslarga kiradi.
O‘simliklar yer yo‘zidagi hayotning asosidir. Sayyoramizda 500 mingdan ortiq
o‘simlik turlari aniqlangan. O‘simliklar kislorod va organik moddalar
manbaidir. Fotosintez jarayonida ular CO2 ni yutib O2 chiqaradi. Har yili
o‘simliklar tomonidan 200 mlrd. tonnadan ortiq organik moddalar sintez
qilinadi. Bu moddalar barcha boshqa organizmlar uzun ozuqadir.
Tabiat va odam uchun ahamiyatiga kura o‘simliklarni 3 guruhga ajratish
mumkin:
1) Suv xavzalarida yashovchi o‘simliklar. Bu o‘simliklar inson
tomonidan kam foydalanaladi. Lekin ular O2 va organik moddalar manbai
hisoblanadi.
2)Tuproqda yashovchi o‘simliklar bakteriyalar,zamburuglar,suvo‘tlar.
Bular tuproqdagi tirik organizmlar qoldiqlarining parchalanishida muhim rol
o‘ynaydi, hamda tuproqning unumdorligiga ta‘sir qiladi.
3) Yer yuzasida o‘sadigan o‘simliklar. Bu o‘simliklar juda turlarga boy
bo‘lib, inson tomonidan eng ko‘p foydalaniladi hamda inson ta‘siri ostida
22
bo‘ladi.
O‘simliklar biomassasining asosiy qismini o‘rmonlar tashkil qiladi. O‘rmon
maxsulotlarisiz,birinchi navbatda yog‘och maxsuulotlarisiz odamlar hayotlar
tasavvur qilish qiyin. Yog‘ochdan 20 mingga yaqin turli maxsulotlar olinadi.
O‘rmonlar daryolardagi suv xajmini tartibga solishda, tuproqni eroziyadan
saqlashda, atmosferadagi kislorod balansini boshqarishda, binobarin, yerdagi
tirik organizmlar uchun zarur sharoitlarni yaratishda juda muhim rol o‘ynaydi.
O‘rmonlar tabiatdagi iqlim va suv balansini boshqaruvchi omildir.
O‘rmon va daraxtzorlarning qishloq xo‘jaligi uchun ahamiyati juda katta.
Ular maydonlaridagi iqlimni yaxshilaydi, suv bug‘lanishini kamaytiradi va
hosildorlikni oshiradi. Daraxtlar o‘g‘it va ximikatlar oqimini to‘xtatadi va
ulardan tuproqni tozalaydi.
O‘rmonlarning umumiy maydoni 4,1 milliardga, yaqin, ya‘ni
quruqlikning 33 % ni tashkil qiladi. O‘zbekistonda o‘rmonlar maydoni 937
ming ga, .lekin yerning yashil qobig‘i tuxtovsiz qisqarib bormoqda. Keyingi
10000 yil ichida yer sharidagi o‘rmonlarning 2/3 qismi kesib yo‘qotildi,
ayniqsa aholi zich rayonlarda. Natijada 500 mln. chadan ortiq yerlar hosilsiz
cho‘lga aylandi.
O‘rmonlarning tartibsiz keslishi tabiatdagi ekologik muvozanatning
buzilishiga va noxush oqibatlarga olib keladi. Tuproq eroziyasi jarayonlari
kuchayib ketdi, daryo va qo‘llarda suv satxi pasaydi, ko‘plab toshkinlar
kuzatilmoqda.
O‘rmonlarni tiklash ko‘p mexnat va vaqt talab qiladi. Shuning uchun
o‘rmonlardan oqilona va rejali foydalanish zarur. O‘rmonlardan oqilona
foydalanish uchun ularning holatini yaxshilab o‘rganish zarur. Xo‘jalik
ahamiyatiga qarab o‘rmonlar 3 guruhga ajratiladi.
1. Birinchi guruhga shahar, ishlab chiqarish markazlari atrofidagi
daraxtzorlar, daryo va yo‘llar atrofidagi ximoya daraxtzorlari kiradi. Bunday
daraxtzorlarni kesish taqiqlanadi. Faqat kasallangan va qurigan daraxtlar
kesiladi.
2. Ikkinchi guruhga suv saqlash uchun zarur bo‘lgan o‘rmonlar, aholisi
zich bo‘lgan va sanoat rivojlangan rayonlardagi o‘rmonlar kiradi. Bu guruhga
kiradigan o‘rmonlar cheklangan darajada kesiladi.
3. Uchinchi guruhga o‘rmon ko‘p va zich joylashgan rayonlardagi
o‘rmonlar kiradi. Bunday o‘rmonlar xalk xo‘jaligining talabini hisobga olgan
xolda cheklanmagan miqdorda kesilishi mumkin.
Qaysi maqsadda ishlatilishiga qarab o‘rmonlarni yana bir qancha guruhlarga
ajratish mumkin:
-suv saqlash uchun zarur o‘rmonlar-suv balansini boshqaradi va daryo
23
bo‘ylarida joylashadi.
-ixota o‘rmonlari-dasht va o‘rmon -dasht zonalarida barpo etiladi.
Bunday daraxtzorlar tuproqni eroziyadan saqlash, dalalarni shamoldan saqlash,
kumlarni mustaxkamlash, jarliklarni vazifasini bajaradi.
-shaharlar atrofidagi o‘rmonzorlar - sanitar-gigiyenik va estetik
ahamiyatga ega. Bunday darxtzorlar atmosfera tarkibini yaxshilash va dam
uchun xizmat qiladi.
-yo‘llar atrofidagi daraxtzorlar - temir yul,avtomobil yo‘llarini kum va
kor bosib qolishidan ximoya qiladi.
Qo‘riqxona o‘rmonlari - o‘simliklik va hayvonlarning noyob turlarini saqlab
qolishda ahamiyatga ega .
O‘rmonlardan oqilana foydalanish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish
kerak:
a) o‘rmonlarning geografik joylashishini,imkoniyatini ilmiy asosida
to‘liq o‘rganish va o‘rmon xo‘jaliklarini to‘g‘ri joylashtirish.
b)yog‘ochni tayyorlash, tashish va qayta ishlash jarayonida
isrofgarchilikni kamaytirish. O‘rmon sanoati eng ko‘p isrofgarchilikka yul
kuydigan sanoatdir.
v) o‘rmonlarni yong‘indan ximoya qilish . o‘rmon yong‘inlari Har yili 2
mln. Tonna organik moddani yuk qiladi. Yong‘inlar o‘rmon xo‘jaligiga zarar
keltirib,daraxtlarning o‘sishini qiyinlashtiradi,tuproqning holati
yomonlashadi,zararkunanda xasharotlari ko‘payadi. Yong‘inlarning 97% ga
inson sababchi bo‘ladi.
O‘rmonni yong‘indan ximoya qilish uchun yong‘inga qarshi yulaklar tashkil
qilish, mineralli yo‘llari tashkil qilish va yong‘inni aniqlovchi va uchiruvchi
zamonaviy texnikadan foydalanish kerak.
g) o‘rmonlarni zararkunanda va kasalliklardan ximoya qilish.
Xashorotlar kemiruvchilar va kasalliklar o‘rmonga juda katta zarar yetkazadi.
Eng katta zarar o‘simlikxo‘r xasharotlar tomonidan yetkaziladi. Yetkazilgan
zarar Harakteriga qarab xasharotlarni birlamchi va ikkilamchi
zararkunandalarga ajratish mumkin. Birlamchi zararkundalar (kapalaklar,
kungizlar, arrakashlar) odatda soglom o‘simliklarning bargini yeb, o‘simlikni
nobud qiladi yoki kuchsizlantirib kuyadi. Bu esa o‘simliklarga ikkilamchi
zarakunandalarning xujumiga sharoit yaratadi. Ikkilamchi zararkunandalarga
pustlokxur, muylovdor, uzunburun va lubxur kungizlar kiradi.
Zararkunandalarga qarshi kurashning xo‘jalik, fizik-mexaniq, kimyoviy
va biologik usullari mavjud. Xo‘jalik usli zararkunandalarning yoppasiga
ko‘payishini oldini olish va o‘simliklarning chidamliligini oshirishga
qaratilgan. Fizik- mexaniq usul xasharotlarni Yorug‘lik tutqichlari, feromon
24
tutqichlar, tutqich belboglari yordamida yo‘qotishga asoslangan. Kimyoviy
usul zaharli ximikatlar qo‘llanishiga asoslangan. Biologik usul esa
zarakunandalarga qarshi ularning tabiiy kushandalarini qo‘llashga asoslangan.
Biologik usullar orasida mikrobiologik usul alohida urin to‘tadi.
Daraxtzorlar tashkil etish ishlariga ham alohida e‘tibor berishi lozim.
Daraxtzorlar dalalarni ximoya qilishda va shaHarlardagi sanitar-gigiyenik
holatni yaxshilashda katta ahamiyatga ega.
Dalalarni ximoya qilish uchun lenta shaklidagi daraxtzorlar tashkil
etiladi. Namligini saqlash va suv eroziyasidan dalani ximoya qilish uchun
odatda keng lentali daraxtzorlar, shamol eroziyasiga qarshi tor lentali
daraxtzorlar tashkil etiladi.
Shaharlar atrofidja-daraxtzorlar tashkil etish shaHar havosini kislorodga
boyitishda muhim ahamiyatga ega. Bunday daraxtlar quyosh issiqlik
energiyasini deyarli yarimini qaytarib, havo namligini oshiradi, o‘zidan
fitonsidlar ajratib, kasallik kuzgatuvchi mikroblarni nobud qiladi. Bundan
tashqari ular chang va aerozollarni tutib kolib, havoni tozalaydi.
O‘zbekiston territoriyasida, o‘rmonlar notekis taqsimlangan. 79-80%
o‘rmonlar tekisliklarga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston o‘rmonlariga tog, dasht va
vodiy o‘rmonlar ajratiladi. Tog‘ o‘rmonlari asosan archa, yong‘oq, olcha,
yovvoyi olma, bodom, pista kabi o‘simliklardan iboratdir. Dasht o‘rmonlar
asosan qora va oq saksovuldan iborat. Vodiy o‘rmonlari Amudaryo, Sirdaryo,
Zarafshon va Chirchik voxalarida joylashgan bo‘lib asosan akasiya, tol, terak,
chinor, jiyda va boshqa o‘simliklardan iborat.
Hozirgi vaqtda noyob va xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan yovvoyi
o‘simliklar ham muxofaza qilishga muxtoj. Bu o‘simliklardan dori moddalari,
lak-bo‘yoqlari, efir moylari olish uchun ko‘p foydalanish natijasida ularning
soni kamayib bormoqda.
Hozirgi davrning asosiy vazifalaridan biri nafaqat turlarining xilma-
xilligini, balki ularning genetik xilma-xilligini ham saqlab qolishdir. Tajribalar
shuni ko‘rsatdiki, soni kamaygan turlarning yo‘qolib ketishiga nafaqat
insonning ta‘siri, balki yangi sharoitlarga moslanish ichki imkoniyatlarining
yo‘qolishi ham xavf solmoqda.
Tabiiy populyatsiyalar kuchli antropogen ta‘sirni boshidan
kechirmoqda. YuNESKO ma‘lumotlariga kura, keyingi 100 yil ichida inson
faoliyati natijasida 25 ming tur yuqori o‘simliklar, 1 ming tur umurtqali
hayvonlar yo‘qolib ketish arafasida turibdi.
Yer shari florasining kambag‘allashishi ko‘pgina davlatlarda ―Qizil
kitob‖-yo‘qolib ketish arafasida turgan turlar ro‘yxatini tuzishni takazo etdi.
25
Biror to‘rning yo‘qolib ketishi nafaqat turlar xilma-xilligining
kamayishiga,balki muvozanatdagi biotsenozlar uchun ham sezilarli zarbadir.
Dostları ilə paylaş: |