Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix18.10.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#65419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika

Suvning aylanma harakati. Suv moddasi biosfera tarkibiga kiruvchi 
muhim kimyoviy birikma. U tirik organizmlarning 80-90% biomassasi asosini 
tashkil etadi. Uning tabiatda aylanishini, oddiy tarzda, quyidagicha bayon etish 
mumkin. Doim Yerdagi manbalaridan suv bug'lanib havo muhitida suv 
molekulalari yig'iladi. So'ngra ma'lum shart - sharoitda ular asosida yog'in-
sochin vujudga kelib, yana suv Yer yuzasiga qayta tushadi. Yoqqan yomg'ir 
(yoki erigan qor, do'l va muzliklar)ning bug'lanishi sababli, ma'lum miqdordagi 
suv yana atmosferaga ko'tariladi, yog'in-sochin suvlarining qolgan qismi 
tuproqqa singishi hamda bevosita suv havzalarini to'ldirib turadi.
Tuproqdagi 
suvlar, 
o'simliklar, 
shuningdek, 
jonzotlar 
tomonidan 
o'zlashtiriladi va pirovard natijada, modda - energiya almashinishi hamda 
boshqa tabiiy jarayonlar tufayli yana havo muhitiga o'tadi. 
Tuproqlarga singib o'tgan ma'lum miqdordagi suvlar tuproq qatlamlaridan 
o'tib, yer osti suvlariga qo'shiladi. Barcha manbalardan suv yana bug'lanadi va 
shunday qilib, uzluksiz ravishda aylanib turadi. Mazkur tabiiy jarayonning 
ma'lum bo'g'inida, so'zsiz, odamlar va hayvonlar iste'mol qilgan suvlar ham 
ishtirok etadi. Buni tasavvur etish aytarli darajada, qiyin emas, albatta. Barcha 
bug'langan suvlar, o'z navbatida, havoda aerozol ko'rinishda — bulutlarni hosil 
qilib, ma'lum shart-sharoitda yog'in-sochin ko'rinishida Yerga tushadi va 
hokazo. 
Karbonning biosferada aylanishi. Biosferaning juda katta qismini 
o'simliklar tashkil qilishi ko'pchilikka yaxshi ayon. O'simliklar, o'z navbatida, 
atmosferada yig'ilgan karbon-IV-oksidi, ya'ni karbonat angidridi (CO
2
) ni 


10 
fotosintez jarayonlari paytida quyosh energiyasi yordamida o'zlashtiradi. 
Yashil o'simliklar, dastavval, oddiy karbon suvlar (monosaxaridlar) ni hosil 
qilib, so'ngra ulardan ancha murakkab birikmalar, jumladan, polisaxaridlar. 
Yog‘, oqsil va boshqa organik moddalarni vujudga keltiradilar. Ularga yana 
shifobaxsh dorivor va darmondori (vitamin) moddalari kabi ko'plab turdagi 
birikmalami ham kiritish mumkin. 
Ta'kidlash joizki, o'simliklar tomonidan. tuproq tarkibidagi suv va unda 
erigan moddalar, har xil mikroelementlarni hamda havo tarkibidan karbonat 
angidridini olib, fotosintez jarayonlari vositasida, o'zlashtirilishi tabiiy bir 
mo'jiza, albatta. Bunda quyosh energiyasining kimyoviy energiyaga aylanib 
reaksiyalarga sarf bo'lishi kuzatiladi. Hosil bo'lgan xilma-xil organik moddalar 
esa biosferadagi geterotrof organizmlar, ya'ni zamburug'lar va turli boshqa 
hayvonlar uchun oziqa mahsulotlari sifatida xizmat qiladi. 
Ma'lumki, tirik organizmlar - hayvonot olami va odamlarning nafas olish 
jarayonida havoga karbonat angidridini ko'plab chiqaradi. Ularni yashil 
o'simliklar o'zlashtiradi. Fotosintez yo'li bilan karbon elementi har xil organik 
modda-mahsulotlar tarkibiga o'tadi va vaqti kelib, hayvonlar organizmiga bu 
mahsulotlar kelib tushadi. Ana shunday ketma-ketlikda karbon elementi (C) 
havoga oksid modda, ya'ni karbonat angidridi (CO
2
) ko'rinishida chiqariladi. 
Geterotrof 
organizmlarning 
hayot 
faoliyati 
natijasida 
organik 
birikmalarning kimyoviy energiyasi mexanik, elektr va boshqa turdagi 
energiyalarga ham aylanadi. O'simlik va hayvonlarning o'lgan tanasi qoldig'ini 
bakteriyalar vositasida parchalanishi orqali yana karbonat angidridi gazi ajralib 
chiqadi. U oksidlanish -bijg'ish mahsuli. Karbon elementming ma'lum qismi 
esa, yer osti qatlamlari orasida yonilg'i mahsulotlar: ko'mir, gaz, neft va boshqa 
tabiiy resurslar ko'rinishida yig'iladi. Ular qazib olinib, qayta ishlanib. 
energetik rnanba sifatida foydalanilishi natijasida havoga, takroran, karbonat 
angidrid sifatida karbon elementi aylanib chiqadi. 
Yuqoridagilardan tashqari, yirik suv havzalari: dengiz va okeanlar tubida 
ohaktosh-karbonat tuzlar (CaCO
3
) shaklida karbon elementi jamlangan bo'ladi. 
Ohaktoshlar tog' hosil bo'lish jarayonlari sababli ham, Yer yuzasiga chiqib 
qoladi. Ularni qazib olib, qayta ishlash jarayonlariga uchratilib va hokazo 
yo'llar bilan karbon elementining aylanma harakati uzluksiz davom etadi. 
Shunday qilib, xulosa qilinsa, tabiatda doim turli kimyoviy element va 
moddalarning aylanma harakatlari bo'lib turadi. 


11 
Xuddi karbon elementidek, tabiatda hamma vaqt boshqa elementlar ham 
aylanma harakatda bo'ladi. rasmda sxematik ko'rinishda azot (Nitrogen) 
elementining aylanishi tasvirlangan. Qolgan elementlar ham shunga o'xshash. 
Shunday qilib, rasmlarda keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra biosferaning jonli 
unsurlari bilan tabiiy noorganik modda manbalari o'rtasida, uzluksiz ravishda, 
o'zaro aloqa bo'lib turadi. Bunda modda — energiya almashinish jarayonlari 
amalga oshadi. Aynan shuning o'zi hayot belgisi desak, aslo xato bo‘lmaydi. 
Shunday qilib, tabiatda uzluksiz quyosh nuri (energiyasi) vositasida, 
anorganik moddalardan organik (tirik organizm uchun o'ta zarur) birikma—
qand hamda atmosfera havosini yangilanib turishi uchun sof kislorod gazining 
hosil bo'hshi kuzatiladi. 
Yer sayyorasidagi biosferaning funktsiyasi, uning tutgan o'rni muhim 
ekanligini alohida ta'kidlash mumkin. Aynan jonli mavjudotlar tufayli ham, 
Yer sathi qatlamlari (litosfera) da, albatta, uzoq geologik davrlar orasida turli 
mineral jins va tuproqlarning zahiralari ham uzluksiz tiklanib turadi. Harxil 
organik va anorganik 
chiqitlarning mikroorganizmlar yordamida foydali modda, masalan, 
gumusga aylanish jarayonlarining bunda ahamiyati beqiyos, albatta. 
Uglerodning aylanishi. Tabiatda erkin holdagi uglerod grafit va 
olmos ko‘rinishida uchraydi, deyarli erkin holda – antratsitlar, perantratsitlar 
ko‘rinishida (tarkibi S 98,0-99,3%) va ba‗zi naftidlar, masalan antraksolitlar (S 
92,0-97,0%) ko‘rinishida bo‘ladi. Uglerod katta miqdorda birikmalar 
ko‘rinishida tarqalgan (organik moddalar, karbonatlar SO
2
, SN
4
va boshqa 
uglevodorodli gazlar). 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin