10
fotosintez jarayonlari paytida quyosh energiyasi yordamida o'zlashtiradi.
Yashil o'simliklar, dastavval, oddiy karbon suvlar (monosaxaridlar)
ni hosil
qilib, so'ngra ulardan ancha murakkab birikmalar, jumladan, polisaxaridlar.
Yog‘, oqsil va boshqa organik moddalarni vujudga keltiradilar. Ularga yana
shifobaxsh dorivor va darmondori (vitamin) moddalari kabi ko'plab turdagi
birikmalami ham kiritish mumkin.
Ta'kidlash joizki, o'simliklar tomonidan. tuproq tarkibidagi suv va unda
erigan moddalar, har xil mikroelementlarni hamda
havo tarkibidan karbonat
angidridini olib, fotosintez jarayonlari vositasida, o'zlashtirilishi tabiiy bir
mo'jiza, albatta. Bunda quyosh energiyasining kimyoviy energiyaga aylanib
reaksiyalarga sarf bo'lishi kuzatiladi. Hosil bo'lgan xilma-xil organik moddalar
esa biosferadagi geterotrof organizmlar, ya'ni zamburug'lar va turli boshqa
hayvonlar uchun oziqa mahsulotlari sifatida xizmat qiladi.
Ma'lumki, tirik organizmlar - hayvonot olami va odamlarning nafas olish
jarayonida havoga karbonat angidridini ko'plab chiqaradi.
Ularni yashil
o'simliklar o'zlashtiradi. Fotosintez yo'li bilan karbon elementi har xil organik
modda-mahsulotlar tarkibiga o'tadi va vaqti kelib, hayvonlar organizmiga bu
mahsulotlar kelib tushadi. Ana shunday ketma-ketlikda karbon elementi (C)
havoga oksid modda, ya'ni karbonat angidridi (CO
2
) ko'rinishida chiqariladi.
Geterotrof
organizmlarning
hayot
faoliyati
natijasida
organik
birikmalarning kimyoviy energiyasi mexanik, elektr va boshqa turdagi
energiyalarga ham aylanadi. O'simlik va hayvonlarning o'lgan tanasi qoldig'ini
bakteriyalar vositasida parchalanishi orqali yana karbonat angidridi gazi ajralib
chiqadi. U oksidlanish -bijg'ish mahsuli. Karbon elementming ma'lum qismi
esa, yer osti qatlamlari orasida yonilg'i mahsulotlar: ko'mir, gaz, neft va boshqa
tabiiy resurslar ko'rinishida yig'iladi.
Ular qazib olinib, qayta ishlanib.
energetik rnanba sifatida foydalanilishi natijasida havoga, takroran, karbonat
angidrid sifatida karbon elementi aylanib chiqadi.
Yuqoridagilardan tashqari, yirik suv havzalari: dengiz va okeanlar tubida
ohaktosh-karbonat tuzlar (CaCO
3
) shaklida karbon elementi jamlangan bo'ladi.
Ohaktoshlar tog' hosil bo'lish jarayonlari sababli ham,
Yer yuzasiga chiqib
qoladi. Ularni qazib olib, qayta ishlash jarayonlariga uchratilib va hokazo
yo'llar bilan karbon elementining aylanma harakati uzluksiz davom etadi.
Shunday qilib, xulosa qilinsa, tabiatda doim turli kimyoviy element va
moddalarning aylanma harakatlari bo'lib turadi.
11
Xuddi karbon elementidek, tabiatda hamma vaqt boshqa elementlar ham
aylanma harakatda bo'ladi. rasmda sxematik ko'rinishda azot (Nitrogen)
elementining aylanishi tasvirlangan. Qolgan elementlar ham shunga o'xshash.
Shunday qilib, rasmlarda keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra
biosferaning jonli
unsurlari bilan tabiiy noorganik modda manbalari o'rtasida, uzluksiz ravishda,
o'zaro aloqa bo'lib turadi. Bunda modda — energiya almashinish jarayonlari
amalga oshadi. Aynan shuning o'zi hayot belgisi desak, aslo xato bo‘lmaydi.
Shunday qilib, tabiatda uzluksiz quyosh nuri (energiyasi) vositasida,
anorganik moddalardan organik (tirik organizm uchun o'ta zarur) birikma—
qand hamda atmosfera havosini yangilanib turishi uchun sof kislorod gazining
hosil bo'hshi kuzatiladi.
Yer sayyorasidagi biosferaning funktsiyasi, uning tutgan o'rni muhim
ekanligini alohida ta'kidlash mumkin. Aynan jonli mavjudotlar tufayli ham,
Yer sathi qatlamlari (litosfera) da, albatta, uzoq geologik
davrlar orasida turli
mineral jins va tuproqlarning zahiralari ham uzluksiz tiklanib turadi. Harxil
organik va anorganik
chiqitlarning mikroorganizmlar yordamida foydali modda, masalan,
gumusga aylanish jarayonlarining bunda ahamiyati beqiyos, albatta.
Uglerodning aylanishi. Tabiatda erkin holdagi uglerod grafit va
olmos ko‘rinishida uchraydi, deyarli erkin holda – antratsitlar, perantratsitlar
ko‘rinishida (tarkibi S 98,0-99,3%) va ba‗zi naftidlar, masalan antraksolitlar (S
92,0-97,0%) ko‘rinishida bo‘ladi. Uglerod
katta miqdorda birikmalar
ko‘rinishida tarqalgan (organik moddalar, karbonatlar SO
2
, SN
4
va boshqa
uglevodorodli gazlar).
Dostları ilə paylaş: