Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti


Moddalarning tabiatda aylanma harakati



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix18.10.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#65419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika

Moddalarning tabiatda aylanma harakati.Biosferani tashkil qiluvchi 
barcha tirik organizmlar hayot faoliyati natijasida kimyoviy elementlarning 
tabiatda aylanib turishi kuzatiladi. Yanada aniqroq ifoda etilsa, kimyoviy 
elementlar ma'lum moddalar ko'rinishida biosferaning muayyan bir unsuridan 
ikkinchisiga, tabiiy muhitlarning bir xilidan ikkinchisiga turlicha yo'l bilan o'tib 
turadi. Albatta, hamma kimyoviy elementlarning tabiatda to'la aylanib chiqish 
davri bir xil emas. Ba'zi moddalar, masalan, ko'mir, torf, tuproq gumusi kabi 
manba zahiralari ma'lum davrlar mobaynida ishlatilmay saqlanib turilishiga 
sabab, ular tarkibidagi ko'pgina elementlarning tabiatda aylanishi nisbatan 
sekin bo'ladi. Ayrim element va moddalar, ayniqsa, suvning aylanma harakati 
nisbatan tezroq amalga oshadi. 
Ma'lumki, tabiatda moddalaming aylanma harakatida biosfera tarkibidagi 3 
ta ekologik guruhdagi organizmlar qatnashishi shart. Ular produtsentlar
konsumentlar va redutsentlardir, Umuman, produtsentlarsiz hayotni tasavur 
etib ham bo'lmaydi, ular birlamchi mahsuldorlikni tashkil qiladilar. Turli xil 
tarkibdagi konsumentlar birlamchi va ikkilamchi mahsulot iste'molchilari 
sifatida, organik moddalarni bir xil ko'rinishdan ikkinchisiga o'tkazadi. 



Redutsentlar esa, organik moddalarni mineral unsurlarga parchalab, sayyorada 
o'lik qoldiqlardan iborat bo'lgan katta miqdordagi organik chiqindilar qatlami 
vujudga kelishining oldini oladi. Yerda boradigan har xil jarayonlarning 
amalga oshishi quyosh nuri energiyasi hisobiga. Quyosh nuri energiyasi tufayli 
boradigan fotosintez jarayoni natijasida organik moddalar hosil bo'ladi va 
uning har biri o'zida ma'lum miqdorda energiya tutadi. 
Energiyaning tabiatda aylanishi moddalarmng aylanishi bilan chambarchas 
bog'liq. Moddalar o'zlarining aylanma harakatida nisbatan kichik (b i о 1 о g i 
k) va katta (g e о 1 о g i k) davrda aylanishlari mumkin. Biologik davrda 
aylanish tirik organizmlar o'rtasida, quruqlikda tuproq bilan jonzotlar orasida. 
gidrosfera (suvli muhitda) esa, organizmlar va suv o'rtasida sodir bo'ladi. Katta. 
ya'ni geologik uzoq davrlar mobaynida aylanish, odatda, Yer quruqlik qismi 
bilan dunyo okeani o'rtasida boradigan jarayonlar deb qarash mumkin. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin