Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti


-rasm. Biosferada fosforning aylanishi (P.Dyuvino, M.Tango buyicha



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix18.10.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#65419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika

3-rasm. Biosferada fosforning aylanishi (P.Dyuvino, M.Tango buyicha 
o’zgartirishlar bilan, 1973) 
Kaliy ham tirik organizmlarning muhim elementi hisoblanadi, ammo 
uning tarkibi jami 0,01-0,1 % ni tashkil etadi. Kaliy muskullarining 
qiskarishida asab impulslarini yetkazuvchi sifatida qatnashadi. 
Kaliyning yetishmasligi fotosintezni buzadi, o‘simlik barglari oqaradi va 
quriydi. Yer ustidagi o‘simliklar kaliydan to‘proq orqali oziqlanadi. 
Kaliyga gilli to‘proqlar eng boy hisoblanib, sorbentli ionlar ko‘rinishida 
ifodalanadn. Karbonatli to‘proqlar kaliyga to‘yinmagan. Shuning uchun 
kaliy ham zarur o‘g‘it sifatida foydalaniladi. Kaliyli o‘g‘it olish uchun 
muhim mineral, silvin KCl va karnallit MgCl KCl 6H2O hisoblanadi. 
Ular asosan yopiq suv havzalarida dengiz suvlarining bug‘lanishida 
hosil bo‘ladi. Muhim biogen element temir hisoblanadi. Yer 
po‘stlog‘ida uning tarkibi –3,3%, organizmlarda 10
-2
– 10
-3
%. Temir 


19 
ko‘pgina oksidlanish jarayonlarida kofaktor bo‘lib hisoblanadi va 
gemoglobin tarkibiga kiradi. O‘simliklar temirni to‘proq eritmalaridan 
oladi.
III.Insonning biosferaga salbiy ta’siri. Turli tabiiy ofatlar
ocharchilik insonlar soni kamayishiga sabab bo‘lmoqda. Masalan, 1975 
yilda Xitoyda bo‘lgan yer silkinishidan 600 mingdan ortiq odam o‘lgan 
bo‘lsa, 1985 yilgi Mexikodagi yer qimirlash 20 ming, Kolumbiyadagi 
vulqon 26 ming, Armanistondagi yer qimirlash 25 ming, Tojikistonda 
esa 100- mingdan ortiq odamlar o‘limiga sabab bo‘ldi, 2001 yil yanvar 
oyi oxirida Hindistondagi yer silkinishida 40000 ga yaqin kishi halok 
bo‘lgan. 
Ammo insonning tabiatga ko‘rsatgan salbiy ta‘siri xilma-xildir. 
Masalan, o‘rmonlardagi yong‘in sababli ming-minglab gektar yerdagi 
daraxtlar, ularning organik moddasi yonib ketadi. Atlantika okeani 
ustidan uchib o‘tgan reaktiv samalyot 35 t. kislorod yutib, atmosferaga 
yutgan kisloroddan ortiq zaharli gazlar chiqaradi. Yerga haddan ziyod 
ko‘p zaharli moddalar ishlatilishi biosfera turg‘unligining buzilishiga 
sabab bo‘ldi. 1960-90 yillar O‘zbekiston paxta dalalarining har 
gektariga 45-51 kg dan zaharli gerbitsidlar qo‘llanilishi qancha-qancha 
insonlarning og‘ir dardga chalinishiga sabab bo‘ldi, qanchasi hayotdan 
ko‘z yumdi. Zaharli moddalar ta‘siri ham ko‘p yilar davom etadi. 
Turli mamalakatlar tomonidan dunyo okeani 6-7 mlrd.t qattiq 
chiqindilar tashlanadi, gidrosfera 90-100 mln. t. neft, neft mahsulotlari 
shundan 19-20 mln. tonna yer usti ekosistemasiga, 60-70 mln. tonna 
atmosferaga tushadi. Shunday texnogen sabablarga ko‘ra, keyingi 130 
yil ichida atmosferada CO
2
miqdori 0,3% dan 0,5% ga yetib qoldi. 
Ovropa mamlakatlaridagi sanoat va transportdan ajratilgan zaharli 
gazlar yerga (yomg‘ir) kislotasi shaklida tushmoqda, havoda zaharli 
gazlar miqdori ortgan, masalan, 1 odamga 47 kg zaharli gazlar to‘g‘ri 
keladi. Atmosferadagi 70% gazlar Shetsiya va 80% esa Norvegiya 
sifatida shamol bilan boshqa qo‘shni hududlarga tarqaladi. Ovropa hosil 
bo‘ladigan kislotali yomg‘irlarning 20% i Shimloy Amerikadan keladi. 
Keyingi 4-5 yil ichida Osiyo osmonida sariq tuman hosil bo‘lib, 
kislotali yomg‘ir 2005 yil 10, 14 iyul kunlari Toshkentga yog‘di. 


20 
Yomg‘ir sariq zang pH=4,5 bo‘lib, yomg‘ir tufayli sabzavot o‘simliklari 
qurib qoldi.
Bundan 150-170 yillar avval Ovropa yerlariga atmosferadan yog‘in 
bilan kadmiy elemnti tushgan emas, lekin keyingi vaqtda gektariga 5,4 
- 5,5 gr kadmiy tushmoqda. Uning odamning ayrim bezlaridagi 
miqdori 1900 yilga qaraganda 75-80 barobar ortgan. Yirtqich qushlarda 
esa 132 barobar ko‘paygan. Hattoki keyingi 100 yil ichida Pomir-Oloy 
muzliklarida kadmiy miqdori 5-6 marta oshgan.
Inson ijod qilgan moddalarning, tiriklik genetik sistemasiga salbiy 
ta‘siri juda katta.
Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha ko‘p miqdorda turli kimyoviy moddalar
to‘plangan bo‘lib, ularning ayrimlari mutagenlik ta‘sir ko‘rsatadi, ular tirik 
organizm tanasida oksidlanish, tiklanish, parchalanish va qo‘shilish 
jarayonlarida hujayra organik moddalarini ifloslaydi, organizim genetik belgisi 
o‘zgaradi, ya‘ni ayollar homiladorligi buzilishi, bolaning chala tug‘lishi, bolalar 
o‘limi ortishi, yurak-qon tomir, oshqozon, jigar, buyrak, rak kasalliklari, 
uyqusizlik kabi holatlar ko‘payadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda
pistidsitlarni qo‘llash natijasida har yili 375 ming odam zaharlanadi. Ulardan 
yuz mingdan ortig‘i o‘lgan. Zaharli gerbidsit va pestidsitlar qushlar, suv 
hayvonlariga salbiy ta‘sir qiladi. Masalan, AQSh ning suv havzalarida 
uchraydigan biologik organizmlarning 80% i teri va jigar raki bilan zaralangan. 
Kanada sudan balig‘i jigarida shish bo‘lgan, 5% li xom neftdan suv o‘tlar, 
umurtqasizlar, baliqlar, tyulen va kidsimonlar o‘ladi. Suvda ayrim og‘ir 
metallardan juda oz miqdorda ham tirik organizmlarga ziyon yetadi. Ya‘ni 
ularga simob, (0,05 mg l) mis (0,05), kadmiy (0,02), fenol (0,5), ammoniy (1 
ml.g l), sianit (0,05)mg. Kabilar organizmlar harakatini buzadi ko‘p baliqlar 
o‘ladi va insonga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin