Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti


Biosferada uglerodning aylanishi asosan atmosferaga SO2 ning



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix18.10.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#65419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika

Biosferada uglerodning aylanishi asosan atmosferaga SO2 ning
kirib kelishi va uning sarf bo’lishiga asoslangan. 
Yer atmosferasida SO2 tarkibi hozirgi davrda 0,03% ga yaqin. Uglerodning 
tabiatda umumlashgan sxemasi 5.1 –rasmda keltirilgan. 
Atmosferada hozirgi sharoitda karbonat angidridli gazlarning hosil bo‘lish 
manbai quyidagi jarayonlar hisoblanadi: global karbonat kislotali karbonat 
tarkibli jinslarning metamorfizm hisobiga yer osti qazilma boyliklarining nafas 
olishi; vulkonlar va gaz shaklidagi mahsulotlarning otilib chiqishi (er tagida 
otilib chiqqan bug‘lar va SO2); organizmlarning nafas olishi; organik 


12 
moddalarning minerallashuvi; tabiiy yer osti gazlarining bakterial oksidlanishi; 
antropogen faoliyat (yoqilg‘ini yoqish) va tabiiy yong‘inlar. 
Karbonat angidridli gaz asosan fotosintez jarayonida, okean va dengizlarda 
karbonat angidridli chukindilar hosil bo‘lishida hamda tog‘ jinslarining 
nurashida yutiladi. Atmosferaning gaz tarkibini o‘ziga xos boshqaruvchisi 
bo‘lgan yashil o‘simliklar va okeanlar, atmosferadagi SO2 miqdorini boshqarib 
turadi.. Atmosfera, quruqlik va okeanlar o‘rtasidagi SO2 muvozanati bir 
tomondan atmosferaga qo‘shimcha gaz tarkibining chikishi (yoqilg‘i yoqish, 
avtomobil transportlari, salbiy jarayonlarda SO2 ning ajralib chiqish va 
boshq.), boshqa tomondan uning bog‘lanish miqyosining pasayishi (asosan, 
o‘rmonlarning kesilishi) inson tomonidan industrial davrda buzilgan. 
1958 yil atmosfera tarkibida SO2 0,0315% tashkil etgan (milliondan 315 
kismi, 1980 y.-0,0335%, 1995 y. 0,0348% oshdi). Taxminlarga ko‘ra, XX1 
asrning oxirida uning tarkibi 0,06% yaqinlashadi, bo‘g‘lanish effektining yuz 
berishi natijasida Yer sharining o‘rtacha yillik harorati 1,5-4,50S ko‘tarilishi 
mumkin. 
1-rasm Tabiatda uglerod aylanishining umumlashgan sxemasi. 
Buning natijasida iqlimning halokatli o‘zgarishi, hech bo‘lmaganda 
halokatli oqibatlar (muzliklarning erishi, okeanlar sathining ko‘tarilishi) sodir 
bo‘lish ehtimoli mavjud. 


13 
Atmosferada SO2 ning aylanish tezligi 4 yilga yaqin. Atmosferada SO2 
bilan bir qatorda kam miqdorda ikkita gaz shaklidagi birikmalar – SO oksidi va 
metan SN4 mavjud. Ularning aylanish tezligi (atmosferaga bo‘lish vaqti) 0,1 va 
3,6 yilga mos keladi. Atmosfera tarkibida SO ning oshib ketishiga xususan 
avtotransportdan chiqayotgan gazlar sabab bo‘ladi. SO dan nafas olish konda 
oksigemoglabin tarkibini kamaytiradi va gipoksga bog‘liq boshqa kasalliklarni 
(asosan, yurak kon-tomir) keltirib chiqaradi. 
Fotosintez davrida atmosferadagi karbonat kislotasi tarkibidagi uglerodni 
o‘simliklar, quyosh radiatsiyasi orqali endotermik singdirishi natijasida hazm 
qiladi. Demak, fotosintezni quyosh energiyasining uglerod ko‘rinishida 
to‘planish jarayoni deyish mumkin (aniqrog‘i, uglerodning murakkab 
birikmalari). 
Uglerodning 
keyinchalik 
oksidlanishi 
natijasida 
(uning 
birikmalari) organizm hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan energiyani oladi
bunda uglerodning bir qismi yana atmosferaga SO2 ko‘rinishda qaytadi. 
Organizmlar halok bo‘lishi va fossilizatsiya davrida ugleroddan bo‘shaydi 
(asosan SO2 va SN4 ko‘rinishida). Organik moddalarning boshqa qismi 
minerallashadi; uglerodning uchmaydigan shakli (qazilma ko‘mir, kerogen) 
hamda karbonatli minerallar (kaltsit, dolomit, siderit va boshq.) paydo bo‘ladi. 
Qisman uglerod yuqorida qayd etilgandek, Yerning yuqori mantiyasi 
degazatsiyasiga bog‘liq holda chuqurlikda (yuvenilli) paydo bo‘ladi. 
Hisoblar bo‘yicha, Yer po‘stida tog‘ jinslari (ohaktosh, dolomit va boshq.) 
ko‘rinishida 2 (1016 tonnaga yaqin uglerod borligi aniqlangan. Yoqilg‘i 
qazilma boyliklari tarkibida (qazilma ko‘mirlar, slants, bitum, torf, yer osti 
gazlari yoqilg‘ilari) ham qisman uglerod mavjud bo‘lib, uning zahirasi 1013 
tonnadan oshib ketadi (uglerod bo‘yicha). Agar barcha uglerodga bog‘liq 
bo‘lgan moddalar SO2 ga aylansa, Yer paleoatmosferasi juda zich (qattiq) 
bo‘lardi, uning pastki chegarasidagi bosim 5 MPa ga yetib, tarkibi bo‘yicha u 
Venera atmosferasi tarkibini eslatadi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin