-
atrof-muhit va uning shaxs ma‘naviy dunyosiga ta‘siri;
-
tabiat va uning ahamiyatini anglash;
-
tabiatga muhabbatni shakllantirishda maktab va oilaning hamkorligi;
-
o‘z tumani, shaharini, qishloq va maktab hovlisini ko‘kalamzorlashtirishda,
hatto sinf xonasidagi o‘simliklarni ham parvarishlashga qiziqishlarini;
-
oiladagi, maktabdagi tabiatni, o‘simliklar va hayvonot dunyosini e‘zozlashga
o‘rgatish, jonivor va qushlarni parvarish qilish;
-
tabiatga ongli munosabat jarayonda o‘quvchilarning dunyoqarashini
shakllantirish;
-
yoshlarni ekologik tarbiyalashda milliy an‘ana va udumlarni qayta tiklash,
ularga e‘tiborni kuchaytirish.
«Avesto»da kishilarni ekologik tarbiyalash bo‘yicha quyidagi tadbirlar belgilangan:
-
Inson butun umri davomida suv, tuproq, olov, umuman dunyodagi jamiki yaxshi
narsalarni pok va bus-butun asrashga burchlidir.
-
Yer, suv, havo, olovni asrash qoidalarini buzgan kishi 400 qamchi urish jazosiga
mahkumdir.
Ota-bobolarimiz azal-azaldan tabiatga yuksak mehr ko‘rsatishgan. Yurtni obod etishgan,
ko‘chalarni, haylilarni sarishta qilishgan. Xalqimizning tabiatga munosabati: urug‘ qadash,
qovun sayli, suv sayli, uzum sayli, hosil bayrami, gul bayrami, Navro‘z bayrami kabi an‘ana,
udum va odatlarida o‘z aksini topgan. Mazkur an‘ana, urf-odat va qadriyatlarni takomillashtirish
bugungi kunning eng asosiy vazifalaridandir.
Maktab o‘quvchilari ekologik tarbiya jarayonida quyidagilarni bilishlari zarur:
- tabiat haqida tushuncha, tabiiy muhit, tabiiy omillar va ular orasidagi bog‘lanish;
- tabiat boyliklaridan tejab-tergab foydalanish va ularni muhofaza qilish;
- atrof-muhitni ifloslantirishdan saqlash;
- tabiatni kelajak avlodlar uchun tabiiy holda qoldirishga intilish.
Umuman umumiy ta‘lim maktab o‘quvchilarining ekologik ta‘lim-tarbiyasi quyidagi
tuzilish va tizimda olib borilsa uning samaradorligi ta‘minlanadi: ekologik his-tuyg‘u, ekologik
idrok, ekologik tasavvur, ekologik tushuncha, ekologik bilim, ma‘lumot, ko‘nikma, malaka,
odat, ekologik madaniyat (mahorat) va hokazo.
Dostları ilə paylaş: