Leksemalarning sintaktik tasnifi.
Leksemalarning sintaktik tasnifida, asosan ularning nutqda boshqa
leksemalar bilan bog’lana olish olmasligi, gap bo’lagi bo’lib kela olish olmaslik
xususiyati o’z aksini topadi.
a) gap bo’lagi bo’lishga xoslanmagan so’z: undov, modal, so’z-gap;
b) gap bo’lagi bo’lishga xoslangan so’z: fe’l, ot, sifat, son, ravish taqlid,
olmosh;
c) sintaktik aloqa vositasi bo’lishda xoslangan so’z: ko’makchi, bog’lovchi,
yuklama.
So’z-gap boshqa so’z bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi; o’zi mustaqil gap
bo’lib kelish qobiliyatiga, ya’ni ajralganlik xossasiga ega. Mustaqil va yordamchi
so’z sa bog’lanish xususiyatiga ega bo’lib, ulardan yordamchilar gapda alohida
bo’lak bo’lib kela olmaydi, balki sintaktik jihatdan bog’lash vazifasini bajaradi.
Mustaqil leksema esa mustaqil ravishda gapda gap bo’lagi bo’lib kela oladi.
25
O’zbek tili leksemalarining semantik, marfologik-sintaktik majmui nihoyat
darajada serqirradir.
12
Tabiiyki, so’z leksika uchun ham grammatika uchun ham asosiy va zaruriy
birlik. Madomiki, so’z turkumi o’zida u yoki bu belgisiga ko’ra ajratilgan so’z
guruhi ekan, uni ajratishga doir muammoni leksika, marfologiya va sintaksiz bilan
shug’ullanuvchi o’zicha xal etadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o’zbek tilshunosligida asosiy e’tibor so’z
turkimi tasnifiga qaratilib, boshqa bir muhum masala – so’z turkumining o’zaro
munosabatini uning kesishuv nuqtasiga yaqinlashuvi va uzoqlashuvi ko’p xollarda
nazardan chetda qolib kelmoqda.
“Zamonaviy o’zbek tili, marfologiya”da to’g’ri ta’rif etilishicha so’z
turkumlarini guruhlarga ajratishda quyidagi ta’rif berilganini ko’ramiz:
… So’z turkumi son va tarkibini aniqlashda jahon tilshunosligida bo’lgani
kabi o’zbek tilshunosligida ham so’zning semantik, marfologik va sintaktik
xususiyatni inobatga olish keng tarqalgan….
So’z guruhi aro munosabatning ochilishi u yoki bu belgi asosida so’z
turkumining muayan turini ajratishga, tasnifini berishga olib keladi. Shuning uchun
mantiqiy qarama-qarshilikdan qochish kerakligini inobatga olgan holda formal
mantiqning borliq hodisasini tasniflashga qo’yadigan asosiy talabidan biri bo’lmish
“tasnif faqat bir mezon asosida amalga oshirilishi lozim. Inchunin tasnifining ikki
belgisini bir paytning o’zida qo’llab, uni qorishtirmaslik kerak”, - degan qoidaga
qat’iy rioya qilinishi darkor.
Shunday qilib, so’z semantik, marfologik va sentaktik belgisi asosida tasnif
qilinishi maqsadga muvofiq. Bu uch belgi har bir so’zda dialekt birlikni tashkil
etadimi degan savol tug’ulishi tabiiy. Boshqacha aytganda, ma’lum bir
semantikada ma’lumbir marfologik belgi va semantik xususiyat mujassammi?
Masalan, predmetni ifodalovchi so’z ya’ni (predmetlik ma’nosi) son, kelishik,
ekalik ma’nosiga, shuningdek, sub’ekt, ob’ekt vazifasida keladi. Shu bilan
12
Sayfullayev R. va b. Hozirgi o’zbek tili. – Toshkent, 2009, 178-181 betlar
26
birgalikda atributiv vazifada kelib, predmetning belgisini (tilla uzuk, qum soat),
belgining belgisini (tovushdat, tez yovdan xafli) bildiradi.
Agar so’zda semantik, marfologik va sintaktik belgi butunlikni tashkil etmas
ekan, bunda u tasnif asosi bo’lib, hizmat qila olmaydi. Zero, ziddiyatsiz bo’lish
faqat bir asosda amalgam oshiriladi. Shuning uchun ayrim manbaada, darslik va
qo’llanmada mualiflar so’zni uch belgi birligi asosida tasnif qilishi, asosan, undan
biriga yetakchi asosiy mezon sifatida tayanishadi, shuningdek, bir tasnifning o’zida
tasnif asosini bir necha martta almashtiradi. Demak, o’zbek tilidagi so’z tasnifida
marfologik belgi yetakchilik qiladi. Shu boisdan taqlid mustaqil so’zning barcha
belgisiga ega bo’lsada, marfologik o’zgarmas so’z bo’lganligi uchun nomustaqil
so’z sirasiga kiritib yuborilgan. Yoki gap bo’lagi sintaktik belgi asosida tasnif
etiladi, biroq qo’shma gap bo’linishida tasnif (etiladi) sintaktik belgi asosida
boshlanib, semantik belgi bilan yakunlanadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, qayd qilingan uch mezondan hammasi ham
so’z guruhini belgilashda bir xil mavqeiga ega emas, albatta. Bu, avvalo, so’zning
sintaktik vazifasida yaqqol ko’zga tashlanadi. Chunki biron bir sintaktik vazifani
bajarish imkoniyati barcha mustaqil so’z turkumida mavjud. Bu vazifa so’z
turkumini farqlash uchun emas, aksincha uni tenglashtirish uchun xizmat qiladi.
Sintaktik vazifa nuqtai nazaridan mustaqil va yordamchi so’z ajraladi, xolos.
Ammo bunda ham yordamchi so’z vazifasida qo’llanadigan ot yoki fe’l haqida gap
ketganda, noaniqlik yuzaga keladi. Nomustaqil so’zning ikki tasnifida uning
sintaktik vazifasini inobatga olish muhum ahamiyat kasb etadi. Zero, muayyan
sintaktik munosabatni ifodalash uning mohiyatini, kategorial ma’nosini tashkil
etadi.
13
Garchi keyingi yillarda taqlid so’zlar mustaqillik xususiyatiga ega deb e’tirof
etilsada, uning o’ziga xos morfologik kategoriyasi yo’q. Biroq o’zgarmas so’z ham
emas. Taqlidning morfologik kategoriyaga ega bo’lishi gapda uning qanday bo’lak
bo’lib kelishi bilan bog’liq.
13
Замоновий ўзбек тили. Морфология. –Тошкент: Мумтоз сўз. 2008, 390-391-бетлар.
27
So’z-gap boshqa so’z bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi, o’zi mustaqil gap
bo’lib kelish qobiliyatiga ega, ya’ni ajralish xossasiga ega. Mustaqil va yordamchi
so’z esa bog’lanish xususiyatiga ega, bunda yordamchi gapda alohida bo’lak bo’lib
kela olmaydi, balki sintaktik jihatdan bog’lash vazifasini bajaradi. Mustaqil
leksema esa mustaqil ravishda gap bo’lagi bo’lib kela oladi.
“Zamonaviy o’zbek tili. Margologiya” da lug’at tarkibidagi so’zlar
semantik, morfologik, sintaktik nuqtai nazardan “yangicha” quyidagi ko’rinishda
tartiblanadi:
Dostları ilə paylaş: |