Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Hayvon va qush, hashoratlar chiqargan tovishga taqlid so’zlar



Yüklə 298,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/20
tarix02.01.2022
ölçüsü298,89 Kb.
#42715
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
soz va uning xususiyatlari

Hayvon va qush, hashoratlar chiqargan tovishga taqlid so’zlar.  

vov - it xurishiga taqlid

uv - it yoki bo’ri ulishiga taqlid; 

irr - it yoki bo’ri irillashiga taqlid; 

mo’/mu – sigir ma’rashiga taqlid; 

maa-baa – qo’y ma’rashiga taqlid; 

miyov-miyov – mushukning miyovlashiga taqlid; 

vaq-vaq – vuqir-vuqir – qurbaqaning vaqillashiga taqlid; 

vish-vish – ilonning vishillashiga taqlid; 

quq-ququr-qu – xo’rozning qichqirishiga taqlid; 

g’a-g’a-g’a-g’aq-g’aq –o’rdak va g’ozning g’aqillashiga taqlid; 

qag’-qag’ – qarg’aning qag’illashiga taqlid; 

pit-pildiq – bedananing sayrashiga taqlid

parr- qush uchgandagi parillashiga taqlid; 

viz-viz-g’uv-g’uv  –  qo’ng’iz, ari va shu kabi hashoratlarning uchish 

tovushiga taqlid; 




 

51 


g’uv-g’uv uchar bolari.

29

 



Mavjud darslikik va ilmiy adabiyotlarda ma’naviy guruhga ega bo’lgan 

tasdiq-inkor so’zlar, odatda, modal so’zlar tarkibida tahlil etilmoqda. Jumladan, ha, 

mayli, xo’sh, xo’p so’zlari tasdiqni 

-  Ha, ikkoviyam bog’chaga boradi. 

-  Mayli, domlajon, siz nima desangiz shuda. 

-  Ha, yo’q … Qo’yavering … -domlam yarim yo’lga to’xtadi. (O’.H. 38). 

Yo’q, mutlaqo, also, sira so’zlari inkorni ifodalovchi so’zlardir. 

-  Yo’g’e…  -dedim bo’shashib. Bir-ikki osham yeb ko’rdim. Yo’q 

nozanindan osh! (O’.H. 36). 

-  Also, hafa bo’lish yo’q. So’rayvering! 

-  Yo’q. Mana, Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotnomasi! Bunisi 

Elchixonadan olingan spravkalar. (O’.H. 80-126 betlar). 

Taklif – ishora so’zlarga qo’llanishi tana a’zolarining maxsus harakati bilan 

uzviy bog’liq bo’lgan ma, mang, qani, marhamat so’zlarini kiritish mumkun. Ular 

tinglovchiga qaratilgan, uni biror ish-harakatni bajarishga undaydi. 

-  Qani, Shoniyozboy, o’tiring oshna! 

Buyuring! Ichkiliksiz buyuring! 

-  Marhamat, siz nima desangiz shuda. (Sh.X. 212). 

-  Ma, ol! 

-  E, qo’y, olmayman! 

-  Yo’q, desang, aloqalarimiz buzilib ketadi-da. 

-  Nima qilasan? (Sh.X.247). 

Shuni alohida takidlash lozimki, so’z-gaplarning juda ko’pchiligi boshqa 

so’z turkumidan tarixiy taraqqiyot jarayonida o’ziga xos nutqiy qo’llanish 

natijasida shakillangan va rivojlangan. 

Yuqorida ta’kidlaganidek, nutq jarayonida ayrim mustaqil so’zlar matnda 

modalsimon shunday qilib, baxtga qarshi, tovba, xudo saqlasin, undovsimonlarga 

                                                 

29

 

Шоабдураҳмонов Ш. ва б. Кўрсатилган манба. 442 бет. 




 

52 


erkalash ma’noli asalim, oppog’im, toychog’im va undalma ma’noli ey, do’stlar 

kabi; tasdiq inkorsimonlarga boshlang ko’rinishli so’zlar misol. 

Qisqasi, so’z-gaplarning leksik-semantik turi bo’lgan sof so’z-gap o’zi 

tarixan kelib chiqadigan so’z turkumidan batomom uzulgan ko’pchiligi ravish, 

sifat, ot sifatida mutlaqo qo’llanmaydi. So’z-gaplashgan unsur esa o’zlari tarixan 

kelib chiqqan so’z bilan omonimik munosabat hosil qiladi va boshqa turkumdan 

aloqasini to’la uzmagan bo’ladi. So’z-gaplashayotgan unsurlarga o’zi boshqa 

so’zlar turkumi (ravish, sifat, olmosh, son, fe’l)  ga tegishli, leksik so’z-gaplarga 

xos ma’no va vazifada qo’lanila oladigan birliklar kerida va buning so’z-

gapsimonlardan farqi shundaki, ushbu qatlamga oid so’z tarixiy taraqiyot natijasida 

batomom so’z-geplarga o’tib ketishi mumkun. So’z-gapsimonlar esa  o’z turkumi 

doirasida qoladi.  

So’z-gaplarning sintaktik xususiyati yuqorida ta’kidlaganidek, ularning 

kesimlik qo’shimchasini qabul qilmasligi bog’lam bilan birika olmasligida. So’z-

gaplar ham undalma, sodda gap kabi kengaygan yoyiq holda bo’la olishidir. Har 

bir so’z-gap shu gapga xos bo’lgan ma’noni ifodalashga xoslangan bo’ladi. 

Chunonchi xa so’zi tasdiqni ifodalaydi. Uning bo’lishsiz formasi

30

 xa emas, balki 



alohida so’z “yo’q”dir.  

Albatta yoki shubhasiz modal so’zi qat’iy ichonch va tasdiqni ifodalaydi

inkor ma’nosi mutlaqo, also so’z-gapi bilan beriladi.  

So’z-gaplarda zamon va shaxs ma’noasini nol ko’rsatkichli bo’lib, matnda 

muayanlashadi. O’zbek tilida gap zamon va shaxs ma’nosidan xoli bo’la olmaydi. 

Zero, so’z-gaplarda zamon va shaxs son ma’nosining kontekstual aniqlanish 

xususiyati bu so’zlarning asosiy sintaktik xususiyati-kesimlik qo’shimchasini 

qabul qilmay gap bo’lib kela olishi bilan shakillanadi.  

So’z-gaplarning yana bir sintaktik xususiyatlari –  gap tarkibida alohida 

pozitsiyada turishi, ya’ni boshqa gap bo’lagi bilan bog’lanmasligi va o’zi gap 

sifatida “yashay olishi”, hamisha lisoniy alohidalikni saqlab qolishi. Chunonchi, 

                                                 

30

 

Замонавий ўзбек тили. Марфология. 449 - бет. 




 

53 


-  Ertaga kelasizmi? – albatta. 

-  Engil tortingizmi qizim?  

-  Shukur. 

So’z-gaplarning umumiy sintaktik xususiyati ular kesimlik qo’shimchasini 

qabul qilmagan holda gap va uning markazini tuza olishda.  

Modal, undov, tasdiq-inkor, taklif-ishora kesimlik kategoriyasini tashkil 

etuvchi ma’nodan har biri alohida bo’rtirilgan, “yalong’och” holda yuzaga chiqadi: 

modallar so’zlovchining munosabatini, maylini; taklif va ishoralar shaxsga 

qaratilganlik ma’nosini, tasdiq va inkorlar, tasdiq-inkorlar, undovlar bo’lg’usi 

harakatni ifodalashga hizmat qiladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

54 


 

XULOSA 

 

Barchaga ayonki, XX asr tilshunoslik fani uchun muhum  burilish davri 



bo’ldi. Tilga tizm sifatida yondoshildi, til va nutq xodisasi farqlandi. 

 

Zamonaviy tilshunoslik nuqtai nazardan leksema hozirgi kunga kelib 



ma’noviy, sintaktik va marfologik nuqtai nazardan tasnif etila boshlandi.  

 

Manashu asosda ishora, undov  va taqlidlar sof ma’noviy asosda; ot, sifat, 



son, fe’llar sof marfologik asosda; bog’lovchi, ko’makchi, undov va modallar 

sintaktik asosda ajratiladi. 

 

So’z-gaplar ya’ni oraliq so’z turkumlarining o’ziga xos xususiyatlari 



mavjud: 

-  Mustaqil holda gap bo’la olish; gap tarkibida ushbu gapning biror bo’lagi 

bilan sintaktik aloqaga kirisha olmasligi; 

-  O’ziga xos g’ayritabiiy ma’noga ega bo’lish;  

-  Bog’lama bilan ham birika olmasligi. 

So’z-gaplar mustaqil gap bo’la olganligi uchun ularni semantik, funktsional 

so’z-gap deyishga asos bo’la oladi. 

-  So’z-gaplar mustaqil gap bo’la olganligi uchun,  ularni semantik 

fuktsional so’z-gap deyishga asos bo’la oladi. 

-  So’z-gaplarning ma’no imkoniyati chegaralangan.  

-  So’z-gaplar grammatik shaklni talab qilmaydi. 

-  So’z-gaplar boshqa so’zlar bilan birika olmasligi bilan farqlanadi. 

-  So’z-gaplar ma’noli qismlarga ajrala olmaydi. 

Ma’noviy xususiyatga ega bo’lganligi uchun mutlaqo, also, sira, yo’q, mayli, 

xo’sh, xo’p so’zlarini garchi modallik xususiyati ularda aks etsa ham ularni tasdiq 

inkor so’zlari sifatida so’z-gap deyishga asos bor, deb hisoblaymiz. Shular bilan 

bir qatorda taklif ishora bildiruvchi ma, mang, qani, marhamat kabi so’zlar 

muloqot jarayonida qo’llanilgani uchun ular ham so’zsiz so’z-gaplar qatorida 

o’rganiladi. 



 

55 


Albatta, vaxolangki, valohialam, mutlaqo, also kabi sof so’z-gaplar bilan bir 

qator undovlashayotgan, modalashayotgan, inkorlashayotgan so’zlar mavjudki 

(to’ppa-  to’g’ri, balki to’g’risi, bahtga qarshi, huddi shunday, boshlang, attang) 

ular nutq jarayonida o’zlarining asl ma’nosidan uzoqlashgan bo’ladi.  

Zero so’z-gaplarning deyarli barchasi tarixiy taraqiyot jarayonida mustaqil 

so’z turkumlaridan o’sib chiqqanligidir. 

So’z-gaplarning gap tarkibida alohida o’rin egallashi, ya’ni o’zi gap sifatida 

yashay olishi hamisha lisoniy alohidalikni saqlab qolishi yuqorida 

ko’rsatilganlarning isbotidir. 

So’zlarni turkumlarga ajratishda hozirga qadar ularning lug’aviy ma’nosi 

asos qilib olinganligi sababli, so’z-gaplar lug’aviy ma’no anglatmaslik nuqtai 

nazardan turlicha talqin etganligiga chek qo’yish zarurdir. So’zlarni turkumlarga 

ajratishda ularni semantik, morfologik va sentaktik xususiyatiga ko’ra tasnif etish 

zarur deb hisoblaymiz. Bizningcha so’zlar semantik nuqtai nazardan quyidagilarga 

ajratilmog’i zarur. 

a)  mustaqil ma’no anglatuvchi so’zlar: fe’l, ot, sifat, son, ravish; 

b)  nomustaqil lug’aviy ma’no anglatuvchi so’zlar: olmosh; 

c)  lug’aviy ma’no anglatmaydigan so’zlar: ko’makchi, bog’lovchi, yuklama. 

Agarda leksemaning sintaktik tasnif nuqtai nazardan yondashiladigan bo’lsa 

uning nutqda boshqa leksema bilan bog’lana olish olmasligi, gap bo’lagi bo’lib 

kela olishi-kela olmasligi inobatga olinishi zarur deb hisoblaymiz. Mana shu nuqtai 

nazardan gap bo’lagi bo’lishiga xoslanmagan so’z-gaplar guruhiga kiritilib ular: 

modal so’z, undov so’z va taqlid so’zlardir. O’z navbatida so’z-gap boshqa so’z 

bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi. O’zi mustaqil gap bo’lib kelish qobiliyatiga 

ya’ni ajralish xususiyatiga ega. Bir so’z bilan aytganda, akademik A.Hojiyev 

to’g’ri etirof etganidek hozirga qadar o’zbek tilshunosligida rus tilshunosligi 

asosida so’zni turlarga ajratish davom etayotgan bir paytda so’zlarni turkumlarga 

ajratishda qator chalkashliklar mavjuddir. Yuqorilardan kelib chiqib biz so’z-

gaplar guruhini tashkil etuvchi taqlid so’zlarni, undovlarni va modal so’zlarni 



 

56 


oraliq so’z turkumlari deb qaralayotgan fikrga qo’shilamiz. Zero, ular so’z-gap deb 

hisoblanadigan bo’lsa, u morfologiyaning emas balki sintaksisning ob’ekti bo’lib, 

qoladi. Vaholangki morfologiyaning tekshirish ob’ekti so’z bo’ladigan bo’lsa 

lug’at tarkibidagi so’zlar biz hohlaymizmi yo’qmi ma’lum bir turkumga kiritilishi 

shart. 

So’z-gaplarni tashkil etuvchi modallar so’zlovchining munosabatini, taklif-

ishoralar shaxsga qaratilganlik ma’noni, tasdiq-inkorlar, tasdiq-inkorni, undovlar 

bo’lg’usi harakatni ifodalash uchun hizmat qiladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

57 


 


Yüklə 298,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin