43
mehnatga xak to’lash xarajatlari 2011 yilda 1256649,87 ming so’m bo’lsa, bu mikdor
2012 yilga kelib 940574,286 ming so’mga aylangan. Ishlab chiqarishga tegishli
bo’lgan ijtimoiy sug’urta ajratmalari 2011 yilda 282746,221 ming so’m bo’lsa, bu
mikdor 2012 yilga kelib 212387,742 ming so’mga aylangan. Ishlab chiqarish
ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar 2011 yilda 785406,17
ming so’m bo’lsa, bu mikdor 2012 yilga kelib 546139,908 ming so’mga aylangan.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar 2011 yilda
109956,864ming so’m bo’lsa, bu mikdor 2012 yilga kelib 121364,424 ming so’mga
aylangan. Bundan ko’rinadiki qo’shma korxonada mahsulot ishlab chiqarish
xarajatlari mahsulot xajmi kamayishi xisobiga kamaygan. Umuman olganda bu
ko’rsatkichlarning xar biri shu yillar davomida kamayish tendensiyasiga ega.
Faqatgina amartizasiya xarajatlari to’g’ri chizikli usulda xisobga olib borilganligi
uchun uncha katta o’zgarish bo’lmagan. Bunda 2012 yil asosiy vositalarni kayta
baholash xamda yangi ishlab chiqarish uchun asosiy vositalar olinganligi xisobiga
shu yilda unga nisbatan xisoblangan amartizasiya summasi xam oshishi kuzatilgan.
Mahsulot ishlab chiqarish xajmi ma’lumotlardan ko’rinadiki 2011 yilda oldingi yilga
nisbatan mahsulot ishlab chiqarish xamda Sotish xajmi ko’proq oshgan bo’lsa, 2012
yilda o’tgan yilga nisbatan mahsulot Sotish xajmi pasayib borganligini ko’rishimiz
mumkin. Demak, shuni aytish mumkinki “URG-ANTEP-YASHAM” qo’shma
korxonasida 2011 yilda mahsulot ishlab chikarish xamda Sotish belgilangan
tartibda olib borilib, mahsulot Sotish xajmini oshirishga erishilgan. Buni ijobiy
baholashimiz mumkin. Chunki, mahsulot ishlab chiqarish va Sotish xajmining
oshishi, mahsulot tannarxini oshirish xisobiga emas balki, mahsulot tannarxini
kamaytirib, uning sonini oshirishga erishilgan. Buning natijasida korxonada ushbu
davrda korxona faoliyati samaradorligi oshgan, mehnat unumdorligi oshgan va
asosiy vositalar yanada yangilangan. Korxonaning bunda faoliyatini ijobiy faoliyat
yuritilayotgan deb baho berishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: