sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tahlili
- 52 - xam o’z oldiga ana shuni vazifa kilib kuyadi, ya’ni korxonaning asosiy maqsadi,
ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirib maksimal foyda olishdir, ko’prok
mahsulot ishlab chiqarishga karatilgan.
Ishlab chiqarish xarajatlariga yukorida sanab utilgan muxim omillar ta’sir etar
ekan, bularning barchasini birgalikda amalga oshirish juda kiyin. Masalan: xom
ashyo zaxiralarining eng arzon kanallarini kidirib topish va samarali ishlatishni
ta’minlash, ishchilarni ijtimoiy muxofazashni kuchaytirish, fan-texnika tarakkiyotini
yuksaltirib, uni ishlab chiqarishga tadbik kilish, umuman bularni birvarakayiga
amalga oshirish murakkab jarayondir. Lekin, shu omillarni barchasini birgalikda olib
borilishi iktisodiy samaradorlikka erishishning asosiy sharti xisoblanadi.
Respublikamizda bunday ishlarni rivojlantirish maqsadida ilgari davlat
markazlashgan korxonalar tizimi o’zgartirilib, xususiylashtirish ishlari yo’lga
kuyiladi. Bugungi kunda umumiy ishlab chiqarishning 84% asosan xususiy va
kushma korxonalarga to’g’ri kelmokda. Bu degan so’z xar bir korxona o’zining
ishlab chiqarish jarayonlariga va xarajatlarni kamaytirib borish omillariga jiddiy
ta’sir kilmokda degenidir.
Albatta bunday munosabatlar ishlab chiqarishni pasayishini oldini olish
ishsizlikka yul kuymaslikni ta’minlaydi. Ishlab chiqarish va tadbirkorlikni
rivojlantirib borish esa unga tamal toshi bo’lib xizmat qiladi.
Shunday kilib, ishlab chiqarish xarajatlariga asosan fan-texnika yutuklari,
yukori ishchi kuchi, xom-ashyo resurslari asisiy ta’sir ko’rsatadi. Mehnatni ilmiy
tashkil kilgan xolda ishlab chiqarishni yuksaltirib borish xam muximdir. X,ar bir
ishchi o’zining kasbini kilayotgan ishini sevishi kerak. Bu esa kadralar
malakasizligiga barxam beradi, natijada ishlab chiqarish yuksaladi. Ilmiy
tadkikotlardan ma’lumki, ishchilarning u ishdan bu ishga kuchib yurishlari natijasida
ish samaradorligi 30-40% foizgacha kamayar ekan. Bu degan so’z ishlab
chiqarishning asosiy qismi yukoldi degandir. Shu sababli eng asosiy e’tibor ishchi
urinlarini to’g’ri tashkil etishga karatilishi zarur.
Respublikamizda faoliyat kursatayotgan kuplab korxonalar ishlab chiqarish