Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Ruxning epidermal tuzilmalarning shakllanishidagi ishtiroki



Yüklə 8,76 Mb.
səhifə3/5
tarix14.01.2017
ölçüsü8,76 Mb.
#5567
1   2   3   4   5

1.3.2. Ruxning epidermal tuzilmalarning shakllanishidagi ishtiroki.

Rux mikroelementining organizmda tanqisligini o’rganish natijasida, bu elementning kerotogenez ya’ni teri va junning shkllanishida muhim ahamiyatga ega ekenligi tajribalarda aniqlangan. Kalamushlar va sichqonlarda rux tanqisligini tekshirishga oid izlanishlarning birinchi davrlaridayoq ularda teri epiteliysining keng jarohatlanishi bilan kechadigan soch to’kilishi holati kuzatilgan. Rux tanqisligiga doir gistologik kuzatishlarda parakeratoz holatlari kuzatilgan. Rux yetishmovchiligi bilan bog’liq bo’lgan parakeratoz holatlari, cho’chqalarda atroflicha o’rganilgan.

Cho’chqalar terisidagi bu gistologik o’zgarishlar odamlarda uchraydigan psariaz kasalligiga o’xshaydi. Bunda eng ko’p holatlarda teri, ko’z va og’iz atrofida hamda oyoqlarning ichki tomonida hamda terining boshqa barcha qismlarida ham o’zgarishlar yuz berishi munkin. Bunda teri qalinlashib, burma holotiga kelib, qo’tir bilan qoplanadi. Cho’chqalarda rux yetishmovchiligi natijasida kelib chiqadigan parakeratoz, tananing istalgan joyida hatto ozgina jarohatdan keyin ham kelib chiqadi. Kalamushlarda esa rux yetishmovchiligining og’ir formasida quyidagi o’zgarishlar kuzatiladi: teri qo’pollashib junlari to’kila boshlaydi, terisi quruqlashib yoriladi hamda bu joylarda chuqur yoriqlar paydo bo’ladi. Rux yetishmovchiligi natijasida terining jarohatlanishining anologik ko’rinishi kavsh qaytaruvchilarda ham uchraydi. Bunda ularda tuyoqlari oson jarohatlanadi hamda yaralar bilan qoplanadi. Angor echkilarida rux yetishmasligining natijalari junlarning to’kilishi bilan namoyon bo’ladi.

Maymun va olmaxonlarda rux yetishmasligida huddi parakeratoz kabi holatlar kuzatiladi, shu bilan bir vaqtda ularning tili ham jarohatlanadi. Bu holatlarning barchasini hayvonlarni rux bilan oziqlantirish yoki ruxni parenteral yo’l bilan organizmga jo’natish orqali oldini olish mumkin. Ruxning keratogenezga ta’sirini qo’ylarda ham kuzatish mumkin. Ularda rux yetishmasligining natijasi jun va shoxlarining strukturasining o’zgarishiga olib keladi. Ularda yangi shox o’sib chiqishi vaqtida shox strukturasi o’zgaradi, shoxlar tushib qoladi va shoxlarning o’rnida kalta o’simtalar qoladi. Shoxsiz qo’ylarda esa uzoq vaqt rux yetishmasligi natijasida shox o’sadigan joylarda keratin o’simtalari shakllanadi. Rux yetishmasligi natijasida qo’ylarning tuyoqlarida ham o’zgarishlar kuzatiladi, ayniqsa, bu holat qo’zichoqlarning jun bilan qoplangan joylarida namoyon bo’ladi. Jun qoplamlari jingalakligini yo’qotib, nimjonlashib, oson yulinadigan bo’lib qoladi va ayrim vaqtlarda to’kilib ham ketadi. Ularning oziq ratsioniga rux qo’shilgandagina, bu o’zgarishlar qayta tiklanadi. Xzeu va Entoni ishlarida rux soch hamda ruxning o’sishi uchun zarurligi aniqlangan. Kalamushlar rux defitsit bo’lgan ratsionda oziqlanganda ularda junlarning o‘sishi odatiy holdan 2.5-7 martaga susaygani kuzatilgan. Bu mualliflar tomonidan kalamushlar juni tarkibiga triozin, metionin va fenilalaninning qo’shilishi kamaygan.

Rux tanqisligi tovuqlarda unduklarda va fazanlarda dermatit holatlarinin yuzaga keltiradi. Dermatitlar asosan panjalarda yaqqol namoyon bo’ladi. Uy parrandalarida rux yetishmasligi natijasida oyoqlarining, tilining epidermislari zararlanishi kuzatilgan. Bu zararlanishlar asosan epitelial strukruralarning buzulishi, yadro va yadrochalarning kattalashuvi, hujayra degeneratsiyalari, yiringli yaralar tarzidagi epiteliy eroziyasi bilan namoyon bo’ladi. Elektron mikroskoplarda o’tkazilgan kuzatishlar natijasida aniqlanishicha, epiteliy hujayralaridagi o’zgarishlarning eng erta namoyon bo’lishi yardolarning kattalashuvi, ribosomalar soning kamayishi va tonofibrillalar soning kamayishi bilan namoyon bo’ladi. Gistokimyoviy tadqiqotlar ko’rsatishicha, rux yetishmovchiligi natijasuda bo’qoq epiteliysida fosfataza va alkogoldegidrogenaza fermentlarining faolligi pasayadi ( 16., 17., 20.)

1.3.3.Ruxning osteogenezdagi ishtiroki.

Skeletning tuzilishida rux juda katta rol o’ynaydi. Kalamushlarda va uy parrandalarida skelet shakllanishida ruxning ahamiyati muhim ekanligi Lumberg A. B. tomonidan o’rganilgan. Tovuq embrioni skeletidagi o’zgarishlar tog’ay rivojlanish jarayonining hamda naysimon suyaklarning epifizar sohasining rivojlanish jarayoning buzilishi hamda osteoblastlar faolligining pasayishi oqibatida sodir bo’ladi. Rux yetishmasligi oqibatida tovuq embrionlarida bosh suyaklari ko’krak umurtqalarining rivojlanishi izdan chiqqan. Uy parrandalari suyaklarining noto’g’ri rivojlanayotganligi suyaklarning kengayib, kaltalashganida namoyon bo’lgan.

Bu jarayonlarda nordon fosfatazaning faolligi pasayib, suyaklarda ruxning konsentratsiyasi kamayib kettgan. Rux kaltsiyfikatsiya jarayonida ham ishtirok etishiga hech qanday shubha yo’q. Shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, buzoqlarda tajriba yo’li bilan keltirilib chiqarilgan rux tanqisligi natijasida ularning bo’g’inlari shishib ketgan va rux berilish natijasida bu holatning oldi olingan. W. J. Miller va hammualliflar cho’chqalarda rux yetishmasligi natijasida tos suyaklarining hajmi kichrayishi va ularning mustahkamligi kamayishini aniqlaganlar. ( 1., 21., 24., 33:)

1.3.4.Ruxning jarohatlarning bitish jarayonlaridagi ishtiroki.

Ruxning jarohatlarni bitish jarayonidagi roli birinchi bo’lib Poris va Streynning ( 1960 ) ishlarida ko’rsatilgan. Shuningdek og’ir kuyish oqibatida jarohatlanganlarning sochlarida ham ruxning miqdori kamayganligi kuzatilgan. Bu yaralarning tuzatishning miqdoriy metodlarini ishlab chiqqandan keyin mualliflar yaralar tuzalishi bilan sochlardagi ruxning miqdori ham normallashganini kuzatishgan. Odamlarda kuniga 3 mahaldan 50 mg rux sulfat qabul qilish natijasida, ularda yaralarning bitish jarayoni tezlashgan. Rux sulfatning qabul qilinishi, oyoqlarda yaralarning tez bitishiga olib kelgan. ( Hussain S. L. 1969 ). Shuningdek, bunda qon zardobida ruxning miqdori oshganligi ham kuzatilgan, bu esa bemorlarda davolanishning boshlang’ich bosqichlarida rux tanqisligi mavjud bo’lganini aniqlash imkonini beradi. Huddi shunday ma’lumotlarni G. R. Sergrant bergan (1970). Ruxning qo’llangan bunday dozalari, odamlarning bu elementga kunlik talabini oshirishini alohida ta’kidlash kerak. Sichqonlarning biror joyi jarohatlanganda ularga yuborilgan rux-65 jarohatlangan joylarda to’plangan. Jarohatlangan joydagi radioruxning miqdori jarohatlangan to’qimalarda 2-kunda ko’paygan va jarohatdan keyin 12- kunda normal holatga qaytgan. (Славсов va hammualliflar, 1962 ).

Xensel va hammualliflar ( 1970 ) jarohatlangan to’qimalarda jarohatlanmagan to’qimalarga nisbatan ruxning ko’pligini ko’rsatgan. Shu bilan birga tez bitayotgan yaralangan joyda ruhning miqdori asta bitayotgan yфralangan joydagiga nisbatan 2 marta ko’p bo’lishi ham aniqlangan. Ular bemorlar peshobi bilan kuyish va operatsiyalardan keyin ko’p miqdorda rux mikroelementi ajralishini aniqlaganlar. Rux tanqisligidan jarohatlarning bitishi sekinlashuvi buzoqlarda va kalamushlarda kuzatilgan.Yaralarni davolashda ruxning ta’siri sitoplazmatik membrabalar tarkibiga birikkan katepsin D va kallogenaza fermentining faolligini belgilab qo’yilishi orqali erishiladi. Ruxning yaralarni davolashdagi roli regeneratsiyalaovchi to’qima tarkibidagi RNK va DNK ning sintezining kuchayishi orqali ham namoyon bo’ladi. ( 11:, 17:, 18:., 22: ).

1.3.5.Ruxning miyaning rivojlanishi va hulqiy reflekslarning shakllanishiga ta’siri.

Rux mikroelementining yana bir qiziqarli xususiyati uning hulqiy reflekslarga ta’siri tarzida namoyon bo’ladi. Kolduel va Oberlislar rux tanqisligi bo’lgan urg’ochi kalamushlarning avlodlarida shartli reflekslar hosil bo’lishi ruxni oziq ratsionida me’yorda iste’mol qilgan kalamushlar avlodiga qaraganda kechroq hosil bo’lishini aniqlaganlar. Shartli reflekslarning hosil bo’lishini to’qnashuvdan qochish testi bilan aniqlaganlar. Bundan tashqari ozuqa bilan yetarli miqdorda rux iste’mol qilgan kalamushlarda rux defitsitligi bo’lgan kalamushlarga nisbatan ko’proq shartli reflekslar hosil bo’lgan va shartsiz reflekslar ko’proq namoyon bo’lgan. Shuningdek, rux bosh miya to’qimalarining rivojlanishi uchun kerakli element hisoblanadi. Senstedning ( 1973 ) ishlarida ko’rsatilishicha ruxning yetishmasligi 12 kunlik kalamushlarda miyaning rivojlanishining kechikishiga sabab bo’ladi.

Sensted va uning hammualliflarining keyingi izlanishlari natijasida homilador kalamushlarda ular embrionining miyasida DNK miqdori kamligi sababli miyasi normal darajada rivojlanmaganligi aniqlangan. Rux defitsitligi mavjud bo’lgan urg’ochi kalamushlardan tug’ilgan bolalar, kattarganda erkaklari qarama - qarshiliklardan faol tarzda qocholmagan, ayollari esa yuqori agressivlik holatiga ega bo’lgan. Makaka maymunlarida Ularning homiladorlik davrining 110 – 15 – kunlaridan ozuqa ratsionidan ruxning chiqarib tashlanganida homila va ona o’rtasidagi o’zaro munosabatlar o’zgarganligi kuzatilgan. Bolalarda faollik, o’yinqaroqlik darajalari pasaygan. Kalamushlarda ona qonidagi ruxning miqdori yetarli darajada bo’lmaganida bolalarda miyaning rivojlanishi kechikkan, DNK va gistonli oqsillar sintezi susaygan. Erkaklarida esa rux yetishmasligi natijasida muvozanat saqlash qobiliyati susaygan.

Bu olib borilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki, rux tanqisligi natijasida kalamushlarda va maymunlarda miyaning rivojlanishi ortda qoladi va ularning avlodlarining hulq – atvorida turg’un o’zgarishlar yuzaga keladi.



1.3.6. Ruxning nuklein kislotalar va oqsillarning almashinuviga ta’siri.

Turli organ va to’qimalardan ajratib olingan sifatli tozalangan nuklein kislotalar tarkibida mikroelementlarning mavjudligi Velli ( 1969 ), Белокобильский ( 1968 ) va hammualliflar va boshqalar tomonidan tasvirlab berilgan (1:., 12:., 15:,20:, 23:). Shu narsa qiziqish uyg’otadiki, nuklein kislotalarda ruxning miqdori ko’p bo’lishi nuklein kislotalar tarkibidagi marganets va qalayning miqdorini ko’p martaga oshiradi. Shunday qilib, ularning miqdori tovushqonlar DNK sida 1205 mg/kg ga va kalamushlar jigarida 1300 mg/kg ga yetadi. Aniqlanishicha, marganets va rux fosfat guruhlari bilan ancha barqarorroq birikmalar hosil qiladi. Natriy va magniy ionlaridan farqli ravishda rux ionlari DNK denaturatsiyasi jarayoning qaytishini ta’minlaydi. Ruxning bunday faoliyati uning nativ DNK tarkibida fosfat guruhlari bilan bog’langanligi shuning uchun uning stabilligi oshishi tufayli DNK iplari ajralayotganda azot asoslari bilan koordinatsion komplekslar hosil qiladi va DNK iplarini yaqin masofada ushlab turib, ularning sovuq sharoit paydo bo’lishi bilan tezda birlashishib qo’sh spiralli zanjirni hosil qilishi bilan tushuntiriladi. Bu jarayon, DNK ning intensiv renaturatsiyasida muhim rol o’ynaydi.

In vitro sharoitida olib borilgan izlanishlar shuni ko’rsatadiki, rux nikel va magniy ionlari bakteriyalarning ribosomasining stabilligi va bir butunligi uchun zarur ekan. Agar ruxning nuklein kislotalarning strukturasi va funksiyasidagi roli nisbatan ishonchli gipoteza xarakteriga ega bo’lsada, ruxning spesifik fermentlar tarkibida uchrab, genetik axbarotning tashilishi va shakllanishidagi ahamiyati aniq faktdir. Fermentlarning tarkibiy qismi sifatida ruxning replikatsiya va transkripsiya jarayonlaridagi roli ham muhimdir. Rux DNK ning replikatsiya jarayonini amalga oshiruvchi DNK-polimeraza fermentining tarkibiga kirishi ham aniqlangan. Bu ferment birinchi bo’lib toza holda E.coli, debgiz tipratikoni va bakteriofag T4 dan olingan va bir mol fermentda mos ravishda 1.4 va 1gr/atom rux to’g’ri kelgan. Bu ferment shuningdek, E.colining DNK ga bog’liq bo’lgan RNK-polimeraza fermentining tarkibiga ham kirishi aniqlangan.Taxmin qilinishicha, rux bu fermentlarning faol markazlarida uchrab, nuklein kislotalar bilan koordinatsion kompleks hosil qilish uchun xizmat qiladi. Rux umurtqali hayvonlarning ham huddi shu fermentlarida uchraydi.

Agar kalamushlarning bu fermentlari tarkibidagi ruxning miqdori yetarlicha bo’lmasa, ularda RNK va DNK sintezlarining tezligi pasayadi. 1974-yilda qushlarning mioblastoz virusining katalitik funksiyalarini amalga oshiruvchi RNK ga bog’liq bo’lgan DNK-polimeraza fermenti tarkibida ham rux mikroelementi borligi aniqlangan. 1975 – yilda esa leykemiyani chaqiruvchi viruslar, xususan sichqonlarda, mushuklarda va maymunlarda leykamiyani chaqiruvchi viruslarning qaytar transkriptazalari uchun ham ruxning zarurligi aniqlangan. Nuklein kislotalar almashnuvi uchun zarur bo’lgan yana bir ferment timidinkinaza fermentining faoliyati ham rux mikroelementiga bog’liqdir. Kalamushlarda bu fermentning faoliyari rux tanqislagi davrida rux tutuvchi DNK va RNK-polimeraza faoliyatining susayishidan ancha oldin pasayadi. Faolligi ruxga bog’liq bo’lgan nuklein kislotalar almashinuvining yana bir fermenti ribonukleazalar hisoblanadi. Oxtaka va hammualliflar ( 1963 ) ning In vitro sharoitida olib borgan izlanishlari natijasida, bu ferment tarkibida ruxning konsentratsiyasi 10-4 M bo’lsa, ribonukleaza fermentining faoliyati tamoman to’xtshi aniqlangan. (8:., 15:.).

Oqsillar almashinuvi.

Ruxning oshqazon – ichak traktida oqsillarning hazmlanishiga ta’siri uning qator proteolitik fermentlar tarkibiga kirishi bilan bog’liqdir. Bu fermantlar qatoriga oshqazon osti bezidan ishlab chiqariladigan karboksipeptidaza, ichak shirasining leytsinaminopeptidazasi, va rux orqali faollashdigan ichak shirasining qator peptidazalari – glitsilglitsin dipeptidaza, shuningdek, aminopeptidaza va boshqa qator fermentlar kiradi. Millz va hammualliflar tomonidan olib borilgan tajribalarida kalamushlarda rux tanqisligi natijasida karboksipeptidaza fermentining faolligi pasaygan va ularning ozuqasiga rux qo’shilganda bu fermentning faolliga yana normal holatga qaytgan. Huddi shunday ma’lumotlar Xzu va hammualliflari tomonidan ham berilgan.

Ruxning oqsil biosinteziga ta’siri uning nuklein kislotalar biosinteziga ta’siri bilan uzviy bog’liqdir. Chunki oqsil biosintezi DNK vaRNK molekulalarining hosil bo’lishi va parchalanishi bilan uzviy bog’liqdir. Oqsillar va nuklein kislotalar sintezidagi korrelyatsiya to’g’ridan to’g’ri va qarama – qarshi xarakterga ega bo’lishi mumkin. Sommers va Underwood ( 1969 ) kalamushlarda og’ir rux tanqisligi natijasida urug’donlarida DNK va RNK va oqsillar konsentratsiyasi kamaygan va RNK ning faolligi ortgan. Ruxning oqsil va nuklein kislotalar biosinteziga turli yo’nalishda ta’sir ko’rsatishi mumkinligi aniqlangan.

Dreosti va hammualliflari timidin yordamida rux tanqisligiga uchragan kalamushlarning jigarida DNK biosintezi sust bo’lgan bir vaqtda oqsil biosintezi yuqori bo’lgan. Mualliflar bu holatni DNK sintezida ishtirok etuvchi fermentlarning sintezining kompensator tarzida oshishi bilan izohlaydilar. 1974- yilda Chesters limfotsitlarni o’ziga ruxni biriktirib oladigan ETDA bilan ishlov berganda bir vaqtning o’zida ham DNK, ham RNK oqsil sintezi to’xtaganini kuzatgan. Tovuqlarning embrioni bilan ishlagan Rubin va hammualliflari ham huddi shunday natijaga ega bo’ldilar.

Ruxning tanqisligi, oqsil biosintezida, ayniqsa kalloken biosintezida ishtirok etuvchi fermentlarning faoliyatini to’xtatadi. Xzu va Entoni kalamushlarda rux tanqisligi teri kallogenlariga 14C – glitsinning qo’shilishi natijasida kamayishini aniqlaganlar. Rux tanqisligiga ayniqsa, oltingugurt tutuvchi aminokislotalar sezgirdir. Rux yetishmasligi oqibatida peshob bilan odatdagiga qaraganda ko’proq 35C ajralib chiqadi, rux tanqisligida shuningdek, teri oqsillariga selen tutuvchi aminokislotalarning qo’shilish tezligi ham pasayadi. Rux tanqisligining aminokislotalar almashinuviga ta’siri ovqat ratsioni tarkibidagi oqsillarning miqdori bilan aniqlanadi. Qon zardobi tarkibida oqsillning miqdori oshsa, unda qon zardobi tarkibidagi serin, glirsin, sistin, tirozin kabi almashinadigan aminokislotalar miqdori ham ortadi va aksincha.

1.4. Ruxning organizm to’qimalarida taqsimlanishi va uning almashinuvi bilan bog’liq bo’lgan holatlar.


      1. Ruxning o’simliklar tarkibidagi miqdori.

O’simliklarning hayot faoliyati uchun ruxning ahamiyatini birinchi bo’lib G. G. Gustavson o’rgangan. O’simliklarda rux yetishmovchiligi ko’pincha qumli toshloq tuproqlarda, organik modda yetishmovchiligi natijasida kelib chiqadi. Shu bilan birga hosildorligi past boshqatdan o’zlashtiriladigan yoki eski va haydalgan tuproqlarda ham ushbu holat uchraydi. O’simliklarda ruxning miqdori uning tuproqdagi miqdoriga, o’simlikning biologik xususiyatlariga, rivojlanish fazasiga, qo’llanilayotgan agrotexnik faoliyatiga va iqlim sharoitiga bog’liq bo’ladi. Bor, magniy, kobalt, rux va boshqa elemantlarning taqsimlanishi bo’yicha ma’lum qonuniyatlar borligi aniqlangan.

Sidirova N. I.va hammualliflar ma’lumotlariga ko’ra ruxning ko’p miqdori lavlagi bargalarida va ildizmevalarida 160 – 200 mg/kg, no’xatda 38 – 80 mg/kg, makkajo’xori silosida 50.5 – 80.5 mg/kg miqdorida bo’ladi. ( 2:., 3:, 16:, 28:, 32. ). G’allasimonlardan tashkil topgan ozuqalarda 20.0 – 26.2 mg/kg miqdorida bo’ladi. П. Р. Грабова ma’lumotlariga ko’ra, qishloq xo’jaligi ekinlari tomonidan tuproqdan qabul qilib olinadigan rux miqdori bahorgi bug’doy uchun 46,2 – 66,5 gr/ga, arpa uchun 34,2 gr/ga, tariq uchun 135,6 gr/ga ni tashkil etadi. Bir tonna g’alla yetishtirish uchun tuproqdan yuqoridagi tartibdagi o’simliklar o’zaro mos holda 51,0 – 57,3 ; 51,0 va 74,1 gr ruxni tuproqdan olgan.

Yillik g’allasimon o’simliklar tomonidan foydalaniladigan yerlardan olinadigan harakatchan ruxning miqdori ularning tuproq zaxirasidagi miqdorini 20 – 25 % uni tashkil qiladi. Shu bois o’simlilkardan yuqori hosil olishda ruxli o’g’itlardan foydalanish yaxshi samara berishi mumkin. Bundan tashqari yaylov uchun xizmat qiladigan maydonlarda hayvonlar oziqasining miqdorining oshishi nuqtai nazaridan tuproqga rux o’g’itlarini kiritish ham istiqbolli hisoblanadi.

Т, И, Филлипенко o’tkazgan tadqiqotlariga ko’ra o’simliklarda jumladan, loviya o’simligi to’qimalarida ruxning to’planishi va taqsimlanishi A.T.Faza faolligi orqali borning miqdori rux miqdoriga mutonosib tarizda o’zgarishi kuzatilgan. O’simlilarda bor tanqisligidda ildizlarida va poyalarida rux miqdori kamayadi va o’simliklarning yuqori uchunchi yarusida uning miqdori 36 % ga ko’payadi. O’smliklarda rux taqsimlanishi A.T.F.aza faolligi bilan bog’liqdir. A.T.Faza asosan o’simliklar ildizi va poyasining birlamchi hujayra devorlarida joylashgan bo’ladi.

Bor tanqisligida o’simliklarda A.T.Faza faolligi 54 – 89 % ko’payadi. Buning natijasida hozirgi kunda A.T.Fazaning rux ionlarini ildiz va poyalarda o’simlikllarning barg uchinchi yaruslariga transport qilinishi to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.

Xulosa qilinganda, rux har xil yo’llar bilan biologik faol birikmalarning hosil bo’lishida ishtrok etadi. Ushbu jarayon asosida esa o’simlik organizmlari o’sishi va rivojlaniosh jadalligi belgilanadi. Albatta, o’simlik organizmining o’sishi va rivojlanishi tuproqning haydaladigan qismida ruxning miqdoriga , o’simlik turiga, uning individual xususiyatlariga, muayyan tuproq ekologik sharoitiga moslanish darajasiga bo’g’liq holda o’zgarishlarga duch keladi. ( 4., 19., 26.).



1.4.1 jadval

O’simlik tabiatiga ega bo’lgan ozuqa maxsulotlarida ruxning miqdori.

Maxsulot

Rux miqdori

Xom maxsulotga nisbatan mg/kg da

Quruq maxsulotga nisbatan mg/kg da

1

2

3

Donli o’simliklar

Bug’doy

16,0

65,0

Bug’oy kepagi

32,4

38,0 – 87,4

Javdar

12,0

13,0

Arpa

18,0

21,2

Makkajuxori

18,0

20,4

Grechixa

10,0

11,8

No’xat

44,5

48,1

Tozalangan guruch

2,5

2,9

Guruch kepagi

30,0

33,3

Soya

20,0

22,6 – 44,1

Bug’doy uni

0,8

-

Loviya

52,5

56,4

Sabzavot maxsulotlari

Kartoshka

2,0

11,3

Yosh tuganaklar

4,0

13,7

Yetilgan tuganaklar

9,3

68,9

Lavlagi

1,1 – 4,9

9,7

Sabzi

0,8

18,2

Rediska

1,6 – 1,9

21,2

Karam

2,3

25,4

Gul karam

4,7

105,2

Salat

2,2

27,7

Otquloq

1,6

19,6

Pomidor

1,8

66,8

Baqlajon

13,8

37,8

Piyoz

13,8

100,0

Sarimsoq piyoz

10,0

31,7

Bodring

1,6

43,6

Qovun

0,9

16,2

Oshqovoq

2,1

44,4

Mevalar

Olma

0,4

12,3

Nok

1,6

20,2

Apelsin sharbati

1,7

7,5

Po’stlog’i

5,4

17,5

Mandarin sharbati

0,8

24,0

Po’stlog’i

3,9

22,7

Limon sharbati

1,7

12,9

Po’stlog’i

3,3

-

Oq uzum

2,0

-

Qor uzum

1,2

9,1

Donaksiz uzum

2,0

2,5

O’rikning meva mag’zi

0,4

3,3

Olcha meva mag’zi

1,5

5,6

Yer tut

0,9

4,4

Shaftoli meva mag’zi

0,2

2,0

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin