Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 8,76 Mb.
səhifə4/5
tarix14.01.2017
ölçüsü8,76 Mb.
#5567
1   2   3   4   5



      1. Ruxning odam va hayvonlar organizmidagi miqdori.

Hayvonlar to’qimasida rux miqdori XIX asrning 70-yillarida tadqiq qilina boshlagan. Quyidagi tadqiqot ishlari asosan dengiz umurtqasiz hayvonlariga bag’ishlangan, bu tadqiqot natijalari hayvonlar organizmi to’qimalarida ruxning yuqori konsentratsiya darajasida to’planishi aniqlangan (7., 10., 15., 25.). Dengiz yulduzi - asterias orcasea organizimida uning quruq modda massasiga nisbatan 2,07 mg/100gr, Asterias rubens turi bo’yicha esa 16,0 mg/100gr miqdorda rux uchrashi aniqlangan. Molyuskalar vakillaridan shilliq – Limix maximus da uning quruq massasiga nisbatan 3,1 mg/100 gr, ustritsada esa 6,49 mg/100gr, Meduza – Cyanea capillata da 155 mg/100grm miqdorda rux borligi aniqlangan. Bo’g’imoyoqlilarda Krevetka – Pulae monatis da bu kursatkichlar 1,86 mg/100 gr miqdorda rux elementi uchrar ekan. M.Б. Баданский ma’luimotlariga ko’ra umurtqasizlardan plastinka jabralilar (ustiritsalar) da 18,0 – 34,0 mg/100 gr organizimning quruq massasi hisobida rux borligi aniqlangan.

A.A. Adamova ma’lumotlariga ko’ra treskasimonlarning mushaklarida 3,8 – 5,8, jigarida 7,0 – 26,5, komballasimonlarning (komballa, paltus) mushaklarida 3,32 – 6,0, jigarida 7,4 mg/kg ni rux tashkil qilgan. Baliqlar tanasida rux miqdiri mavsumiy o’zgarib turishi aniqlangan: iyul oyida treska balig’ini mushaklarida ruxning maksimal miqdori 8,12 mg/kg, eng minimal miqdori dekabr oyida kuzatilgan bo’lib, 1,72 mg/kg ni tashkil etgan. Bu holat asosan jinsiy yetilish jarayoni bilan bog’liq bo’ladi. Jinsiy yetilish vaqtida rux ko’proq jinsiy bezlarda to’plangan bo’ladi.

Xuddi shuningdek, rux boshqa hayvonlarda ham jnsiy bezlarda to’planishi ma’lumdir. Kalamushlarni jinsiy organlarida o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadaki, ularning urug’donlarining orqa qismi asosan rux bilan boy ekanligi isbotlandi.

Qoramollar spermasida rux miqdori 1 gr quruq moddasiga nisbatan 28,4·10-6 gramni tashkil qiladi. Uy hayvonlarida spermatozoidlar tarkibidagi rux miqdori urug’ plazmasiga nisbatan ko’p bo’ladi. Suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlar va sudralib yuruvchilar organizmida rux miqdori 100 gr quruq moddaga nisbatan 1 – 3 mg ni tashkil qiladi.

Qushlar organizimida ruxning o’rtacha miqdori 100 gr quruq moddasiga nisbatan 2 – 3 mg ni tashkil qiladi. Sut emizuvchilarning organ va to’qimalarida ruxning miqdori o’rtacha 100 gr quruq moddasiga nisbatan 2 – 3 mg ni taashkil qiladi. Sut emizuvchilarda ruxning ko’p miqdori sut bezlarida, uro’g’donlarda, jag’larida, mushaklarida, suyak va oshqozonosti bezida to’planadi. Umumiy ruxning ko’p miqdori jigarda to’planadi. Chunki, ushbu organ hamma og’ir metallarni absorbsiyalash va ularning almashinuvini ta’minlash xususiyartiga ega. Oshqozonosti bezi ham ruxni ko’p miqdorda to’plash xususiyatiga ega. Bu holat insulining faollashuvi xususiyati bilan bog’liqdir. Bundan tashqari, bu bezda ko’p miqdorda karboangderaza fermenti bo’lib, uning tarkibida ham rux bo’ladi. Shu bilan birga ko’z to’qimalari tarkibida ham ko’p miqdorda rux yig’iladi. Suyakli baliqlar ko’zlarida ruxning umumiy miqdori: pigmentli qobiqda 1,18, kamalakli qismiida 0,64, tukli tanalarda 0,098, to’rli pardada 0,092 ml/100 gr ni tashkil qiladi. Rux pigmentli qobiqda oqsillar bilan kimyoviy bog’langan bo’ladi.

Kalamushlar va quyon bolalrini jigarida rux miqdori 7 – 9 mg, mushaklarida 15 mg va cho’chqlarda 3 mg (100 gr quruq moddaga nisbatan) bo’ladi. Ko’pgina kuzatishlardan olingan ma’lumotlarga qaraganda, qari hayvonlar tanasida ruxnining miqdori yosh hayvonlarga nisbatan yuqori bo’ladi (10. 14, 19, 31). Inson spermasi rux mikroelementiga boy bo’ladi. Bundan tashqari gepofiz, jigar, mushaklar, suyaklar va sochlarda ham ko’p miqdorda rux uchraydi. Miya va miyachada ruxning miqdori uncha yuqori emas. O’rtacha 100 gr quruq moddaga nisbatan 5 mgni tashkil qiladi. Faqatgina embrogenez davrida miyada rux miqdori yuqori bo’ladi. A.I. Voynar va A.K.Rusano ma’lumotlariga ko’ra rux miya po’stlog’i va miya po’stloqosti yadrolarida bir tekis taqsimlangan. Nerv hujayralarini izolatsiya qilingan yadrolarida ruxning miqdori 0,1 % ni tashkil qiladi.

Inson qonida va uning shaklli elimentrlarida ruxning miqdori aniqlangan. Qondagi ruxning o’rtacha miqdori: 0,88 ± 0.27 mg%, qon plazmasida 0,30 ± 1,16 mg % ni tashkil qiladi. Lekin Volf fikricha sog’lom insonlar qonida ruxning miqdori o’zgarib turadi. Qonda 0,60 – 0,90 mg %, eritrotsitlarda 1,16 – 1,50 mg %, plazmada esa 0,17 – 0,27 mg % gacha rux bo’ladi. Rux qonda asosan eritrotsitlarda yig’iladi 1200 – 1300 mkg yoki umumiy qondagi miqdori 85 % ni tashkil qilsa, leykotsitlarda 3%, qon zardobida 12 % rux bo’ladi. Hozirgi kunda plazmaga nisbatan eritrositlarda rux miqdori fileogenitik nuqtayi nazaridan oshib borishi isbotlangan, ya’ni buni fileogenetik qator bilan hisoblasak, baliqlarda 0,6, suvda va quruqlikda yashovchilarda 1,6, sudralib yuruvchilarda 2,3, sut emizuvchilarda 2,4 ni tashkil qiladi.

Katta yoshdagi insonlar organizimida ruxning miqdori 22,9 – 30,6 mmol ya’ni 1,5 – 2 gr ni tashkil qiladi. Rux hamma organ va to’qimalarda topilgan, lekin uning miqdori 1 gr to’qimaga nisbatan 0,15 dan 3,3 mmol ga yetadi. Ruxga eng boy bo’lgan to’qimalarga skelet mushaklari to’qimasi kiradi. Bu to’qimaga organizimdagi ruxning umumiy miqdorining 62,6 % to’g’ri keladi. Shu bilan biraga, ruxning eng ko’p miqdori spermatazoidlarda aniqlangan bo’lib, 1900 mg/kgni tashkil qiladi. Demak, albatta, spermatazoidlar ushbu mikroelementni nasldan - naslga tashuvchilari hisoblanadi. Chunki, ushbu mikroelement urug’langan tuxum hujayra bo’linish bosqichlarida ishtirok etib, juda muhim biologik funksiyalarining ro’yobga chiqishida ishtirok etadi.



      1. Rux tanqisligi va ruxli zararlanish.

Insonlarda rux defitsitlik holatining klassifikatsiyasi A. A. Жаворонков tomonidan ishlab chiqilgan ( 1983 ). Insonlarda rux defitsitlik holatlarini ularning yoshiga bog’liq holda klassifikatsiyalash qulaydir. Qator mualliflar ma’lumotlariga ko’ra insonlarning yoshga bog’liq rux tanqisligi holatlari quyidagi bosqichlarga bo’linadi.

Antenatal davr. 13 – 18 % homilador ayollarda rux tanqisligi oqibatida homilada hamda yangi tug;ilgan chaqaloqlarda turli xil yetishmovchiliklar kuzatiladi. Masalan, gidrosefaliya, mikroftalmiya, anoftalmiya, umurtqa pog’onasining egriliklari va yuragida yetishmovchiliklar kuzatilgan.

Postnatal davr. Bu davrda yuz beradigsn rux tanqisligi endogen, ekzogen va yatrogen rux tanqisliklariga bo’linadi. Ruxning endogen tanqisligi tug’ma kasalliklar yoki irsiy kasalliklarda uchraydi: masalan enteropatik akrodermit – bu kasallik autosomalarning resessiv kasalligi bo’lib, bunda metallarning bog’lanishi, so’rilishi va transporti uchun zarur bo’lgan liganda oqsillarining sintezi buziladi. Ruxning ekzogen tanqisligi, tashqi muhitdan yetarlicha rux qabul qilinmaganda uchraydi.

Bunda 1) alimentar tanqislik bo’ladi a) bunda gepotosplenomigaliya, pakanalik, jinsiy jihatdan normal rivojlanmaslik, urug’donlar atrofiyasi bilan bog’liq bo’lgan og’ir temir anemiyasi ya’ni Prasada kasalligi; b) idiopatik gipogevziya va giposmiya sindromi; c) homilador ayollarda qon zardobida ruxning miqdori pasayganda ularda qon ketish holatlari, vaqtidan oldin tug’ruq holatlari va mayib homilaning dunyoga kelishi holatlari kuzatiladi.

2) kasallik holtlarida a) oshqazon – ichak trakti kasalliklarida ( surunkali enteritda, kolitda, Krona kasalliklarida; b) jigar kasalliklarida, dermatit, gipogevziya, giposmiyada.

Yatrogen tanqislik – hozirgi kungcha mavjud bo’lgan klinink va eksperemental ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, homila embrionlik davridayoq onasining organizmidagi rux tanqisligi holatiga sezgir bo’ladi. Bu davrda yuzaga keladigan holatlar homilada turli xildagi anamaliyalarning kelib chiqishi hamda homilaning chala tug’ilishiga olib keladi. Postnatal rux tanqisligining sabablari, ruxning endogen, ekzogen hamda yatrogen yetishmovchiligining natijasi bo’lishi mumkin. Birinchi holatda rux tanqisligi ba’zi tug’ma hamda irsiy kasalliklar natijasida kelib chiqadi. Ikkinchi holatda esa bu mikroelementning birlamchi alementar tanqisligida, shuningdek, oshqazon - ichak tizimining ko’pchilik surunkali kasalliklari natijasida kelib chiqadi.

Yatrogen rux tanqisligining rivojlanishiga sabab ovqatlanish ratsionida mikroelementlar balansining buzilishidir, ruxning alementar tanqisligi natijasida kelib chiqadigan oqibatlar birinchi bo’lib 1961 – yilda Prasada va hammualliflar tomonidan aniqlangan, bunda 11 nafar yosh eronlik erkaklarda rux yetishmovchiligi natijasida temir yetishmovchiligi anemiyasi, gepatosplenomegaliya, pakanalik, gipoganadizm kabi holatlar kuzatilgan. Oradan 2 yil o’tib, rux tanqisligi natijasida 23 nafar misrlik 17 – 19 yoshar erkaklarda huddi shunday oqibatlarga olib kelganligi haqidagi maqola chop etilgan. Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, eronlik hamda misrlik bu bemorlarning ovqat ratsioni tarkibida hayvon oqsillari kam bo’lib, uglevodlar miqdori ko’p bo’lgan. Klinik tekshirishlar natijasida, bu bemorlarning qon plazmasi, eritrotsitlari hamda sochlarining tarkibidagi ruxning miqdori kam bo’lganligi aniqlangan. Katta odamlarda rux tanqisligi teri qoplami, hamda hid bilish va ta’m bilish analizatorlari foliyatining buzilishi bilan namoyon bo’ladi. Rux tanqisligi davrida teri qoplamida bo’ladigan o’zgarishlarni elektron mikroskopda birinchi bo’lib Katsumi kuzatgan. Bu vaqtda u terining shox qatlamida yadro, organella hamda tonofilamentlar qoldig’i borligini aniqlagan. Ideopatik gipogevziya davrida ta’m bilish so’rg’ichlarining poralari nazorat qilinganda, ularda sekretor donachalarining soni birdan pasayganligi, katta vakuolalarning mavjudligi hamda barmoqsimon o’simtalarning yo’qligi kuzatilgan.

Rux tanqisligi tashxisi qon tarkibidagi ruxning miqdori 13 mkmol/l va undan kam chegaraga yetganda qo’yiladi. Agar qon zardobidagi ruxning miqdori 8,2 ± 0,9 mkmol/l dan kamyib ketsa, bu hayot uchun juda xavfli holat hisoblanadi. Tirik organizmlarda rux tanqisligi holatining yuzaga kelishi, organizmni bu element bilan ta’minlaydigan biokimyoviy jarayonlarning buzilishi, hamda tashqi muhitdan yetarli miqdorda bu mikroelementni qabul qilmaslik oqibatida sodir bo’ladi.

Ruxli zaxarlanish. Ruxning zararlilik jihati katta emes. Agar bu mikoelement organizmga ortiqcha miqdorda kirsa, u organizmdam peshob, axlat, ter kabilar orqali chiqib ketadi. Qushlar va sutemizuvchilar uchun ham ruxning zararlilik ko’rsatgichi past hisoblanadi. Bu hayvonlar ruxning ortiqcha dozasini osonlik bilan ko’tara oladi. Masalan, kalamushlar bu mikroelementning xlorid va karbonat holidagi 2500 mg/kg miqdorini hech qanday salbiy oqibatlarsiz ko’tara oladi. Agar, xlorid holatda shu miqdor, ikki barobar ko’p berilsa, ko’pchilik yosh kalamushlarning o’lim holatiga olib kelishi mumkin. Yosh kalamushlarga 500 – 100 mg/kg miqdordagi rux karbonat holtida berilsa, ularda anemiya holatiga olib kelib, kalamushlarning nobud bo’lishi bilan yakunlanishi mumkin. Broyler tovuqlari uchun ruxning 1200 – 1400 mg/kg dagi moqdori hech qanday salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. 3000 mg/kg dagi miqdori esa ularda ishtahaning pasayishi va o’sishning ortda qolishi kabi oqibatlarga olib keladi. Kalamush, cho’chqa va uy parrandalariga nisbatan buzoqlar ruxning yuqori dozalariga ancha sezgir bo’lishadi. Ularni 10 kun mobaynida 1500 mg/kg rux bilan ta’nimlanganda ular ozuqani kam iste’mol qila boshlashgan va ularning tirik massasi ham kamaygan. Buqa va buzoqlarga 500 mg/kg rux berilganda bu ular uchun zarasiz bo’lgan. 900 mg/kg rux esa, ularning tirik vaznining kamayishiga olib kelgan. Kalamushlarda ruxdan zaxarlanish natijasida, gipoxrom mikrositar anemiya yuzaga kelgan. Bundan tashqari, ularning jigarida va boshqa to’qimalarida ruxning miqdori ortib, qalay va temirning miqdori kamaygan. Shuningdek, sitoxromoksidaza, katalaza, degidrogenaza va δ – aminolevulin kislotasining faolligi pasaygan.

2.TADQIQOT SHAROITLARI, OBYEKTI VA USLUBLARI.

2.1. Tadqiqot sharoitlari.

Bizning izlanishlarimiz yuqorida keltirilganidek, fiziologiya, genetika va biokimyo kafedrasi, kimyo bo’limi va mikroelementlar muammoviy ilmiy – tadqiqot laboratoriyalarida mavjud bo’lgan asbob – uskunalar, reaktivlar, qurilmalardan foydalangan holda amalga oshirildi. Biomateriallar tarkibidagi ruxning miqdorini aniqlashda, uni eng avvalo, mineralizatsiyalash ishlari amalga oshirilib, so’ng mineralizatni organik erituvchilarda ekstraksiyalab, ekatrakt tarkibidagi bu mikroelementni aniqlashning qolgan qismini maxsus qurilmada atom – absorbsion uslubda amalga oshiriladi.



2.2.Tadqiqot obyektlari.

Izlanish manbalari sifatida 5 xil hududda yetishtirilgan o’simlik mahsulotlaridan uzum, olma va kartoshka hamda hayvon mahsulotlaridan jigar, mushak va sut namunalaridan foydalanildi. Chunki, bu mahsulotlar odamlarning oziq – ovqatga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda eng muhim mahsulotlar hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, aytish mumkinki, odamlarning sog’lom fiziologik hayotini ta’minlashda ruxga bo’lgan ehtiyojning qondirilishi muhim ahamiyatga egaligini e’tiborga olish kerak bo’ladi.



2.3. Tadqiqot uslublari.

Tajriba uchun tanlab olingan biomateriallar dastavval mineralizatsiyalanadi. Buning uchun ular kuydirilib, nitrat kislotada mufel o’chog’ida 350 – 400 0C da qizdiriladi. Mineralizatsiya yaxshi ketishi uchun unga vodorod peroksida vaqti vaqti bilan qo’shib turiladi. Biomateriallar to’liq kuyib, rangsiz mineralizat hosil bo’lish darajasigacha yetkaziladi. Bu jarayonda kislorod, vodorod, uglerod, oltingugurt, fosforlardan tashkil topgan organik moddalar bug’lanib ketadi. Mineralizat tarkibida esa metallar va ularning tuzlari tarkibiga ega bo’lgan moddalar qoladi. Mineralizat tarkibidagi boshqa metallar qatori, ruxni aniqlash uchun mineralizatga organik erituvchilar qo’shilib ekstrakt tayyorlanadi. Ekstrakt tarkibidagi makro - va mikroelementlarni aniqlashda atom – absorbsion qurilmadan foydalaniladi. Bu asbob ekstraktni yonib turuvchi kameraga purkash yo’li bilan, avtomatik ravishda miqdoriy jihatdan aniqlash imkonini beradi, chunki har bir element bu asbobda o’zining ma’lum bir spektorga ega.



Rasm 1. O’simlik va hayvonlardan olingan biomateriallardan mineralizat tayyorlash uchun ularni tarozida tortib olish jarayoni.



Rasm 2. Mineralizatlarni ekstraktsiyalab, ulardan ajratib olingan ekstrakt namunalarini spektrofotometr yordamida tahlil qilish jarayoni.



Rasm 3. Ekstraktlarni atom – absorbsion uslubda aniqlash uchun namunalarni tayyorlash jarayoni.



Rasm 4. Ekstraktlar tarkibidagi ruxning miqdoriy ko’rsatgichini aniqlash jarayoni.



2.3.1. Tadqiqot natijalarini va statistik sarhisob qilish uslublari.

Olingan antijalar Лакин [22], Меркурьева [25], Плохинский [29] uslublarida statistik sarhisob qilindi. Bunda o’rtacha arifmetik qiymat, standart kvadratik cheklanish, o’rtacha arifmetik xato, ishonchlilik darajalari ko’rsatgichlari aniqlandi. Shuningdek, bu ko’rsatgichlar o’rtasidagi korrelyatsion bog’lanishlarning tahlili o’tkazilib, ulardan regression tenglamalar keltirilib chiqarildi hamda biomateriallar tarkibidagi ruxning miqdoriy ko’rsatgichi o’rtasidagi bog’lanishlar aniqlandi. Bunda muhokama uchun shunday natijala jalb

qilindiki, solishtirilayotgan guruhlar o’rtasidagi farqli jihat ishonchlilik chegarasi doirasida ( ya’ni P =0.05 yoki P < 0.05 ) bo’lishi e’tiborga olindi.

2.TADQIQOT NATIJALARI.

Bizning yuqorida keltirilgan uslublar asosida olib brogan izlanishlarimiz Samarqand viloyati hududida va Qashqadaryo viloyati hududlarida yetishtirilgan o’simlik va hayvon mahsulotlari tarkibidagi ruxning miqdoriy ko’rsatgichini aniqlashga bag’ishlandi. Ruxning miqdoriy ko’rsatgichlarini aniqlash ishning material va uslublari qismida keltirilganidek mahsulotni sof holda olgandan keyin uni kuydirib, mineralizatsiyalash va mineralizat tarkibidagi bu elementni ekstraktsiyalab, atom – absorbsion uslubda “Saturn” apparatida ruxga tegishli spektor chegarasida aniqlandi. Tahlil uchun olinadigan mahsulotlar tegishli hududlardan keltirilib, ularni mumkin qadar sof holda mineralizatsiyalashga erishishga harakat qilindi. Ruxning biomateriallar tarkibidagi miqdoriy ko’rsatgichlari sof mahsulot hisobiga mgr/kg tarzidagi ko’rsatgichlarga aylatirildi va muhokama uchun jalb qilindi. Jami biz o’simlik mahsulotlaridan: kartoshka, uzum, olma; hayvon mahsulotlaridan: go’sht, jigar, sutlarning tarkibidagi ruxning miqdoriy ko’rsatgichlari aniqlandi. Bunda kartoshka, uzum, olma, go’sht, jigarlar 5 tadan takrorlikda, sut esa 4 ta takrorlikda tahlil qilindi. Quyida bu ma’lumotlar haqida mulohazalar yuritiladi.



3.1.O’simlik mahsulotlari tarkibidagi ruxning miqdoriy ko’rsatgichlarini aniqlashga oid tahlil natijalari.

O’simlik mahsulotlarini ruxning miqdorini aniqlash bo’yicha tahlil olib borishda olingan namunalardagi ruxning miqdoriy ko’rsatgichini aniqlanib, quyidagi tartibda o’rtacha raqam va arifmetik xato ko’rsatgichlari hisoblab chiqildi. (3.1 jadval).

3.1.jadval

Samarqand va Qashqadaryo yetishtiriladigan uzum tarkibidagi ruxning o’rtacha miqdori va arifmetik xatolar quyidagicha aniqlandi: uzum mahsulotlari tarkibidagi ruxning miqdoriy ko’rsatgichlarini aniqlashga oid tahlil natijalari.



Samarqand










Qashqadaryo










Na’muna

Ruxning miqdori mgr/kg

X

X2

Na’muna

Ruxning miqdori mgr/kg

X

X2

1

22,0

2

4

1

22,0

2,4

5,76

2

18,0

2

4

2

21,0

1,4

1,96

3

16,0

4

16

3

17,0

2,6

6,76

4

24,0

4

16

4

20,0

0,4

0,16

5

20,0

0

0

5

18,0

1,6

2,56



100,0

12

40



98,0







M

20,0







M

19,6







m

2,82







m

1,85







m=√ 40/5 = 2,82 m=√ 17,2/5=1,85

Bu yerda: M - o’rtacha arifmetik qiymat;

m – qiyoslanadigan ko’rsatgichlar bo’yicha xatolik chegarasi

Shunday qilib, qolgan variantlarda ham, ya’ni o’simlik mahsulotlaridan kartoshka va olma hamda hayvon mahsulotlaridan go’sht, jigar va sutlarning tarkibidagi ruxning miqdoriga oid tahlil natijalarini o’rtacha qiymatlari va arifmetik xatolari keltirib chiqarildi. Samarqand va Qashqadoryo viloyatlarida yetishtiriladigan o’simlik mahsulotlari tarkibidagi ruxning o’rtacha miqdorlari quyida (3.1. jadval va 3.1. rasm) keltiriladi.

3.1.jadval

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida yetishtiriladigan o’simlik mahsulotlarining tarkibidagi ruxning miqdoriy ko’rsatgichlari ( Sof mahsulot tarkibida mg/kg hisobida ).



O’simlik mahsu lotlari

Samarqand viloyatida

Qashqa daryo viloyati da

d2-1= M2-M1*

md*

td*

tst*

P,0,05-P<0,01-P<0,001



Uzum (n=5 )

20,0 ± 2,82

19,6 ± 1,85

-0,4

3,37

0,12

2,3 – 3,4 – 5,0

Olma (n=5 )

4,2 ± 0,84

4,0 ± 0,97

-0,8

1,5

0,1

2,3 – 3,4 – 5,0

Kartoshka (n=5)

20,2 ± 2,56

19,8 ± 3,6

-0,3

4,0

0,09

2,3 – 3,4 – 5,0

Bu yerda: d2-1= M2-M1* qiyoslanadigan o’rtacha arifmetik qiymatlar farqi.

md=√m12 + m22* – ko’rsatgichlar o’rtasidag farqning xatolik chegarasi.

td* - tajribada aniqlangan ishonchlilik farqi.

ts - γ =n1+n2-2* da, ya’ni ikkita o’rtacha arifmetik ko’rsatgich uchun erkinlik darajasi soni uchun Styudent mezoni jadvalidagi ko’rsatgich. 3.1 rasmda Samarqand va Qashqadoryo viloyatlarida yetishtirilgan o’simlik mahsulotlari tarkibidagi ruxning miqdoriy ko’rsatgichlari berilgan.





UZUM OLMA KARTOSHKA

3.1.rasm Samarqand va Qashqadoryo viloyatlarida yetishtirilgan o’simlik mahsulotlari tarkibidagi ruxning miqdoriy ko’rsatgichlari.

Samarqand viloyatida yetishtirilgan o’simlik mahsulotlari tarkibidagi ruxning miqdoriy ko’rsatgichlari ( sof mahsulotda mg/kg hisobida ) (n=5).

Qshqadaryo viloyatida yetishtirilgan o’simlik mahsulotlari tarkibidagi ruxning miqdoriy ko’rsatgichlari ( sof mahsulotda mg/kg hisobida ) (n=5).

3.1. jadval va 3.1. rasmdan ko’rinib turibdiki, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida yetishtirilgan o’simliklarning tarkibidagi ruxning miqdori taxminan bir xil ko’rsatgichga ega ekan, agar Samarqand viloyatida yetishtiriladigan uzum, olma va kartoshkalarning tarkibida o’zaro mos holda 20,0 ± 2,82; 4,2 ± 0,84 va 20,2 ± 2,56 mg/kg miqdorda rux bo’lsa, Qashqadaryo viloyatida yetishtiriladigan uzum, olma va kartoshka tarkibida o’zaro mos holda, 19,6 ± 1,85; 4,0 ± 0,97 va 19,8 ± 3,6 mg/kg ga teng bo’lar ekan. Haqiqatdan ham, bu raqamlar o’rtasidagi ishonchlilik darajasi aniqlanganda, ular ishonchlilik darajasidan ancha pastligi ma’lum bo’ldi. 3.1. jadval ma’lumotlariga ko’ra agar ishonchlilik darajasidagi farqli jihat bo’lganda Styudent jadvalidagi mezonga ko’ra P<0,05-P<0,01-P<0,001 darajalardagi ishonchlilik darajasida bo’lishi uchun o’zaro mos holda 2,3 – 3,4 – 5,0 dagi ko’rsatgichlar bo’lishi kerak, lekin biz aniqlagan miqdoriy ko’rsatgochlar bor yo’g’i uzum ucun 0,12, olma uchun 0,1, kartoshka uchun hatto 0,09 ga teng. Bu xildagi o’zaro qiyoslanadigan ko’rsatgichlar haqiqatdan ham ishonchlilik darajasida bo’lmaganligi Rasm 3.1. dan ham ko’rinib turibdi.


Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin