Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 8,76 Mb.
səhifə1/5
tarix14.01.2017
ölçüsü8,76 Mb.
#5567
  1   2   3   4   5
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS

TA'LIM VAZIRLIGI

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA YO'NALISHI

FIZIOLOGIYA GENETIKA VA BIOKIMYO KAFEDRASI
Tirik organizmlarda ruxning biologik ahamiyati.

MALAKAVIY BITIRUV ISH

Bajaruvchi: Ziyadullayeve G.

Ilmiy rahbar: dots. Safin M.G.

Bitiruv malakaviy ishi fiziologiya, genetika va biokimyo kafedrasida bajarildi.

Kafedraning 2013 yil __________dagi majlisida muhokama qilindi va himoyaga tavsiya etildi (bayonnoma № ).


Kafedra mudiri:_______ dots. Bozorov M.B
Bitiruv malakaviy ish YaDAKning 2013 yil _______dagi majlisida himoya qilindi va foizga baholandi (bayonnoma № ).
YaDAK raisi

SAMARQAND – 2013



MUNDARIJA

Kirish……………………………………………………………………………….41.ADABIYOTLAR SHARHI……………………………………………………...7

1.1.Mikroelementlarning qisqacha o’rganilish tarixi……………………………...7

1.1.1. Makro-, mikro- va ultramikroelementlar haqida tushuncha……………… 8

1.1.2. Rux mikroelementining o’rganilish tarixi…………………………………10.

1.2. Ruxning biologik ahamiyati…………………………………………………11

1.2.1. Rux tutuvchi oqsillar va fermentlar……………………………………….12

1.2.2. Ruxning ajralishi va so’rilishi……………………………………………..17

1.3. Ruxning fiziologik va biokimyoviy jarayonlarda bajaradigan funksiyalari…20

1.3.1. Ruxning o’sish jarayoniga ta’siri…………………………………………..21

1.3.2. Ruxning epidermal tuzilmalarning shakllanishidagi ishtiroki…………….21

1.3.3. Ruxning osteogenezdagi ishtiroki…………………………………………23

1.3.4.Ruxning jarohatlarning bitshidagi ishtiroki………………………….........24

1.3.5.Ruxning miyaning rivojlanishi va hulqiy reflekslarning shakllanishiga ta’siri ……………………………………………………………………………………25

1.3.6. Ruxning nuklein kislotalar va oqsillarning almashinuviga ta’siri………..26

1.4. Ruxning organizm to’qimalarida taqsimlanishi va uning almashinuvi bilan bog’liq bo’lgan holatlar…………………………………………………………. 29

1.4.1. Ruxning o’simliklar tarkibidagi miqdori…………………………………. 29

1.4.2 Ruxning odam va hayvonlar organizmidagi miqdori………………………32

1.4.3. Rux tanqisligi va ruxli zararlanish…………………………………..........35

2. TADQIQOT SHAROITLARI, OB’YEKTI VA USLUBLARI……………39

2.1. Tadqiqot sharoitlari. ……………………………………………………..39

2.2. Tadqiqot ob’yektlari. …………………………………………………….39

2.3. Tadqiqot uslublari...………………………………………………………39

3. TADQIQOT NATIJALARI.………………………………………………44

3.1. O’simlik mahsulotlari tarkibidagi ruxning miqdoriy ko’rsatgichlarini aniqlashga oid tahlil natijalari…………………………………………………44

3.2. Hayvon mahsulotlari tarkibidagi ruxning miqdoriy ko’rsatgichlarini aniqlashga oid tahlil natijalari……………………………………………………………..48

3.3. Mulohazalar………………………………………………………………50

Xulosa………………………………………………………………………….53

Tavsiyalar………………………………………………………………………55

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………….56



Kirish.

Ma’lumki, mikroelementlar to’g’risidagi ta’limot oxirgi yillarda jadal tarzda rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga, mikroelementlarni o’rganish asosida olingan ma’lumotlar umumiy biologiya, tibbiyot, veterenariya, inson fiziologiyasi kabi fanlarning rivojlanishiga olib kelmoqda. Organizmdagi biror - bir biokimyoviy jarayonni mikroelementlar ishtirokisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu mikroelementlar ichida inson va hayvon organizmida muhim ahamiyatga ega bo’lgan mikroelement rux hisoblanadi. Rux asosiy biogen element bo’lib, har doim inson hayvonlar va osimliklar to’qimasi tarkibida bo’ladi. Tirik modda tarkibida o’rtacha 5×10-4 % rux bo’ladi. Shu bois, rux mikroelementining almashinuvini o’rganish eng dolzarb masalalar jumlasiga kiradi. O’simlik organizmiga rux tuproq orqali, hayvon organizmiga esa o’simlik orqali o’tadi. Rux tirik organizmlar hayot faoliyatidagi turli - xil biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi. Bugungi kunda rux ko’pgina fermentlar va nukleoproteidlar tarkibiga kiruvchi asosiy metallar guruhiga kirishi aniqlangan. Oxirgi yillarda olingan ma’lumotlarga ko’ra, rux hujayrada nukleoproteidlar, oqsillar, uglevodlar va yog’lar almashinuvida ishtirok etadigan qator biologik faol moddalarning tarkibiga kirishi aniqlangan. Ruxning biokimyoviy almashinuvi uning ovqat hazm qilish tizimida so’rilishi va ajralishi xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Ruxning organizmda biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etishi, fiziologik jarayonlardagi ahamiyatini hisobga olgan holda uning fiziologik gomeastazdagi o’rnini alohida ta’kidlash mumkin.



Mavzuning dolzarbligi rux mikroelementi organizma uchun muhim ahamiyatga ega, chunki u oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarini boshqaruvchi fermentlarning tarkibiga kiradi. Shu bois, uning tirik organizmlardagi miqdoriy ko’rsatgichini aniqlash shuningdek, kundalik ozuqa tarkibidagi miqdorini aniqlash organizmni sog’lomlashtirishga, uning regenerativ qobiliyatini oshirishga yordam beradi. Demak, bu xil tahlillarni o’rganish masalani naqadar dolzarbligini ko’rsatadi.

Ishning maqsadi va vazifalari: ruxning biologik ahamiyatiga oid izlanishlar olib borilib, ilmiy manbalarda keltirilgan ma’lumotlar xususiy izlanish ma’lumotlari bilan qiyoslanadi va tegishli mulohazalar yuritiladi. Bunda ruxning organizm to’qimalari va organlarda taqsimlanishi, uning fermantlar tarkibiga kirishi orqali biokimyoviy jarayonlarga ko’rsatadigan ta’siri bilan bog’liq bo’lgan fiziologik va patologik holatlarning kelib chiqishiga tegishli ma’lumotlar tahlillar asosda keltiriladi.

Muammoning ishlab chiqilish darajasi rux mikroelementining biologik ahamiyati mikroorganizmlar, o’simliklar, hayvonlar va odamlarda ancha mukammal o’rganilgan, lekin shunga qaramasdan ruxning organizmdagi miqdoriy ko’rsatgichlariga oid izlanishlarni yetarli deb bo’lmaydi. Chunki, bu mikroelement xilma-xil makromolekulalarning tarkibiga kirib, uning organizmdagi almashinuvining shikastlanuvi bilan bog’liq bo’lgan mexanizmlari yaxshi o’rganilmagan. Shu bois, bitiruv malakaviy ishi, aynan shu masalalarga oid ilmiy adabiyotlarning ma’lumotlarini yig’ish, tahlil qilish, ular bo’yicha muhokama yuritish asosida, ayrim izlanishlar olib borish hamda bu izlanish natijalarini ilmiy manbalarga tayanib tegishli xulosalar chiqarishdan iborat.

Ishning ilmiy yangiligi ilmiy manbalardagi ruxga oid ma’lumotlarni yig’gandan keyin tadqiqot rejasi asosida o’tkazilgan tajribalarga tayanib, ruxning organizm uchun kerakli me’yoriy ko’rsatgichlarini belgilash, patoligik holatlarning oldini olishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish.

Tadqiqotlarning predmeti va obyekti rux mikroelementini o’rganish bo’lib, fiziologiya, genetika va biokimyo kafedrasi qoshidagi, kimyo bo’limi qoshidagi, shuningdek, mikroelementlar muammoviy ilmiy - tadqiqot laboratoriyalardagi asbob – uskunalardan foydalanib, biomateriallar tarkibida rux mikroelementini aniqlash tahlillarini o’tkazish.

Ishning ilmiy - amaliy ahamiyati tadqiqot natijalari ruxning biologik ahamiyatiga oid ma’lumotlarni to’ldirishda, ozuqa moddalarning tarkibidagi miqdorini belgilashda, kunlik ozuqa tarkibidagi miqdorini me’yorlashda, shuningdek, patologik holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va hajmi

  • Kirish qismi. Bu qismda ishning mavzuning dolzarbligi, ishning maqsadi va vazifalari, muammoning ishlab chiqilish darajasi, ishning ilmiy yangiligi, tadqiqot predmeti va obyekti hamda ishning ilmiy – alamiy ahamiyati to’g’risidagi ma’lumotlar berilgan.

  • Nazariy qism. Bu qismda mikroelementlarning qisqacha o’rganilish tarixi, ruxning biologik ahamiyati, ruxning fiziologik va biokimyoviy jarayonlarda bajaradigan funksiyalari, ruxning organizm to’qimalarida taqsimlanishi va uning almashinuvi bilan bog’liq bo’lgan holatlar to’g’risida to’plangan ma’lumotlar berilgan.

  • Tajriba qismi. Bu qismda tajtiba o’tkazilgan joy shart – sharoitlari, izlanishning manba va uslublari, izlanish natijalarini sarhisob qilish uslublari to’g’risidagi ma’lumotlar berilgan.

  • Yakuniy qism. Bitiruv malakaviy ishining bu qismida izlanish natijalari bo’yicha umumiy mulohazalar, umumiy xulosalar, shuningdek takliflar va tavsiyalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. keltirilgan



1.ADABIYOTLAR SHARHI.

1.1.Mikroelementlarning qisqacha o’rganilish tarixi.

Mikroelementlar kimyoviy elementlarning shunday guruhiki, ular odam va hayvonlar organizmida juda kam miqdorda 10-3 – 10-12 % miqdorda uchraydi. E. Underwoodning fikriga ko’ra mikroelementlarning asosiy xarakterli belgisi bo’lib ularning tirik to’qimalarda juda ham kam konsentratsiyada uchrashi hisoblanadi. Mikroelementlarni aniqlashda ularning nafaqat kimyoviy xususiyatlari balki nazariy va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lgan biologik xususiyatlari ham namoyon bo’lishi lozim. G.N. Schrauzer mikroelenetlarning o’rganilish tarixi bilan shug’ullangan. U XX mikroelementlarning o’rganilaish tarixini 2 bosqichga bo’ladi. 1-davr yoki klassik davr 1925 - yildan 1956 - yilgacha bo’lgan davr. 2-davr yoki zamonaviy davr 1957- yildan hozirgi kungacha bo’lgan bosqichni o’z ichiga oladi. Birinchi bosqichdagi barcha yangiliklar tasodifiy holda, yoki qishloq xo’jaligi hayvonlarining ayrim kasalliklarini o’rganish jarayonida ochilgan. 2- bosqichda K. Schwarz mikroelementlarni o’rganishda juda katta xissa qo’shgan va sistematik ravishda o’rgangan. (1., 6., 18., 22.)

Laboratoriya hayvonlarida maxsus sistematik parhez o’tkazilib, ularda mikroelementlar yetishmovchiligi natijasida kelib chiqadigan o’zgarishlar o’rganilgan. Mikroelemantlar almashinuvining buzilishi natijasida kelib chiqadigan patologik holatlar, ya’ni, mikroelementozlar mikroelementlar o’rganilishidan ancha oldin ma’lum bo’lgan. Lekin, insonlar bu patologik holatlarning aniq sababini ekanligini bilishmagan.

Faqatgina, XIX asrning 2- yarmiga kelib organizm to’qimalarida juda kam miqdorda uchraydigan kimyoviy elementlar organizmda kechdigan biokimyoviy, fiziologik jarayonlarga katta ta’sir etishi aniqlangan. Bu elementlar qatoriga rux ham kiradi (Timiryazev K.A. 1871, Raulin J. 1869). Bu element juda ham ko’p qirrali va hayot uchun muhim bo’lgan faolllikga ega. Mikroorganizmlar faqatgina normal organizmning biokimyoviy va fiziologik jarayonlarida muhim ahamiyatga ega bo’lib qolmasdan, bemorlik holatida ham muhim ahamiyatga egadir. A. P. Vinogradovning fikriga ko’ra organizmda mikroelementlarning uchrashi ularning birikmalarining beqarorligiga bog’liq bo’lgan holda shu elementlarning tashqi muhitdagi miqdoriga to’g’ri proportsionaldir. E.Underwood (1976) mikroelementlarning fiziologiyasi haqidagi asosiy bilimlar olingan 2 ta metodni alohida ta’kidlaydi.

1. Tabiiy sharoitda mikroorganizmlarning lokal muammolarini o’rganish (ya’ni, mikroelementlar bilan bog’liq bo’lgan endemik kasalliklarni o’rganish).

2. Atrof muhitdagi sharoitni kuchli nazorat qilgan holda laboratoriya hayvonlarida maxsus mikroelementlardan holi parhez o’tkazish. U atayin mikroelementlarning tanqisligi yoki ortib ketishi yoki ularning almashinuvining buzilishi bilan bog’liq bo’lgan endemik kasalliklarga alohida to’xtalib o’tgan, chunki aynan manashu muammolarning yechimi, mikroelementlarni o’rganishda katta yutuq bo’ladi. Aytib o’tish joizki, bu haqdagi bilimlarning asoschisi A.Chatin (1852) hisoblanadi, nazariya ya’ni ta’limot darajasigacha esa A.P.Vinogradov (1949) ko’targan. XX asrning 20- yillarida mikroelementlarning o’rganishning emission spektrografiya usuli taklif qilindi. Shundan keyin, qishloq xo’jalik hayvonlarida mikroelementlar bilan bog’liq bo’lgan patologiyalar ochilgan.



      1. Makro-, mikro- va ultramikroelementlar haqida tushuncha.

Ma’lumki mikroorganizmlarning metobalitik jarayonlardagi funksiyasi ularning biologik faol moddalar va hujayraning genetik apparati tarkibida bo’lishi bilan bog’liq. Shuning uchun ularning ahamiyati haqidagi fikr yuritilganda masalaga fermentativ va gormonal faollikni namoyon bo’lishida shunungdek, biologik makromolekulalarning arxetektonikasi va o’z funksiyasini bajarishida mikroelementlarning rolini aniqlash nuqtai nazaridan yondashish kerak bo’ladi. Bunda, mikroelementlarning roli bo’yicha uch xil jihatni aniqlashga e’tiborni qaratish lozimdir ( 2., 7., 19., 26. ).

  1. Oqsil molekulasini faol konformatsion holatda bo’lishini ta’minlash.

  2. Ferment, koferment, substrat o’rtasida koordinatsion kompleks hosil qilish.

  3. Substrat molekulasining elektron tuzilmasini o’zgartirish.

Bu funksiyalar bir - birini inkor qilmay, balki bir vaqtning o’zida amalga oshishi mumkin.

Elementlarning hayotiy jarayonlar uchun zaruriyligi to’g’risidagi tavsifni Kotsias bergan. Umuman olganda hayotiy jarayonlar uchun zaruru bo’lgan elementlarni 5 guruhga bo’lish mumkin. (6:,8,12,15)



  1. Makroelementlar – tirik organizmlarning tanasining asosiy massasini tashkil qiluvchi va nisbatan past atom massaga ega bo’lgan 11 ta element (H, C, N, O, Na, Mg, P, S, Cl, K, Ca)

  2. Fiziologik funksiyasi aniqlangan hayotiy jarayonlar uchun zarur bo’lgan elementlar, ular ancha yuqori atom og’irlikka va tartib raqamiga ega bo’lgan 16 ta element.

  3. Fiziologik faol elementlar. Ularning umumiy soni 19 ta.

  4. Biologik funksiyaga ega bo’lishi mumkin, lekin hali yetarli o’rganilmagan elementlar. Ularning umumiy soni 32 ta.

  5. Hayotiy funksiyaga ega bo’lish ehtimoli kam bo’lgan elementlar. Bu elementlar qatoriga 28 ta element kiradi.

Shunday qilib, hozirgi kungacha hayotiy jarayonlarda ishtirok etadigan elementlar jumlasiga jami 78 ta element kirib, rux ular orasida yuqoridagi tasnifga ko’ra ikkinchi guruhga kiradi.

Rux haqidagi mulohazalarni davom ettirar ekanmiz, bu element hayotiy jarayonlar uchun zarur bo’lgan 16 ta mikroelementning biri ekanligini aytib o’tishimiz zarur. Ushbu element ham o’simlik, ham hayvon, ham odam organizmida kechadigan biokimyoviy jarayonlarda muhim rol o’naydi.

Akademik V.I. Vernadskiy biosferada tarqalgan barcha elementlarni ularni organizmdagi miqdoriga qarab dekadalarga bo’lishni taklif qilgan.

1.1.1 jadval



Dekada raqami

Quruq massaga foiz miqdorda

Maxsulot

Makroelementlar

I

10

O, H

II

1

C

III

0,1

N, P, K, Ca, Si

IV

0,01

Mg, S, Fe, Na, Cl, Al

Mikroelementlar

V – VII

0,001 – 10-5

Mn, B, Cu, Zn, Ba, Ni, Rb va boshqalar

Ultramikroelementlar

VIII – IX

10-6 – 10-12

Mo, I, As, Ag, Hg, Au, Pb, Ra va boshqalar

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin