Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

Asosiy tushunchalar glossariysi 
Tilshunoslik 
– tilning jamiyatdagi o‘rni, taraqqiyot xususiyatlari, rivojlanish 
qonuniyatlari haqidagi fan.
 
Tilshunoslik nazariyasi 
– tilshunoslik taraqqiyotining eng umumiy qonuniyatlari, 
tilning ichki qurilishi, til tizimi, til va nutq munosabatlari haqidagi fan.
 
Fonetika
– tilshunoslikning nutq tovushlari, ularning hosil bo‘lishi, tiplari, 
tovushlar o‘zgarishi, bo‘g‘inlar, ularning tuzilishi tiplari, strukturasi; urg‘u, urg‘u 
tiplari va intonatsiya haqidagi tarmog‘idir. 
Grammatika 
(yun.) – tilshunoslikning so‘z shakllari (shakl yasalishi), so‘z 
birikmalarining turlari, gap turlari (tilning grammatik qurilishi) haqidagi bo‘limi. 
Morfologiya 
(yun.) – grammatik ma’no so‘z shakllari, so‘z turkumlari haqidagi 
grammatik ta’limot. 
Umumiy tilshunoslik – 
tilshunoslik uchun umumiy bo‘lgan taraqqiyot 
qonununiyatlarini, tilshunoslik rivoji, taraqqiyot bosqichlari, tilshunoslik 
maktablari, nazariy ta'limotlar tarixi, shakllanish jarayoni, til strukturasiga xos 
bo‘lgan umumiy jihatlar haqidagi soha.
 
Xususiy tilshunoslik
– muayyan tilning taraqqiyot xususiyatlari, tarkibiy 
qismlari, bo‘limlari, sathlari, boshqa tillar bilan munosabati, til oilasida tutgan 
o‘rni haqida bilim beruvchi soha. 
Proto til – 
tillar uchun asos bo‘lgan, qadimiy bobo til.
 


39 
Sinxroniya
– til taraqqiyotini muayyan davr nuqtai nazaridan tahlil qiladigan 
metod. 
Diaxroniya
– til taraqqiyotini tarixiylik nuqtai nazaridan qiyosiy aspektda tahlil 
qiluvchi metod. 
 
Asosiy adabiyotlar 
1.
Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics.-Budapest, 
2006.-B.19
 
2.
Abduazizov A.Tilshunoslik nazariyasiga kirish.-Toshkent, 2010.-Б.7-10 
3.
Ирисқулов И.Тилшуносликка кириш.-Тошкент, 2009.-Б.5-7 
4.
Rasulov R.Umumiy tilshunoslik. -Тoshkent, 2013.-Б.3-4. 
5.
Тилшунослик назарияси ва методологияси. Тузувчи: Ҳ. Дадабоев. –
Тошкент, 2004.-Б.4-5 
6.
Хolmanova Z. Tilshunoslikka kirish.-Toshkent, 2007. -Б.3-5 

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin